4
Buxoro amirlaridan Doniyolbiy, Shohmurodbiy, amir Haydar va Nasrullo davridagi
siyosiy voqealar muallif ko‘rganlari asosida yozilgan. Mazkur asar hali o‘zbek yoki
rus tillariga tarjima qilinmagan.
Buxoro amirligi tarixiga oid yana bir asar
“Tarixi Amir Haydar” bo‘lib, u
XVIII asrning ikkinchi yarmi va XIX asrning birinchi yarmida o‘tgan buxorolik
olimlar asaridir. Kitobning noma’lum muharrir tomonidan qisqartirilgan nusxasi yetib
kelgan bo‘lib, qo‘lyozma O‘zRFA Sharqshunoslik institutida saqlanmoqda. “Tarixi
Amir Haydar” kichik hajmdagi asar bo‘lib, jami 96 varaqdan iborat.
Buxoro
xonligining Ashtarxoniylar, shuningdek, asosan, mang‘itlar sulolasidan bo‘lgan Amir
Haydar hukmronligi (1800-1826) davridagi ijtimoiy-siyosiy tarixini o‘z ichiga oladi.
Asar 81 bob yoki dostondan iborat. 7-81-boblarida Buxoro amirligi amirzoda
Haydarning tug‘ilishidan to uning 1826-yil 6-oktabridagi vafotigacha bo‘lgan tarixi
hikoya qilinadi. Kitob XX asrning 50-yillarida A.A.Semenov tomonidan rus tiliga
tarjima qilingan.
Mir
Olim Buxoriyning “Fathnomayi sultoniy” (“Sulton fathnomasi”) asari ham
amirlik tarixi bo‘yicha muhim asarlardan biridir. Muallifi mazkur asarni Amir
Nasrullo davri (1827 – 1860)da G‘uzor hokimi bo‘lgan Muhammad Olimbekning
xizmatida bo‘lgan va uning topshirig‘i bilan yozgan. “Fathnomayi sultoniy” amir
Shohmurod (1785/86-1800) davridan to Nasrullo
hukmronligining dastlabki
yillarigacha Buxoro amirligida bo‘lib o‘tgan voqealarni o‘z ichiga oladi, lekin
Shohmurod va amir Haydar davrlari qisqacha, Nasrullo davri esa batafsil yoritilgan.
“Fathnomayi sultoniy”ning birinchi qismi XX asrning 60-yillarida O.D.Chexovich
tarafidan rus tiliga tarjima qilingan.
Yana bir buxorolik tarixchi olim
Mirzo Shams Buxoriy (1804-1868) bo‘lib,
uning bobosi Mirzo Ya’qub Amir Doniyol (1858-1885) davrida, otasi Mirzo Yusuf
esa Amir Haydar (1800-1826) davrida saroy munshiysi lavozimida ishlagan.
Mirzo
Shams Buxoriy oʻz ajdodlari izidan borib, Buxoro amiri saroyida munshiylik qilgan.
1845-yil u Makkaga hajga ketib, u yerdan 1849-yilda qaytib kelgan. 1859-yil
Orenburgga tijorat ishlari bilan borganda sharqshunos V. V. Grigorev unga Buxoro
va Qashqar xususida tarixiy asar yozishni maslahat bergan. Shunga koʻra, Mirzo
Shams Buxoriy fors-tojik tilida “Bayoni baʼzi havodisoti Buxoro, Xoʻqand va
Qoshgʻar” (“Buxoro, Qoʻqon va Qashqarning ayrim voqea-hodisalari bayoni”)
kitobini yozgan. Asar 1861-yil V. V. Grigorev tomonidan Qozonda rus tilida chop
etilgan.
Dostları ilə paylaş: