Mirzo ulug‘bek nomidagi o‘zbekiston milliy universiteti tarix fakulteti


Ashtarxoniylar sulolasining inqirozli holati. Xonlik yemirilishining



Yüklə 0,59 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/16
tarix24.10.2022
ölçüsü0,59 Mb.
#66033
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
1-2-3 Вuxoro amirlik tarixi pdf ga

2. Ashtarxoniylar sulolasining inqirozli holati. Xonlik yemirilishining 
omillari. Buxoro xonligida ashtarxoniylar sulolasi boshqaruvining zaiflashuvi yangi 
sulolaning hokimiyat tepasiga kelishiga zamin yaratdi. Albatta, bu tanazzulning ichki 
va tashqi omillar mavjud edi. Dastlab ichki omillarini tahlil qilib ko‘rsak. 
XVIII asrdan boshlab xonlikda chuqur inqiroz holati kuzatiladi. 
Abulfayzxonning davlatni boshqarishdagi no‘noqlik siyosati mamlakat yaxlitligiga 
putur yetkazadi. Abulfayzxonning qo‘lida esa real hokimiyat yo‘q bo‘lib, amalda 
hokimiyat nazorati yirik qabila sardorlari qo‘l ostida bo‘lgan. Davlatda 
o‘zboshimchalik, boshboshdoqlik, o‘zbek qabila-urug‘lari o‘rtasida hokimiyat uchun 
kurash, ayrim hududlarning mustaqillikka bo‘lgan intilishlarining kuchayishi bilan 
bog‘liq holatlar Buxoro davlatini ham ichki ham tashqi siyosatda to‘la tanazzul 
yoqasiga olib kelgan edi. Jamiyat hayotida bunday muammolarning yuzaga kelishiga 


10 
asosiy sabablardan biri – ashtarxoniylar sulolasining so‘nggi vakili Abulfayzxonning 
davlatni boshqarishdagi rolining pasayganligi va uning yetarli boshqaruv qobiliyatiga 
ega emasligida edi. Aslida, u hali bola paytlardayoq taxtga olib chiqilib, atrofidagi 
kuchli amirlar va sarkardalar qurshovida, ularning ma’lum bosimi ostida davlatni 
boshqarishi xonning sekin-asta erishiladigan qudratiga to‘siq bo‘lgan edi. 
Amirlik davlat tuzumini maxsus tadqiq qilgan huquqshunos olim 
J.Shodiyevning yozishicha, ob’ektiv sabablar bilan bir qatorda, mamlakatda bunday 
xavfli vaziyatning yuzaga kelishiga quyidagi uchta sub’ektiv omil va voqealar ham 
muayyan darajada o‘zining ta’sirini o‘tkazgan: birinchidan, xonlikning muhim 
hududiy markazlaridan biri hisoblangan hamda mamlakatning asosiy iqtisodiy, 
ma'rifiy va harbiy resurslari joylashgan Samarqand bekligini xonning asosiy 
raqiblaridan biri bo‘lgan Rajab Sulton boshqaruviga o‘tishi; ikkinchidan
nomusulmon bo‘lgan jo‘ng‘orlar quvg‘inidan qochgan qozoq ulamolariga nisbatan 
xon hokimiyati tomonidan yetarli e'tibor bo‘lmaganligi va buning oqibatida 
musulmonlar o‘rtasida katta obro‘ga ega bo‘lgan ushbu ulamolarning yetti yil 
davomida sarson-sargardonchilikda bo‘lishlari aholining xonga bo‘lgan hurmat 
e'tiborini yo‘qolishiga olib kelgan; uchinchidan, xonning bevosita yo‘l qo‘yib berishi 
natijasida Ibodullo xitoy va uning tarafdorlari tomonidan muqaddas qadamjo 
hisoblanadigan Xoja Bahovuddin xonaqosining vayron etilishi aholining kuchli 
noroziligini kelib chiqishiga sabab bo‘lgan.
Ubaydullaxonning Buxoro xonligi taxtiga chiqishi Balx bilan muvozanatni 
izdan chiqarib yubordi. Bunday vaziyatda xonning jiyani, Balx hokimi Muhammad 
Muqimxon ham Buxoro taxtiga da’vogarlik qiladi. Shundan so‘ng Buxoro xonligi 
taxti uchun kurash boshlanib, ikki o‘rtadagi kurash besh yil davom etadi. Muqimxon 
otalig‘i Mahmudbiy qatag‘on ko‘magida Balxni xonlikdan alohida qilib, o‘z nomiga 
xutba o‘qitadi va tanga zarb ettiradi. Natijada xonlik hududi amalda ikki qismga 
bo‘linib ketadi. Ubaydullaxon mamlakat yaxlitligini ta’minlash maqsadida Balxga, 
Muqimxonga qarshi yurish qiladi. Ikki o‘rtada qonli urushlar boshlanadi. Muqimxon 
tarafidan nomi yuqorida eslab o‘tilgan Mahmudbiy otaliq (qatag‘on 
urug‘idan)qo‘shinga bosh bo‘lib, Amudaryo janubidan Movarounnahr sari bir necha 
marta yurish qiladi. Ubaydullaxon esa Balxga qarshi kurashga boshchi etib yuz 
qabilasining sardori Rahimbiy (ba’zi manbalarda mang‘it qabilasi) otaliqni 
tayinlaydi. Bu urush aslida, amaki-jiyan o‘rtasidagi taxt talashuvdan ko‘ra ko‘proq 
ikki nufuzli o‘zbek urug‘ining adovatidan iborat bo‘lgan. Chunki, Subhonqulixon 
hukmronligining so‘nggi yillarida qabila-urug‘ sardorlarining nufuzi ortib, 
ashtarxoniy xonadoni shahzodalari ularning ta’siriga tusha boshlagan edi. 
Ubaydullaxon (1702-1711) davrida Balx va Farg‘onaning mustaqil bo‘lishi, 
Abulfayzxon davrida esa Samarqandning Rajab Sulton boshqaruviga o‘tishi 
mamlakatning tobora zaiflashib borayotganini ko‘rsatar edi. Samarqandda mustaqil 


11 
xonlikning tashkil topishi xonlikni ichidan yemirgan eng katta omillardan biri bo‘ldi. 
1722-yilda kenagas urug‘ining sardori Ibrohimbiy xonga qarshi chiqib, Samarqandda 
kuyovi Rajab Sultonni xon deb e’lon qiladi. Rajab Sulton 1723-yil Buxoroga yurish 
qilib mag‘lubiyatga uchraydi. Keyingi yil esa 30 ming kishilik qo‘shin yig‘ib yana 
Buxoroga yurish qiladi. Bu yurishlar kutilgan natijani bermagach, Rajab Sulton 
boshqa yo‘l tutishga majbur bo‘ladi. U 1724-yilda qozoq sultonlariga bosib olinajak 
mintaqalardan katta miqdordagi o‘lja va’da qiladi va ularni Buxoroga hujum qilishga 
chorlaydi. Ushbu og‘ir vaziyatda qozoqlar Markaziy Osiyoning boy mintaqalariga 
yurish taklifiga tezda roziliklarini bildiradilar. 1724-yilda Rajab Sulton ularning 
yordami bilan Buxoro shahrini o‘rab oladi va uni uch kunlik talon-taroj qilish uchun 
buyruq beradi. 1725-yil yozida Vobkent viloyatida Abulfayzxon va Rajab Sulton 
qo‘shinlari o‘rtasida hal qiluvchi jang bo‘lib o‘tadi. Jang Rajab Sultonning 
mag‘lubiyati bilan yakunlanadi. Biroq, qozoq-qo‘ng‘irot qabilalari Movarounnahrda 
qolib, yetti yil davomida Samarqand, Buxoro, Shahrisabz va Qarshi viloyatlarini 
vayron qilib, Hisor va Ko‘lobgacha yetib kelishadi. Qozoqlarning ko‘p qismi yangi 
yerlarga joylashadilar.
Qozoq va qoraqalpoqlarning 1723-yildan 1730-yilgacha davom etgan 
isyonining asosiy sababchilaridan biri ham Rajab Sultonning yaqin kishisi Shahrisabz 
hokimi Ibrohimbiy Kenagas edi. Buning oqibatida, Abulfayzxon va uning harbiy 
qo‘shini isyonchi kuchlar oldida himoyasiz qolgan edi. Mamlakatda tinimsiz davom 
etayotgan g‘alayonlar natijasi o‘laroq hamda o‘sha davrda ro‘y bergan tabiiy ofatlar 
(surunkasiga uzoq muddat yomg‘ir yog‘ishi) sababli haydaladigan yerlarning 
dehqonchilik uchun yaroqsiz ahvolga kelishi va o‘z navbatida aholining katta qismini 
Samarqand va Miyonqol hududlarini tark etishga majbur etgan. Sharqshunos Anke 
fon Kyugelgenning ma'lumotlariga ko‘ra, otaliq lavozimida faoliyat yuritgan 
Muhammad Hakimbiy (Muhammad Rahimning otasi) isyonchilar va ichki 
dushmanlar bilan tinchlik yo‘lida muzokaralar olib borishi natijasida muayyan 
muddat davomida barqarorlikni saqlashga muvaffaq bo‘lgan. Shu bilan birga, 
yuqorida nomi tilga olingan Ibodullo xitoy o‘z tarafdorlari va boshqa xitoy-qipchoq 
urug‘iga mansub bo‘lgan aholi bilan birgalikda Miyonqolda amirga qarshi qo‘zg‘olon 
ko‘targan va buning oqibatida bir qator shaharlar vayrona holatga tushib qolgan. 
Bunday vaziyatda Abulfayzxon Ibodullo xitoyning qilmishlariga yarasha jazo berish 
o‘rniga, aksincha, uni devonbegi (“devonxona boshlig‘i”) lavozimiga tayinlagani 
xalqning haqli ravishda Abulfayzxon hokimiyatiga nisbatan noroziligini va unga 
qarshi borish ruhiyatini keltirib chiqargan.
Shuningdek, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan hududlarda ham sulola 
vakillarining noib bo‘lmaganligi ham markazdan uzoqlashish omilini yuzga keltirgan. 
Bu paytga kelib, ashtarxoniylar sulolasi ichida xonga tirgak bo‘larli yaqin 
qarindoshlar yo‘q edi. Ma’lumki, bir qancha manbalar Abulfayzxonning o‘z taxtiga 


12 
xavf solishi ehtimoli bilan bir nechta o‘g‘llarini qatl ettirib yuborganligini tasdiqlaydi. 
Abulfayzxonning o‘zi esa Subhonqulixonning kichik o‘g‘li bo‘lib, unga qadar barcha 
akalari vafot etgan yoki halok bo‘lgan. Bu ham xon atrofida tayanch bo‘lishi mumkin 
bo‘lgan sulola vakilllarining bo‘lmaganligidan dalolat beradi. Natijada, Abulfayzxon 
o‘zbek urug‘larining sardorlarigagina tayanishga majbur edi. 
Hokimiyatning ashtarxoniylar qo‘lidan mang‘itlar qo‘liga o‘tishida yana bir 
asosiy va muhim omil bu tashqi siyosiy vaziyat hisoblanadi. Xususan, mamlakat 
sharqida endigina tashkil topgan Qo‘qon xonligi o‘z chegaralarini Buxoro xonligi 
sharqiy hududlari hisobiga kengaytirayotgan va bu omil ikki davlat o‘rtasida 
urushlarning tez-tez bo‘lib turishiga olib kelayotgan edi. Shuningdek, Hindistondagi 
Boburiylar sulolasi vakillari bilan aloqalar ancha susaygan, Eronda esa safaviylar 
bilan mavjud iliq munosabatlar yangi hokimiyat tepasiga kelgan afshorlar 
(Nodirshoh) bilan yomon munosabatga almashgan edi. 
Eron shohi Nodirshohning tashqi siyosiy faoliyati asosan Buxoro xonligini o‘z 
ta’sir doirasiga olishga qaratilganligi, o‘z navbatida, xonlikda davlat hokimiyatini 
tubdan o‘zgarishiga sabab bo‘lgan. 
Mamlakatdagi og‘ir vaziyat, xonlik sarhadlarining birma-bir qo‘ldan ketishi avj 
olgan bir sharoitda Eronda shakllanib kelayotgan Afshoriylar sulolasi Eronning 
shimoliy hududlarini egallashni boshlaydi. Nodirshoh afshor (1736-1747)ning o‘g‘li 
Rizoquli ushbu hududlarni egallashga kirishadi. Dastlab Andxo‘y, keyin Shibirg‘on 
va unga yondosh viloyatlar egallanadi. Navbat esa “Ummul bilod” (Shaharlar onasi) 
deb ta’rif etiladigan Balx shahriga yetib keladi. Bu vaqtda Balx noibi ashtarxoniy 
Abul Hasanxon edi. Ikki o‘rtada sodir bo‘lgan jangdan so‘ng Rizoquli g‘alaba 
qozonib, Abul Hasanxonni qo‘lga oladi va Qandahorda turgan otasi huzuriga 
yuboradi. Nodirshoh Balxning egallanishidan mamnun bo‘lib, o‘g‘li Rizoqulini turli 
darajadagi qimmatbaho mukofotlar bilan taqdirlagan. Bu Rizoqulining harbiy yurish 
ruhiyatini ko‘targan va unga yuqori ishtiyoq bergan. 
Amudaryoning janubiy qismidagi hududlar egallangandan so‘ng, asosiy e’tibor 
endilikda xonlik markaziy qismi bo‘lgan Movarounnahrga qaratiladi. Amudaryodan 
o‘tgan Rizoqulini ilk qarshi olgan hudud Qarshi viloyati bo‘ldi. Bu davrda Qarshini 
idora qilayotgan Muhammad Hakimbiy otaliq yordam so‘rab Abulfayzxonga 
murojaat qiladi. Abulfayzxon esa o‘z navbatida qoraqalpoqlar, qozoqlar va Xorazm 
xoni Elbarsxon (1728-1740)dan yordam so‘rashga majbur bo‘ladi. “Firdavs ul-uqbol” 
asarida bu haqda shunday hikoya qilinadi: “Buxoro xoni Abulfayzxon va Hakim otaliq 

Yüklə 0,59 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin