5
va me’mor vazifalariga ishga olinib, bir muddatdan so‘ng bosh me’mor darajasiga
ko‘tarilgan.
Keyinchalik u, saroy xizmatidan ketib, madrasada mudarrislik qiladi.
Qomusiy ilmlar sohibi bo‘lgan Ahmad Donish sermahsul ijod qilib, turli fanlarga doir
katta-kichik yigirmaga yaqin asarlar ta'lif etgan. Ahmad Donishning keng bilimli va
nuktadonligini
hisobga olib, amir Nasrulloh va amir Muzaffar (1860–1885) uni uch
marta (1857, 1869, 1874 yillarda) Buxoro elchilari qatorida Rossiyaga jo‘natadi.
Umrining oxirlari, taxminan 1895–1897-yillarda
Ahmad Donish Buxoro
amirlari tarixiga bag‘ishlangan asarini yozdi. Unga muallif tomonidan aniq nom
berilmagani bois xattotlar va tadqiqotchilar uni “Tarixcha”, “Tarixiy risola”, “Mang‘it
xonadoni tarixining maxtasar tarixi risolasi”, “Mang‘it xonadoni tarixi” kabi turli
nomlar bilan atashgan. Ushbu risolasida Ahmad
Donish Buxoro tarixnavislik
maktabida birinchi marta an’anaviy tarixnavislik doirasidan chiqib, voqealarni
yoritishda, tarixiy shaxslar va hukmdorlarga baho berishda mutlaqo erkin fikr yuritadi
va ularning faoliyatini o‘tkir tanqid ostiga oladi. Asarni mohiyatiga ko‘ra ikki qismga
bo‘lish mumkin. Hajman kichikroq bo‘lgan birinchi qismda muallif yozma manbalar
asosida amir Doniyol hukmronligining oxirgi yillari va 3 amir – Shohmurod, Haydar,
Nasrullo hukmronligi haqida yozadi. “Risola”ning 2-qismida
Ahmad Donish guvoh
tarixchi sifatida namoyon bo‘ladi. Unda Amir Muzaffar va Amir Abdulahad davri
tasvirlanib, o‘sha davrning ijtimoiy-siyosiy,
iqtisodiy va madaniy hayoti, Rossiya
imperiyasining Buxoro amirligini bo‘ysundirishi voqealari o‘zining haqiqatga
yaqinligi bilan diqqatga sazavor.
Asar hali o‘zbek tiliga tarjima qilinmagan. 1967-yil Dushanbeda I.A. Najafova
tomonidan rus tiliga o‘girilib, chop etilgan.
Amirlik davri
tarixiga oid muhim manbalar Mirzo Abdulazim Somiy
Dostları ilə paylaş: