Zahiriddin muhammad bobur nomidagi andijon davlat universiteti mamadjanova ma


  4-§. QUYISHGA DOIR MANTIQIY MASALALARNI



Yüklə 1,71 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/51
tarix26.10.2022
ölçüsü1,71 Mb.
#66297
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51
Mantiqiy, kombinatorik va nostandart masalalar

 


24 
4-§. QUYISHGA DOIR MANTIQIY MASALALARNI 
YECHISH USULLARI 
 
Quyishga doir masalalar hajmi ma’lum bo`lgan ikkita yoki undan 
ortiq bo`sh idishlardan foydalanib, talab etilgan miqdordagi suyuqlikni 
o`lchashga doir bo`lib, ularni yechishda faqat ikkita operatsiya:
idishdagi suyuqlikni to`la bo`shatish yoki idishga to`ldirib suyuqlikni 
quyishga ruxsat beriladi. 
Bu masalalarni yechishga innovatsion yondoshishni amalga 
oshirish yo`llari bilan o`qituvchilarini tanishtirish metodikasini ko`rib 
o`tamiz. Bu turdagi masalalar bugungi kunda boshlang`ich sinflarning 
amaldagi matematika darsliklarida o`z ifodasini topgan bo`lib,
o`quvchilarni ularni yechishga o`rgatish ko`nikmasini tarkib toptirish 
muhimdir.
1-masala. 7 litr hajmli va 3 litr hajmli idishlardan foydalanib
ichimlik suvi jo`mragidan 5 litr suvni qanday qilib quyib olish 
mumkin? Idishlardagi suvni to`kish uchun suv chanog`i mavjud. 
Yechish. 1. Masalani tahlil etib, bir necha urinishlardan so`ng
(masalan, katta idishni to`ldirib, so`ngra undan kichik idishga quyib, 4 
litr suvni hosil qilamiz; lekin biz 5 litr suvni olishimiz zarur. Shuning 
uchun yana ikkala bo`sh idishlardan foydalanib, ularni to`ldirib va 
bo`shatib, bu holda ham muvaffaqiyatsizlikka uchrasak, boshqa holni 
sinab ko`rish uchun ishni yangidan boshlaymiz va h.k.) uning 
yechimini topishimiz mumkin. Demak, agar masala shartida 
berilganlardan noma’lumga qarab boradigan bo`lsak bir necha 
urinishlardan so`ng tasodifiy holda biz yechimni olishimiz mumkin.
Lekin bu usulni qo`llash, ya’ni berilganlardan talab etilayotganga
qarab borish (boshidan oxiriga qarab borish) usulining samaradorligi 
past bo`ladi. 
2. Agar analiz usulini, ya’ni “oxiridan boshiga qarab 
borish”usulini qo`llasak, ya’ni masala yechilgan deb hisoblasak, u 
holda javobni quyidagicha tasavvur qilamiz: 7 litr hajmli idishda 5 litr 
suv bo`lib,3litr hajmli idish bo`sh bo`ladi(1-rasm). 


25 
Bu natijani (1-rasmda tasvirlangan) undan oldingi qaysi
natijadan hosil qilishimiz mumkinligini aniqlaymiz. Buning uchun 7 
litr hajmdagi idishni to`ldirib, undan aniq 2 litr suvni quyib olishimiz 
zarur. Buni amalga oshirish uchun esa 3 litr hajmli idishda faqat 1 litr 
suv bo`lishi shart. Masalani yechishga olib keladigan g`oya ham 
xuddi shundan iboratdir (2-rasm). 
3-rasmda tasvirlangan holatga kelish uchun 2- rasmdagi katta 
idishdagi suvni suv chanog`iga to`kamiz. 4-rasmdagi holatni hosil 
qilish uchun kichik idishdagi suvni katta idishga quyamiz. Shuni 
aytish lozimki, 2-, 3- va 4-rasmdagi holatlarni birortasini hosil qilish 
mumkin bo`lsa, u holda ularning ixtiyoriy boshqalarini ham hosil 
qilish mumkin bo`ladi. 
2-расм 
5-расм 


26 
4-rasmdagi holat 5-rasmda ko`rsatilgan holatdan quyidagicha 
hosil bo`lishini o`rnatamiz: krandan katta idishni to`ldirib suv olib
kichik idishga to`ldirib quyamiz, so`ngra uni suv chanog`iga 
to`kamiz. Bu ishni ikki marta bajarganimizdan so`ng katta idishda 1 
litr suv qoladi. Natijada bizning bajargan ishlarimiz ketma-ketligi
masalani yechish g`oyasini amalga oshirishga olib keldi. Lekin bu
ketma-ketlik teskari tartibda o`rnatildi, shuning uchun biz aniqlagan 
oxirgi holatdan boshlab, bu jarayonni tartibini teskarisiga 
o`zgartiramiz: dastlab 5-rasmdan ko`rinib turgan harakatlarini bajarib, 
4-rasmdagi holatga kelamiz, so`ngra esa 3-rasmdagi holatga o`tamiz, 
so`ngra 2-rasmdagi va nihoyat 1- rasmdagi holatga kelamiz va 
masalaning yechimini olamiz. 
Masalani yechishda qo`llanilgan mulohazalar zanjiri ketma-
ketligini quyidagi jadval ko`rinishda ifodalaymiz. 
Idishlar 
Qadamlar 








7 litr 








3 litr 









Yüklə 1,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   51




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin