Pedagogik texnologiyaning o'qituvchi (tarbiyachi) tomonidan o'qitish (tarbiya)
vositalari yordamida o'quvchilarga ta'sir ko'rsatish va bu faoliyat mahsuli sifatida
ularda oldindan belgilab olingan shaxs sifatlarini shakllantirish jarayoni desa bo'ladi.
Pedagogik texnologiya amaliyotga joriy etish mumkin bo'lgan ma'lum pedagogik
tizimning loyihasi bo'lib hisoblanadi.
Pedagogik texnologiya-ta'lim texnologiyasi, yangi pedagogik tajriba, yangi
pedagogik
texnologiya, axborot texnologiyasi, yangi tajriba, novator o'qituvchilar
tajribasi, ta'lim metodlari, tarbiya metodlari kabi tushunchalarni qamrab olishi bilan
birgalikda ta'lim jarayonida oldinga qo'yilgan maqsadga erishishning yo'li, o'ziga xos
instrumentariy bo'lib hisoblanadi.
Demak, pedagogik texnologiya didaktik vazifalarni samarali amalga oshirish, shu
sohadagi maqsadga erishish yo'li.
Pedagogik texnologiya va o'qitish texnologiyasi o'zaro bog'liq bo'lishi bilan birga
farq qiluvclii tomonlari ham mavjud.
Pedagogik texnologiya ta'lim-tarbiya jarayonining hamma sohalarini qamrab
oluvchi yaxlit tizim bo'lsa, o'qitish texnologiyasi ma'lum
fanlarni hozirgi didaktik
talablar asosida o'qitishning yaxlit tizimini tashkil qiladi.
Ularning o'zaro bog'liqligi «Ta'lim to'g'risida»gi qonun va «Kadrlar tayyorlash
milliy dasturi» talablari asosida ishlab chiqilgan davlat ta'lim standartlarida o'z
ifodasini topgan.
1.
Yangi pedagogik texnologiyaning metodik asoslari davlat ta’lim standartlari
bo'lib hisoblanadi. Davlat ta’lim standartlarida talaba (o'quvchi) egallashi lozim
bo'lgan bilim, ko'nikma, malakalar mezoni belgilab berilgan. Bilim, ko'nikma va
malakalar DTS talablaridan past bo'lmasligi kerak.
2.
Pedagogik texnologiya va o'qitish texnologiyalarining maqsadi bitta- ijodiy
tafakkur sohibini yetishtirishdan iborat. Bu maqsad- davlat ta’lim standartlarining
bosh talabidir. Ta’lim jarayonidagi
har bir texnologiya, berilgan topshiriqlar
o'quvchining ijodiy fikrlashiga va ijodiy rivojlanishiga olib kelsin. Shunday vaziyat
yaratish kerakki, o'quvchi (talaba) o'z xohishi bilan izlansin, tafakkurini rivojlantirsin,
intilsin, unda fanni egallashga qiziqish uyg'onsin.
3.
Har bir mashg'ulotda beriladigan topshiriqlar umumiy vaqtning 20-25% ini
egallasin, o'quvchining ijodiy tafakkur asosida ish olib borishi esa vaqtning 70-80%
miqdoriga to'g'ri kelsin. O'quvchi ko'proq amaliy bilimlarni egallasin va undan nazariy
xulosalar chiqara olsin.
4.
O'qitish texnologiyasida bilim berish, bilim olish usulini tanlash va o'rganishga
katta ahamiyat berish, bilim olishning bahs-munozara asosida amalga oshishini
ta'minlash.
5.
O'qitish usuli-texnologiyasi yangi pedagogik texnologiyalarning asosi bo'lib
hisoblanadi.
6.
Ta’lim jarayonida
darslarni bahs-munozara, seminar, o'yinlar, disputlar,
quvnoqlar va zukkolar musobaqasi tarzida va har xil teatrlashgan vaziyatlar shaklida
tashkil etish, ya'ni ta'limda tabaqalashtirilgan yondashuvni amalga oshirish lozim.
7. Ta'lim jarayonining tayanch bilimlarni amaliyotga tatbiq etib, rivojlantirib borish
asosida va tizimli tarzda tashkil etilishi yangi pedagogik texnologiya va o'qitish
texnologiyalarining uzviyligini ta'minlovchi - lokal (bitta yo'nalish) holatining samara
berishiga olib keladi.
Hozirgi ilmiy-texnik taraqqiyot asrida ta'limni texnologiyalashtirish oldiga bir
qator vazifalar qo'yilgan.
Har bir dars ta'lim beruvchi, tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi maqsadlarni ko'zda
tutib amalga oshiriladi.
O'quv jarayonida motivatsiya, bilish faoliyati, boshqarish faoliyati kabi o'ziga xos
texnologik vazifalar mavjud:
1.
Motivatsiya - o'quvchilar diqqatini tortish, ichki tuyg'u-istak,
zaruratni
shakllantirishdir. O'quv jarayonida o'quvchi va o'qituvchi uchun ham asosiy
harakatlantiruvchi kuch-ichki motivatsiya bo'lishi kerak.
2.
Bilish faoliyatida e'tiborni asosan quyidagilarga qarata borish kerak:
o'quvchilarda tashabbuskorlik, mustaqillik, bilimlarni puxta o'zlashtirish istagini
paydo qilish, zarur malaka va ko'nikmalarni hosil qilishga moyillik tug'dirish, tafakkur
rivojiga jiddiy e'tibor qaratish va h.k..
Boshqarish faoliyat ining vazifalari berilayotgan bilim, ko'nikma
va malakalar
ta’limini tashkil etish bilan bog'liqdir. Darsda qo'llanilayotgan texnologiyalarga
ularning monitoringi asosida va pirovard natijasi orqali baho beriladi.
Pedagogik innovatsiya-ta'limga yangiliklarni kiritishdir. Boshqarishda pedagogik
innovatsiyaga rioya qilmoq zarur.
Pedagogik texnologiya esa dinamik jarayonlarning in'ikosi sifatida rivojlanadi,
takomillashadi va vaqt mezonida boyib boradi.
Dostları ilə paylaş: