Muvofiqlashtirsh uchun menejment tashkilotda ikki xil rusumdagi jarayonni shakllantirish
mumkin:
- farmoyish, bo’yruq va takliflar bilan xatti-xarakatlarni boshqarish;
- me’yor va qoidalar tizimini ishlab chiqish orqali korxona faoliyatini muvofiqlashtirb turish.
Texnologiya - tashkilot tomonidan yaratiladigan pirovard (faoliyat, xizmat) texnik vositalari
va uslublarini ifoda etadi. Har bir samarali ishlab chiqarish jarayonni tashkil etish zaminida
texnologiya yotganligi sababli menejment ushbu yo’nalishga alohida e’tibor qaratilishi kerak.
ayniqsa zamonaviy, ilg’or texnologiyalar tashkilotning muhitiga, insonlar o’rtasidagi munosabatga
qanday ta’sir ko’rsatishi hozirgi kun dolzarb muammolaridan bo’lib hisoblaniladi.
Kadrlar – har bir tashkilotning asosi hisoblanadi. Shu sababdan menejment kadrlarni
shakllantirib, ular o’rtasidagi munosabatlarni bir tizimga keltiradi va ularni rivojlantirish, o’qitish
hamda faoliyat bo’yicha o’sishni ta’minlaydi.
Tashkiliy madaniyat – tashkilotning ko’p yillik munosabatlari, qadriyatlari va tashqi muhitga
ta’sir ko’rsatuvchi omillar yig’indisidan iborat. Tashkiliy madaniyat belgilangan me’yorlar,
printsiplar va ishonch vositalari bilan amalga oshiriladi va korxona haqidagi fikr shakllanishiga,
tashqi muhitdagi holatga moslashishiga hamda tashkilotning faoliyat ko’rsatish maqsadini
belgilashga yordam beradi.
Har bir tashkilot boshqalarga nisbatan farqi bo’lsada, ammo barchasida amalga oshiriladigan
beshta funktsional jarayoni guruhini ajratib ko’rish mumkin:
- ishlab chiqarishni boshqaruvi;
- marketingni boshqaruvchi;
- moliyani boshqaruvi;
- personalni boshqaruvi;
-
ekkauntingni (xo’jalik faoliyatini tahlili va uchyoti) boshqaruvi.
Dostları ilə paylaş: