Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/16
tarix24.10.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#66033
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
1-2-3 Вuxoro amirlik tarixi pdf ga

Amir Haydar (1778-1826) Buxoro arkidagi masjid qoshida madrasa 
qurdirgan va o‘zi ham mazkur madrasada “Sharhi Kofiya”, “Sharhi Mishkot”, 
“Shamoili Nabaviy” va “Tafsiri Qozi Bayzoviy”dan dars bergan. Qur’onni yod 
olganligi uchun manbalarda Hofizi Qur’on podshoh sifatida tilga olinadi. “Tuhfat 
az-zoirin” asarida Amir Haydar “Amir Sai’d” va “Firdavsmakoniy” laqablari bilan 
tanilgani qayd etilgan. Hatto Amir Haydarning “Amir” yoki “Oliy” nomli madrasa 
qurdirgani to‘g‘risida ma’lumotlar mavjud. U qiroat ilmi va xattotlik san’atini puxta 
egallagan mudarris edi. Manbalarda yozilishicha “...odatda u tushdan keyin 
xonaqoh oldida 20 nafar talaba bilan suhbat o‘tkazar, qimmatli umrini zoye 
ketkazmas edi”. Amir Haydarning madrasada ta’lim oluvchi 400-500 nafar talaba 
shogirdlari bo‘lgan. Amir talabalar uchun Istanbuldan o‘quv adabiyotlari keltirishga 


35 
shaxsan o‘zi bosh-qosh bo‘lgan. Ya’ni, 1815-yil o‘z elchilarini Istanbulga yuborib, 
sulton Mahmuddan shariatga doir kitoblarni so‘ratganda, Sulton Buxoroga 32 
jildddan iborat kitob jo‘natgan. Amir Haydar hukmronlik qilgan davrda ilm olish 
maqsadida Buxoroga dunyoning turli joylaridan talabalar kelgan.
Amir Haydar hukmronlik davri muntazam kurashlar ostida o‘tib 1826-yil 6-
oktabrda 49 yoshida vafot etdi. Jasadi Hoji Habibulloh qabristoniga, otasi Amir 
Shohmurod yoniga qo‘yildi.
 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin