22
O‘z navbatida, Muhammad Rahim davlatni mustahkamlash va ma’muriy-
hududiy birliklarni birlashtirish yo‘lida tashqi siyosiy to‘siqlarga ham duch kelgan.
Mahalliy tarixnavislar Muhammad Sharif va Xumuliylarning
guvohlik berishicha,
afg‘on sarkardasi Ahmadshoh Durroniy Burgut va Miyonqol hududlarida kechgan
siyosiy g‘alayonlarning yuzaga kelishiga sababchi bo‘lgan va mahalliy aholini
Muhammad Rahim qo‘shiniga qarshi kurashda chetdan turib qo‘llab-quvvatlab
turgan.
Muhammad Rahim Buxoro amirlari orasida mamlakatning barcha hududida
muayyan darajada tinchlikni saqlay olgan, davlatning chegaralarini mustahkamlagan
hamda tashqi dushmanlardan himoya qilgan davlat boshliqlaridan biri edi. Davlatni
qattiqqo‘llik asosida boshqarish, unga isyonchilar bilan bo‘lgan to‘qnashuvda
g‘alabaga erishish hamda Hisor va Shahrisabz bekliklarini amirlik tasarrufiga to‘liq
o‘tkazish imkonini tug‘diradi. O‘z navbatida, u mamlakatni birlashtirishda muayyan
darajada to‘siq bo‘lib turgan Afg‘oniston davlati bilan sulh shartnomasini (1750-yil)
imzolashga erishadi.
Muhammad Rahim Xorazm xonligidagi siyosiy nizolardan foydalanib, Xorazm
taxtiga ham o‘z odamlarini qo‘yadi. Bu haqda o‘sha davr tarixchilarining asarlarida
ma’lumotlar saqlanib qolgan.
Shu
bilan birga, Muhammad Rahim ashtarxoniylar davridan meros bo‘lib
qolgan salbiy oqibatlar, ya’ni qo‘shni davlatlar bilan doimiy urushlar olib borishga
qisman chek qo‘ygan va mamlakatda muayyan darajada tartib o‘rnatishga erishgan.
Bu esa o‘z navbatida, amirlikda savdo-sotiq va dehqonchilik ishlarining
rivojlanishiga turtki bo‘lgan.
Dastlabki manbalarga asoslangan xorij tadqiqotlarida ham Muhammad
Rahimning davlat boshqaruviga ijobiy baho beriladi. Xususan, Anke fon Kyugelgen
“Muhammad Rahim mamlakatni rivojlantirdi va mamlakatda yashovchilarni baxtiyor
ayladi. U davlatni boshqarish bilan birga o‘zini boshqarishni
va fuqarolarni hurmat
qilishni hamda ularning dardi bilan yashashni unutmadi” – deb qayd etadi. Tarixnavis
Somiy ham Muhammad Rahimni saxiy, mehribon, oliyjanob hamda jazolashda qat'iy
qaror qabul qiluvchi hukmdor sifatida ta'riflaydi. O‘sha davr manbalarida
Muhammad Rahim turli faxriy unvonlar, xususan, “amiri saodat makrun”, “amiri
sohibqiron”, “bahodur”, “shohi alijoh”, “amiri jahonpanohi komyob”, “amiri Arastu
ray” kabi nomlar bilan tilga olinadi.
Muhammad Rahimning mustaqil xonligi uzoq davom etmagan, u ikki yilcha
xonlik qiladi, xolos. U G‘ijduvon va Shofirkondagi Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy,
Xoja Orif Revgariy maqbaralarini ziyorat qilib, Buxoroga qaytayotganida 1758-yil
24-martda, 45 yoshida to‘satdan vafot etadi. Buxorolik
tarixchi Mirzo Abdulazim
Somiyning keyinchalik yozishicha, Muhammad Rahimxon Buxorodagi Shohrud
23
anhori bo‘yida, Mozor darvozasi yonidagi Abu Bakr Tarxon qabristonida dafn
qilingan.
Xulosa qilib aytganda, Buxoro xoni Muhammad Rahimbiy o‘zining qisqa
hukmronlik davrida mamlakatni Eron bosqini va talon-tarojidan
saqlab qolishga
erishdi, bebosh amirlarning ayirmachilik va boshboshdoqlik faoliyatiga chek qo‘ydi,
markaziy hokimiyatni mustahkamlashga harakat qildi, Abulfayzxon davrida qo‘ldan
ketgan Buxoro xonligi hududlarini ancha kengaytirdi va Buxoroda 170 yilga yaqin
hukm surgan mang‘itlar sulolasiga asos soldi.
Muhammad Rahimbiyning marhum akasi Badalbiydan Norbo‘tabiy nomli bir
o‘g‘il qolgan bo‘lib, u Muhammad Rahimbiyga kuyovi edi. Norbo‘tabiy va
Muhammad Rahimning qizidan uch o‘g‘il qoldi: Fozil to‘ra, Kattabek dodxoh,
Kichkinabek. Ularning uchchovidan ham nasl qolmadi. Muhammad Rahimbiyning
o‘zidan esa og‘il nasl qolmadi.
Muhammad Rahimbiy vafotidan keyin uning katta nabirasi Fozil to‘ra taxtga
chiqarilib, Doniyolbiy otaliq amaliga ko‘tarilganda Norbo‘tabiy “otaliq”
amalini
da’vo qilib, amirlar ig‘vosi bilan isyon ko‘targan. Biroq, o‘z ixtiyori bilan taslim
bo‘lgan va xotini hamda o‘g‘li Fozil to‘ra bilan Qarshiga surgun qilingan. Keyinroq,
yana taxt da’vosi bilan amirga muxolif bo‘lgan. Norbo‘tabiy Qarshida vafot etgan.
Muhammad Rahimning qizini Doniyolbiy Buxoroga olib ketgan. Fozil to‘ra juda
yosh paytida, 1758-yil Muhammad Rahimbiy vafotidan so‘ng bir muddat taxtda
bo‘lgan, so‘ng o‘rniga Urganch sultonlaridan Abulg‘ozixon xon etib ko‘tarilgan.
Kichkinabek yoki Kichik Mirzo – Kattaqo‘rg‘on hokimi Muhammadaminxo‘ja
naqib, Bobomirzo ibn Sulton Murodbiy bilan birga Amir Haydar tomonidan qo‘lga
olinib, 1805–1806-yil qatl etilgan.
Dostları ilə paylaş: