1-mavzu. Menejmentga kirish fanining maqsadi, predmeti va vazifalari. Reja



Yüklə 321,58 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/17
tarix26.10.2022
ölçüsü321,58 Kb.
#66275
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
1-мавзу. Menejmentga kirish fanining maqsadi, predmeti va vazifalari.

 
2-jadval 
"Ringi" usulini qo‘llash bosqichlari 
T/r 
Bosqichlar 
Izoh 
1. Birinchi 
bosqich 
- Bu bosqichda firma rahbariyati qanday muammo yuzasidan qaror qabul 
qilinishi lozim bo‘lsa, shu muammo (masalan, yangi mahsulot turini ishlab 
chiqarishga) doir umumiy mulohazalarni jalb etilgan mutaxassislar bilan 
birgalikda o‘rtaga tashlaydi 
2. Ikkinchi 
bosqich 
- Muammo "pastga", ya’ni loyiha ustida ish tashkil etiladigan pog‘onaga 
uzatiladi 
3. Uchinchi 
bosqich 
- Bu bosqichda tayyorlanayotgan loyihaning barcha jihatlari bo‘yicha 
ijrochilar bilan batafsil kelishib olinadi. Aslida bu ixtiloflarni, qarama-qarshi 
nuqtai nazarlarni bartaraf etish bosqichidir 
4. To‘rtinchi 
bosqich 
- Muammoni hal qilish uchun maxsus kengash va konferensiyalar o‘tkaziladi 
5. Beshinchi 
bosqich 
- Bu bosqichda hujjat ijrochilar tomonidan imzolanadi, har kim o‘z muhrini 
bosadi va hujjat firma rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi 
Garchi bu usulning haddan tashqari sermashaqqat bo‘lgani uchun yapon matbuotida uning 
sha’niga aytilgan tanqidni uchratish mumkin bo‘lsa-da, uni qo‘llashdan voz kechish to‘g‘risida hech 
narsa deyilmaydi. 


Qayd qilingan qarorlar, odatda tezkor boshqaruvni amalga oshirish maqsadida qabul 
qilinadi. Strategik va taktik boshqaruv maqsadida esa iqtisodiy tahlilga, optimallashtirishga 
asoslangan oqilona qarorlar qabul qilinadi.
Boshqarish usullari va shakllarining muvaffaqiyatli qo’llanishi Bo’ysunuvchining 
xizmatdagi yuksalishini ta’minlaydi. Ulardan bir nechtasini ko’rib chiqaylik: 
«To’rt maqsad» asosida qurilgan tamoyilda:

Boshqarish; 

Iqtisodiy ishlab chiqarish

«Nou-xau»; 

ijtimoiy ximoya kabi to’rt maqsad miqdoriy ko’rsatkichlari belgilanib, hamma resurslar 
shu maqsadni bajarishga yo’naltiriladi. Bu tamoyilda qo’llaniladigan ijtimoiy himoya – aynan 
bo’ysunuvchilarning o’z maqsad va qiziqishlariga g’oyat maqbul tarzda shavrt-sharoitlar yaratib 
berishga qaratilganligi, ularni kasbiy yuksalishga undaydi hamda kasbiy yuksalishga undaydi 
hamda xizmatdagi yuksalishlariga sabab bo’ladi.
«7s» tamoyiliga ko’ra, maqsad sari quyidagi yo’nalishlarda faoliyatni tashkil etish nazarda 
tutadi: 

strategiya; 

struktura; 

tizim; 

xodimlar tarkibi; 

boshqarish qoidasi; 

boshqarish mahorati; 

yakuniy natijalar. 
Ularga ko’ra, 

iqtisodiy ko’rsatkichlar hisoblab chiqiladi; 

ishlab chiqarish tuzilmasi barpo etiladi; 

resurslar jamlanadi

boshqarishning samarali usullari keng qo’llaniladi; 

xodimlarni tanlash, o’qish va malakasini oshirish ishlarining yo’lga qo’yilishi 
Bo’ysunuvchining na’munaviy xodimga aylanishida muhim rol o’ynaydi. 
«Kanban» usuli yaponlarga tegishli bo’lib, unga ko’ra, ishlab chiqarishning uzluksiz 
harakatini ta’minlovchi boshqarish tizimi qaror topadi. Mazkur usulning asosiy yo’nalishini 
xodimlarni tanlash, mahoratini baholash, o’qitish va malakasini oshirish, ular oldiga aniq maqsad va 
vazifalar qo’yish, mansablardagi almashinuvni (rotatsiya)larni muntazam olib borish orqali 
bo’ysunuvchining xizmatdagi yuksalishi ta’minlanadi. Rahbarlar va bo’ysunuvchilar taqdiri bir deb 
qaraladi.
Nazorat uchun savollar: 
 
1. Menejmentga qanday bilimlar zarur? 
2. Menejment nima? 
3. Menejer va tadbirkor qanday xususiyatlari bilan farqlanadi? 
4. Menejmentning asosiy vazifalari nimalardan iborat? 
5. Menejmentning amaliy qismi nimani o’rganadi? 
6. Boshqaruv munosabatlari deganda Siz nimani tushunasiz? 
7. Menejmentning qanday metodlarini bilasiz? 
8. Menejmentning qanday xorijiy modellari mavjud? 

Yüklə 321,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin