o'qitish vositalari yordamida tahsil oluvchilarga ma'lum bir sharoitda muayyan ketma-
ketlikdan ko'rsatilgan ta'sirini va ta'lim natijasini nazorat jarayonida baholab beruvchi
texnologiyalashgan ta'limiy tadbirdir
( B . G ’ . Ziyomuhamedov).
Pedagogik texnologiya bu — obycktiv, moddiy jarayon. Agar biz o'quv-tarbiya
jarayonidan uning obyektiv, moddiy (substansiyalik) jihatini ajrata olsak, shunda biz
texnologiyaga, eng kamida, uning tafsilotiga ega bo'lamiz
(V.K. Dyachenko).
Pedagogik texnologiya- bu o'qitishga o'ziga xos yangicha (innovatsion)
yondashuvdir. U pedagogikadagi ijtimoiy-muhandislik tafakkurining ifodalanishi,
texnokratik ilmiy ongning pedagogika sohasiga ko'chirilgan tasviri, ta'lim
jarayonining muayyan standartlashuvi hisoblanadi
(B.L.Farberman).
Pedagogik texnologiya – turli mualliflar (manbalar)ning barcha ta'riflari
mazmunini o'zida mujassam etuvchi umumlashtirishdan iborat
(G.K. Selevko).
"Texnologiya" tushunchasi keng ma'noda insonning barcha antropogen faoliyati
natijasida mahsulot yaratilishi jarayonlarini qamrab oladi. Texnika va texnologiya,
sanoat va transport, mashinasozlik va aviatsiya, kimyo va metallurgiya, tibbiyot va
farmatsevtika, qishloq xo'jaligi va chorvachilik, umuman, yaratuvchanlik va ijodkorlik
mehnati va metod, usul, vosita hamda jarayonlar majmuasini ifodalash uchun shu
kungacha cheklanmagan miqyosda foydalanib kelinayotgan ushbu atamaning mazmun
va mohiyati keng ko'lamga ega bo'lib qoldi. Pedagogik jarayonlar uchun tatbiq
qilinuvchi texnologiyaning an'anaviy va noan'anaviy, tarixiy, klassik, yangi va
zamonaviy turlari farq qilinmoqda. Asosiy maqsad - shaxsning ta'lim va tarbiyasi
hamda uning aqlan va jismonan rivojlanishi bilan bog'liq kasbiy faoliyat ekanligini
nazarda tutsak qanday nomlanishidan qat'iy nazar, pedagogik texnologiya komil inson
tushunchasiga mazmunan singib ketishi lozim.
Dostları ilə paylaş: