O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot univеrsitеti r. D. Alladustov, A. J. Xo„jamurodov



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/110
tarix26.10.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#66333
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   110
ARM Alladustov R D Moliya bozori va birja ishi O\' q 2019

 
Zamonaviy instrumentariy 


25 
Moliyaviy instrumentlarning mazmun-mohiyatini ochib berish uchun uning 
instrumentariysini tashkil etuvchi jahon moliya bozori nazariyasi va amaliyotidagi 
mavjud zamonaviy konseptual tushunchalarga tayanish lozim.
Instrumentariy – bu moliyaviy instrumentlarning mazmunini to‗liq ifodalovchi 
maxsus tizimlashtirilgan terminologiya bo‗lib, bazaviy (tayanch) bo‗lgan konseptual 
(nazariy) tushunchalar majmuasi sifatida namoyon bo‗ladi.
Shunday 
qilib, 
moliyaviy 
instrumentning 
zamonaviy 
tushunchasini 
avvaldagilariga asoslanib, lekin hozirgi zamon jahon moliya bozorining mazmun-
mohiyatidan kelib chiqib (1-chi bobga qaralsin), quyidagicha ta‘riflash mumkin: 
moliyaviy instrument – bu, umuman olganda, monetiza-tsiyalashgan real bazisga 
ekvivalent (―egiz-analog‖) qiymatga va hossalarga ega bo‗lgan, maxsus iqtisodiy-
huquqiy mexanizm bilan ta‘minlangan, moliya bozoridagi munosabatlarni 
belgilovchi, shakllantiruvchi va rivojlanti-ruvchi, moliyaviy resurslarni samarali 
taqsimlanishi va qayta taqsimla-nishini ta‘minlovchi, muayyan hollarda ma‘lum 
shakllarda daromad keltiruvchi vosita sifatida har hil turlarda, shakl va mazmunlarda 
namoyon bo‗ladigan ham investitsion kapital (aktiv, jamg‗arma), ham to‗lov vositasi, 
ham alohida moliyaviy tovardir.
Moliyaviy instrumentning ekvivalentlik hossasi bevosita va bilvosita, real va 
nisbiy bo‗lishi mumkin.
Moliyaviy instrumentlarning tovar sifatidagi asosiy maqsadlaridan biri foyda 
olish bo‗lganligi uchun undagi har qanday faoliyat kapitalni (jamg‗armani) orttirish 
sohasi ekanligi munosabati bilan ularning bozori – bir vaqtning o‗zida kapitallarga 
qo‗yilmalar uchun muljallangan bozor hamdir.
Pul mablag‗lari moliyaviy instrumentlarning har qanday turiga qo‗yilishi 
(yo‗naltirilishi) mumkin. Buning barcha holatlarida yo‗naltirilgan pul mablag‗lari 
vaqt mobaynida o‗z orttirmasiga (yoki zarariga) ega bo‗lishi, ya‘ni foyda yoki zarar 
keltirishi mumkin.
Demak, 
moliyaviy 
instrumentlar 
o‗z bozorida moliyaviy resurslar 
jarg‗armachilardan (investorlardan) iste‘molchilarga tomon va aksincha yo‗nalishda 
harakat qilishini ta‘minlovchi vosita. 


26 
Moliyaviy instrumentlar yordamidagi resurslar harakati quyidagi omillarga 
bog‗liq
7
:
- moliyaviy instrumentlarning daromadlilik va risk darajasi;
- moliyaviy instrumentlarni soliqqa tortish shart-sharoitlari;
- moliyaviy instrumentlarning real bazis bilan ta‘minlanganligi va shu asosda 
iqtisodiyot va moliya bozorini ekvivalentligi;
- jamiyatning mentalitetiva tanlab olgan rivojlanish modeli;
- makro- va mikroiqtisodiy barqarorlik;
- tashqi kuchlar va hodisalarning moliyaviy instrumentlar bozoriga ta‘siri va 
boshqalar.
Moliyaviy instrumentlar (qimmatli qog‗ozlar, bank kapitallari, boshqa turdagi 
moliya vositalari va mahsulotlari) monetizatsiyalashgan real bazis va shu asosda 
iqtisodiyot va moliya bozorini ekvivalentligi maxsus samarali iqtisodiy-huquqiy 
mexanizm bilan ta‘minlangan bo‗ladi.
Moliyaviy instrumentga hos quyidagi atributlarni keltirish mumkin:
- har bir turiga mos maqsad va funtsiyasi, bozori va undagi muomala 
mexanizmi;
- har bir turiga mos rekviziti, shakli, muddati, soni va narxi;
- monetizatsiyalashgan real bazis bilan ta‘minlanganligi;
- har bir turining bozor parametrlari (indikatorlari);
- har bir turiga mos chiqaruvchilari va ularning instrument bo‗yicha shartlari va 
h.k.
Ushbu atributlarning ohirgi uchtasi moliyaviy instrumentning o‗z bozoridagi 
quvvat potensialini belgilaydi.
Moliyaviy instrumentning mazmuni uning bozordagi funksiyasi va roli, u bilan 
bog‗liq iqtisodiy-huquqiy munosabatlar asosida belgilanadi. Yuqorida aytib 
o‗tilganlardan kelib chiqqan holda moliyaviy instrument-ning quyidagi funksiyalarini 
ta‘kidlash mumkin:
7
Шоҳаъзамий Ш.Ш. Финансовый рынок и ценные бумаги. Книга 1. Учебник.-Т.: Iqtisod-moliya
2005.-cc.13, 31-34.


27 
- o‗ziga hos bozor orqali moliyaviy resurslarni (kapitalni) iqtisodiyotda 
(iqtisodiyot subyektlari o‗rtasida) samarali taqsimlash va qayta taqsimlash;
- puldan bo‗lak ma‘lum sharoitlarda kvazipul sifatida to‗lov vositasi bo‗la olish 
(m
2
va undan yirik pul agregatlari tarkibiga kiritilganligi munosabati bilan);
- bir vaqtda iqtisodiy va yuridik mazmunni o‗zida mujassamlashtirgan holda 
uning egasi, chiqaruvchisi va davlat o‗rtasidagi iqtisodiy-huquqiy munosabatlarni 
belgilash;
- o‗z egalariga kapitalga egalik huquqi bilan birga boshqa ma‘lum qo‗shimcha 
huquqlarni (masalan, ovoz berish, boshqaruvda ishtirok etish, ma‘lumotga ega 
bo‗lish, kreditorlik mavqei va h.k.) berish;
- alohida tovar sifatida muomalada bo‗lish, bozor konyunkturasini va unda 
biznes sifatini belgilash; uni chiqaruvchisi va bozor holati to‗g‗risida informatsiya 
bilan ta‘minlash va h.k. (bularni uning moliya bozoridagi roli sifatida qabul qilish 
mumkin);
- investitsion aktiv va jamg‗arma sifatida xizmat qilish;
- risk sharoitida kapital bo‗yicha daromad olishni, kapitalni qaytarilishini 
ta‘minlash va h.k. 
Shunday qilib, yuqoridagilarning barchasi moliyaviy instrument-larning 
mazmuni, hossa va hususiyatlarini ifodalaydi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin