9
Albatta, bunday esdaliklar ham Buxoro amirligi ijtimoiy-siyosiy tarixini o‘rganishda
muhim manba vazifasini bajaradi.
Uchinchi yo‘nalishdagi manbalar rasmiy hujjatlarni tashkil etib, hozirgi kunda
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi, Buxoro Davlat badiiy arxitektura
muzey qo‘riqxonasida amirlik tarixiga tegishli amir farmonlari, muboraknomalar,
amir farmoyishi, vaqfnoma, ishonchnoma, yorliqlar, ariza, hukm, qaror, shuningdek,
Turkiston general gubernatorligi hujjatlari f. №I-126, f. №I-323, f. №I-3, f. №-1, f.
№-450 nomi ostida saqlanmoqda. Arxiv manbalarini ham shartli ravishda quyidagi
turlarga bo‘lish mumkin: 1) davlat boshqaruviga oid bo‘lgan hujjatlar (farmon,
yorliq, farmoyish va inoyatnomalar); 2) fuqarolik munosabatlariga oid bo‘lgan
hujjatlar (vaqf, oldi sotdi, garov, ijara, tilxat va ishonchnomalar hamda da’vo
arizalari, da’voni rad etish dalolatnomalari); 3) oila nikoh va meros munosabatlariga
oid bo‘lgan hujjatlar (nikoh guvohnomalari, nikohdan ajralish hujjatlari, merosni
bo‘lish va merosni qabul qilganlik haqidagi hujjat); 4) qozi tomonidan qabul
qilinadigan hujjatlar (qaror, hukm, ariza va xatlar); 5) Turkiston general-
gubernatorligining rasmiy hisobotlari, shartnomalar, Buxoroda rus siyosiy agentining
hujjatlari.
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkinki, Buxoro amirligi tarixiga oid yozma
manbalar ko‘pchilikni tashkil etib, zamondosh tarixchilar tomonidan yozib
qoldirilgan manbalar ularning orasida asosiy o‘rinni egallaydi. Ba’zi asarlar
amirlarning farmoniga binoan yozilgan bo‘lsada, lekin ularda shu davr siyosiy
voqealari muallifning o‘zi guvohligida berilishi asarning qimmatli ekanligini
ko‘rsatadi. Elchi-sayyohlarning asarlari ham bevosita guvoh bo‘lgan voqealar
asnosida yaratilgani va unda geografik va ijtimoiy-iqtisodiy ahvolning batafsil
yoritilishi shu davr tarixini ob’ektiv yoritilishida katta rol o‘ynaydi. Arxiv
ma’lumotlari manbalarni fakt va statistik dalillar bilan to‘ldirishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: