O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta'lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot univеrsitеti r. D. Alladustov, A. J. Xo„jamurodov


 Moliya bozorining mazmuni, iqtisodiyotdagi ahamiyati va o„rni



Yüklə 1,88 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/110
tarix26.10.2022
ölçüsü1,88 Mb.
#66333
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   110
ARM Alladustov R D Moliya bozori va birja ishi O\' q 2019

2. Moliya bozorining mazmuni, iqtisodiyotdagi ahamiyati va o„rni. 
Iqtisodiyotning rivojlanishi tarixiga nazar tashlansa, moliya bozorini 
avvalambor insoniyat jamiyatida pulning paydo bo‗lishi va u bilan bog‗liq bozor 
munosabatlarini amalga oshirila boshlashidan shakllanishini ko‗rish mumkin. Asrlar 
davomida moliya bozori, uning mazmuni va unga oid tushunchalar shakllanib va 
uzluksiz rivojlanib kelmoqda. Bunga sabab, inson tsivilizatsiyasining moliya 
sohasidagi tajribasini boyishi, unda shaxslarning (yuridik va jismoniy) moliyaviy 
munosabatlari va qiziqishlari kengayib, maqsadlari va faoliyat turlari ortib, 
4
www.uzaa.uz.XBmWEduod5k


18 
manfaatlari tobora o‗sib, ularning xaq-huquqlari borgan sari mustahkamlanib va 
ta‘minlanib borishidadir.
Hozirda moliya bozori yuqori darajada tashkillashgan va uzluksiz 
rivojlanayotgan, borgan sari jahon miqyosida globallashib borayotgan alohida bir 
butun va o‗z muhitiga ega munosabatlar va institutlar (qatnashchilar) majmuasi 
sifatida namoyon bo‗luvchi murakkab tizim ekanligi aniq bo‗lmoqda. Bunda moliya 
bozorlari na faqat milliy iqtisodiyot, balki global iqtisodiyot rivojini belgilamoqda. 
Uning mazmun-mohiyati quyidagi konseptual tushuncha va qonuniyatlar asosida 
belgilanadi.
Moliya bozorini, umuman olganda, quyidagicha ta‘riflash mumkin: moliya 
bozori – bu monetizatsiyalashgan real investitsion bazisga ekvivalent moliyaviy 
instrumentlar bilan bog‗liq tashkillashgan iqtisodiy-huquqiy mexanizm bilan 
ta‘minlangan munosabatlarni maqsadli amalga oshiruvchi, iqtisodiyot subyektlari 
uchun zaruriy bozor sharoitlarini yaratib beruvchi majmua sifatida namoyon 
bo‗luvchi tizim. Ushbu tizim mexanizmi iqtisodiyotning barcha subyektlari 
tomonidan ularni har birining alohida manfaatli maqsadlari doirasida harakatga 
keltiriladi.
Boshqa sohalardan farqli moliya bozori esa ushbu imkoniyatni beruvchi, uning 
uchun zaruriy shart-Sharoitlarni yaratuvchi muhit, alohida iqtisodiy-huquqiy 
mexanizm bilan ta‘minlangan, institutlari (qatnashchilari) va ularning moliyaviy 
instrumentlar bilan bog‗liq munosabatlari majmuasi sifatida namoyon bo‗luvchi 
tizimdir.
Aynan shu va yuqorida aytilganlar bilan moliya bozori boshqa turdagi 
bozorlardan keskin farq qiladi.
Moliya bozori o‗z ichiga quyidagi segmentlarni (hususiy bozorlarni) oladi:
- pul-kredit (bank va boshqa kredit tashkilotlari kapitallari) bozori;
- qimmatli qog‗ozlar (fond, kapitallar) bozori;
- valyuta va unga tenglashtirilgan avuarlar (qimmatbaho metallar, kamyob 
elementlar, san‘at asarlari va h.k.) bozori;
- sug‗urta va pensiya fondlari bozori, lotoreya o‗yinlari instrumentlari.


19 
Moliya bozori iqtisodiyotda qo‗yidagilar mavjud bo‗lgandagina samarali 
faoliyat ko‗rsatishi mumkin:
- effektiv (samarali) mulkchilik tizimi
5
;
- investitsiya uchun mo‗ljallangan yetarli jamg‗armalar (moliyaviy resurslar, 
mablag‗lar) va iqtisodiy-huquqiy mexanizm bilan ta‘minlangan moliyaviy 
instrumentlar.
- talab va taklifni obyektiv mutanosibligi;
- moliya bozori infratuzilmasini samarali faoliyati;
- bozor qonunlari, tamoyillari va qonunchiligini xukm surishi;
-moliyaviy 
barqarorlik, 
raqobatbardoshlilik 
va 
xavfsizlik, 
risklarni 
bashoratliligi.
Moliya bozorida moliyaviy resurslar jarg‗armachilardan iste‘molchilarga 
tomon va aksincha yo‗nalishda harakat qiladi. Bunda jamg‗armalar investitsiyalarga 
transformatsiyalanadi (aylanadi).
Moliya bozorida resurslar harakati quyidagi omillarga bog‗liq:
- bozorning daromadlilik darajasi;
- bozorni soliqqa tortish shart-Sharoitlari;
- kapitalni yo‗qotish yoki nazarda tutilgan foydani ololmaslik riski;
- bozorni samarali institutsional va funksional tashkillashgani;
- bozorni samarali muvofiqlashtirilganligi va nazorat qilinishi;
- moliyaviy instrumentlarning real bazis bilan ta‘minlanganligi va shu asosda 
iqtisodiyot va moliya bozorini ekvivalentligi;
- jamiyatning mentalitetiva tanlab olgan rivojlanish modeli; 
- makro va mikroiqtisodiy barqarorlik;
- tashqi kuchlar va hodisalarning bozorga ta‘siri va boshqalar.
Ushbu omillar (tashqi va ichki fundamental omillar) moliya bozoridagi 
voqeliklar (jarayonlar, hodisalar) rivojini shakllantiradi.
5
Эрнандо де Сото. Секрет капитала. Почему капитализм торжествует на Западе и терпит поражение во всем 
остальном мире./Пер. с англ.-М.: Олимп-Бизнес, 2001.-272 с. 


20 
Moliya bozorining yuqori darajada tashkillashganligi uning alohida faoliyat 
mexanizmi bilan belgilanadi. Bu mexanizm iqtisodiyotning qonun va kategoriyalarini 
to‗liq amal qilishi negizida va davlatning regulyativ (administrativ va indikativ 
tarzda) siyosati asosida moliya bozorining barcha qatnashchilarini bevosita ishtiroki 
natijalari bilan belgilanadi, davlat va iqtisodiyot subyektlari tomonidan birgalikda 
harakatga keltiriladi.
Moliya bozorining hossalari quyidagilardan kelib chiqadi:
- moliyaviy instrumentlar va ular bo‗yicha iqtisodiy-huquqiy munosabatlarni 
ta‘minlovchi tashkillashgan murakkab infratuzilmaga (institutsional va funksional 
tuzilmaga) va faoliyat mexanizmiga ega dinamik tizim;
- ochiqlik, teng imkoniyat, erkin raqobat, obyektiv bozor bahosi, risklilik, 
omillar va voqeliklarni (jarayonlarni) o‗lchamliligi (tahlil qilinishi, baholanishi va 
prognozlanishi mumkinligi);
- moliyaviy instrumentlarning monetizatsiyalashgan real bazis va sifat bilan 
ta‘minlanganligi, standartlashganligi va unifikatsiyalan-ganligi; 
- bozor va uning qatnashchilarini transparentliligi (informatsion shaffofligi);
- moliyaviy instrumentlarning optimal hajmi va baholarini obyektiv talab va 
taklifdan kelib chiqqan holda shakllanishi;
- moliyaviy instrumentlarning erkin muomalasi industriyasi uchun bozor 
infratuzilmasi bilan ta‘minlanganligi;
- bozor qatnashchilarining biznes quvvati potensiali (sifat parametrlari darajasi 
miqdori bo‗yicha);
- bozorni tartiblashtirilganligi (muvofiqlashtirilishi va nazorat qilishishi 
darajasi bo‗yicha). 
Moliya bozorining muhim hossalariga quyidagilar kiradi: bozor geografiyasi 
kengligi va chegaralari, bozorning tashkiliy modeli parametr-lari, bozorni 
raqobatbardoshliligi va xavfsizligi darajasi, bozorning risklilik darajasi, bozorning 
jalbdorliligi, bozorning egiluvchan moslashuvchanligi daradasi, bozorni iqtisodiyotga 
ekvivalentlilik darajasi, bozorning funksiyalarini bajarishi darajasi, bozorni omillarga 
ta‘sir-chanligi darajasi. Sanab o‗tilgan hossalar moliya bozori muhitining quvvat 


21 
potensialini belgilaydi va rivojini shakllantiradi. Ya‘ni, moliya bozori muhitining 
quvvat potensiali darajasi – bosh (integral) hossa sifatida – moliya bozorining sanab 
o‗tilgan hossalari darajasi miqdori bilan belgilanadi va baholanadi.

Yüklə 1,88 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   110




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin