19
Bu voqeadan sal ilgari Nodirshohning to‘rt sarkardasi – Hasanxon, Behbudxon,
Shohqulixon va Salimxonlar Buxoro ustiga kelayotganini eshitgan qo‘zg‘olon rahbari
Ibodullobiy Miyonkoldan Toshkent tomonga qochishga ulguradi. Sardorlar uning
ortidan Jizzaxgacha ta’qib qilib, keyin Buxoroga qaytadilar. Xonning qatl
etilganligini eshitib, Muhammad Rahimga malomat qilib, “Nega shohning ijozatisiz
bu ishni qilding” – deb so‘raydilar. Muhammad Rahim esa: “Sizning shohingiz o‘ldi.
Sizlar ham mening asirimsiz” – deb javob beradi.
Natijada ikki tomon bir-biri bilan
nizolashib, Eron sarkardalari shaharda bir necha kun jang qildilar. 1747-yil iyun-iyul
oylarida o‘z artilleriyasi bilan Buxoro atrofini to‘pga tutgan. Muhammad Rahim
shahar hunarmandlari ko‘magida shahar devori va darvozalarini ta'mirlab mudofaani
kuchaytirgan.
Eron sarkardalari
Nodirshoh vafotiga ishonganlaridan so‘ng
Muhammad Rahim bilan sulh tuzib, Adulfayzxonning o‘g‘li Abdulmo‘minxonni
otasi o‘rniga xonlik taxtiga chiqarib Eronga qaytdilar.
Shu tariqa, xonlik taxtini rasman 36 yil boshqargan Abulfayzxon 1747-yilda
mash’um tarzda o‘ldiriladi. Xonning jasadi Bahouddin Naqshband qabristonidagi
“Dahmayi shohon”da dafn etiladi.
Hokimiyat nazoratini o‘z qo‘liga olgan Muhammad Rahimbiy xonlik taxtiga
Abdulmo‘min ibn Abulfayz (1738-1751)ni o‘tqazadi. U 1747-1751-yillarda
hukmronlik qilgan bo‘lsa-da, amalda real hokimiyat Muhammad Rahimbiy qo‘lida
bo‘lgan. U o‘z qizini Abdulmo‘minga nikohlab berib, o‘zi otaliq lavozimida davlatni
idora qiladi. Abdulmo‘minxon otasi o‘rniga xon bo‘lsa-da, uning ixtiyori Muhammad
Rahimbiy qo‘lida edi. Har holda uch yilgacha xonlik nomi unda bo‘lib turdi. 1751-
yilda Muhammad Rahimbiyning boshqaruviga aralasha boshlagan Abdulmo‘minxon
o‘rtadan olib tashlangan. Muhammad Rahimbiy yana odamlardan ibo qilib, Urganch
sultonlaridan Ubaydullo sultonni xonlikka ko‘tardi. Bu haqda ba’zi manbalarda,
Abulfayzxonning kenja o‘g‘li Ubaydullaxonni taxtga o‘tqazgan, deb yoziladi. Uch
yilgacha xonlik nomi unda bo‘ldi. Shundan so‘ng,
Muhammad Rahimbiy uni ham
hokimiyatdan olib tashlaydi. Garchi Ubaydullaxon (III) 1751-1754-yillarda taxtga
o‘tirgan bo‘lsa-da, u ham real hokimiyatga ega bo‘lmagan edi.
1756-yil 16-dekabrda mang‘itlar xonadonidan bo‘lgan Muhammad Rahimbiy
din ulamolari, amaldorlar tomonidan xon (1756-1758) deb e’lon qilingan. Lekin u
o‘zini “noib ul-hukumat”, ya’ni,
hukmdor noibi, o‘rinbosari deb bilgan. Shu tariqa,
ashtarxoniylar sulolasi hukmronligi rasman barham topadi. Bu sulola o‘rniga yangi
mang‘itlar sulolasi hukmronligi boshlanib, bu jarayon 1920-yilgacha davom etadi.
Buxoro amirligi mang‘itlar davri tarixi turli mahalliy manbalar va ilmiy
adabiyotda yoritilgan.
Jumladan, Mirzo Olim Mahdum hoji o‘zining “Tarixi
Turkiston” nomli asarida mang‘itlar sulolasining namoyandalarini taxt ustiga
kelishlarini shunday bayon qiladi:
“Abu-l-Fayzxondin keyin salotini chingiziya nasli
Dostları ilə paylaş: