MAIN ACTIVITY OF EXCHANGE AND MECHANISMS
1.Concept of currency markets
2. Exchange rates
3.Foreign exchange operations, cash transactions and forward transactions
4.Commission payments and swap transactions
5. Currency Exchange
EXCHANGE AND EXCHANGE STATISTICS
1.Stock exchanges: founders, members of the exchange, their rights and obligations
2.Management organization
3.Exchange Statistics Functions
4.Statistics Exchange statistics system
5.Stock quote
13
KIRISH
Bugungi kunning eng dolzarb muammosi – bu 2008-yilda boshlangan jahon
moliyaviy inqirozi va inqirozdan kiyingi ta‘siri va salbiy oqibatlari, yuzaga
kelayotgan vaziyatdan chiqish yo‗llarini izlashdan iborat
1
.
O‗zbekistonning bozor munosabatlariga o‗tishi, ayniqsa, muomala sohasida
tub o‗zgarishlar bilan birgalikda ro‗y berishi kuzatilmoqda. Bozor iqtisodiyotida
muomala sohasining asosiy elementlaridan biri birjalar hisoblanadi. Zamonaviy
bozor tizimiga kiradigan birjalar jamiyatda mahsulot ishlab chiqarish
aylanmasining tezlashuviga va kengaytirilgan ishlab chiqarish jarayonining
uzluksizligiga xizmat qiladi. Birjalar tufayli tovarlarning muomalada bo‗lish
vaqtining qsqarishi asosiy fondlar va mehnat vositalaridan foydalanish
samaradorligini oshirai, bank kreditlari va aylanma vositalarga ehtiyojni
kamaytiradi va shu tariqa boshqa tarmoqlarga yo‗naltirilgan resurslar hajmini
oshirishga imkon beradi. shu sababli birja tizimi orqali mablag‗lar aylanish
tezligini oshirish hozirgi kunda dolzarb sanalgan asosiy iqtisodiy vazifalardan biri
sanaladi.
Davlatimiz va iqtisodiyotimizning uzoq davomli kelajagini va manfaatlarini
ko‗zlab, strategik va ustuvor dasturlarni amalga oshirishda, boshimizdan kechirgan
og‗ir va keskin vaziyatlardan chiqishda, bugun ko‗pchilik qatorida moliyaviy-
iqtisodiy inqiroz ta‘sirini bartaraf qilishda davlat boshqaruv tizimi va usullariga
suyanish va ularning rolini kengaytirish va kuchaytirish o‗zini to‗la oqlab
berganini hayotimizning o‗zi tasdiqlab berdi va bermoqda.
2
Birjalarni bozorning asosiy elementi sifatida o‗rganish bilan «Birja ishi»
fani shug‗ullanadi.
«Birja ishi» o‗quv qo‗llanmaning asosiy maqsadlari tovar birjalari faoliyati
hamda birja savdosining huquqiy asoslarini har tomonlama va chuqur o‗rganish,
birja savdosi qatnashchilarini aniqlash, birja faoliyati haqida to‗liq axborot olish,
birja savdosini yuritish faoliyati dasturlari va usullarini o‗zlashtirish, bozor
iqtisodiyotida birjalarning o‗rni va rolini aniqlash, birja operatsiyalarini amalga
oshirish, birjada tovarlar narxini kotirovkalash usullarini o‗rganish, tovar birjasi va
boshqa birjalarda savdo yuritish tartibini o‗rganish, buyurtmaning xaridordan
sotuvchi tomon birja xalqasi orqali harakatlanish texnologik zanjirini
shakllantirish hisoblanadi.
«Birja ishi» fanini o‗rganish o‗quv rejasida ko‗zda tutilgan barcha fanlar
bilan uzviy bog‗liq. Ayniqsa, «Marketing», «Marketingni boshqarish», «Strategik
marketing», «Tadbirkorlik asoslari», «Menejment», «Xalqaro tijorat ishi»,
«Tovarshunoslik» kabi fanlar bilan kuchli aloqa kuzatiladi.
«Birja ishi» fanini o‗qitishda muammoli va ochiq ma‘ruzalar, bahs-
munozara ma‘ruzalari, ma‘ruza-konferensiyalar, davra stoli atrofida mashg‗ulot
1
Каримов И.А. Жаҳон молиявий-иқтисодий инқирози, Ўзбекистон шароитида уни бартараф этишнинг йўллари
ва чоралари / И.А.Каримов. – Т: Ўзбекистон, 2009. – 4-б
2
Прeзидeнт Ислом Каримовнинг Тошкeнт шаҳрининг 2200 йиллигига бағишланган тантанали мажлисдаги
нутқи. «Халқ сўзи» газетаси, 02.09.2009й.
14
o‗tkazishning faol usullari, vaziyatli masalalardan keng foydalangan holda
masofadan o‗qitish kabi yangi pedagogik texnologiyalarni qo‗llash, shuningdek,
«aqliy hujum», ishbilarmonlik o‗yinlari va keys-stadilardan foydalanish zarur.
«Birja ishi» o‗quv qo‗llanma 5340300 - Marketing (tovarlar va xizmatlar)
yo‗nalishi bo‗yicha talabalar uchun mo‗ljallangan.
Dostları ilə paylaş: |