6
Bunday
masalalar
yechimini
izlashda
o`quvchilarning mustaqil ishini
uyushtirish uchun o`qituvchi
doskada
quyidagi
ikkita
sxemani chizib: so`ngra o`quvchilardan ulardan qay biri quyidagi
masala: O`quvchilar to`p uloqtirishda musobaqalashdi. Agar Botir
to`pni Karimdan uzoqroqga, lekin Ahmaddan yaqinroqga uloqtirgan
bo`lsa, bolalardan qay biri to`pni eng uzoqga uloqtirgan?” sharti
asosida qurilganligini aniqlashni so`raydi.
Barcha xohlovchi o`quvchilar doskaga chiqib, o`zlarining fikriga
ko`ra masala shartiga mos keluvchi sxemani belgilashadi: ba’zi
o`quvchilar 1-sxemani, ba’zilari esa 2-sxemani belgilashadi.
O`qituvchi bolalarga o`zlari tanlagan sxemada quyidagi ma’lumotlarni
belgilashni so`raydi: Ahmad to`pni 16 metrga, Karim- 11metrga,
Botir-13metrga uloqtirgan. O`quvchilar vazifani doskada bajaradilar
va 1-sxemani belgilagan o`quvchilar o`zlari yo`l qo`ygan xatoni
tushunib yetadilar.
O`quvchilarda to`plam elementlarini tartiblashga doir sodda
masalalarni yechish ko`nikmalari tarkib toptirilgach endi bunday
turdagi murakkabroq masalalarni (ishtirokchilar soni 4 ta va undan
ortiq) yechishga o`tish mumkin.
Dostları ilə paylaş: