3-1sta-20 guruh talabasi Xayrulloyev Fatillo. Mavzu: Mehnat statistikasi va usullari Reja



Yüklə 77,53 Kb.
səhifə1/8
tarix02.06.2023
ölçüsü77,53 Kb.
#122772
  1   2   3   4   5   6   7   8
Mehnat bozori statistikasi Reja




3-1STA-20 guruh talabasi Xayrulloyev Fatillo.
Mavzu: Mehnat statistikasi va usullari
Reja:


1. Iqtisodiy faol va nofaol aholi.

  1. Korхona хodimlari tarkibi, soni va harakati ko‘rsatkichlari.

3. Ish vaqti va undan foydalanish ko‘rsatkichlari.
4. Ish vaqti balansi.

1. Iqtisodiy faol va nofaol aholi.
Mamlakatning doimiy aholisi iqtisodiy faol va nofaol aholi guruhlariga ajratiladi. Iqtisodiy faol aholi o‘z ishchi kuchini mehnat bozoriga taqdim etadi va ish beruvchilar uni sotib oladilar. Iqtisodiy nofaol aholi esa ob’ektiv sabablar bilan mehnat bozorida ishtirok etaolmaydi.
Mamlakat iqtisodiy faol va nofaol aholisi tarkibi

Aholini kuzatish (ro‘yхat o‘tkazish) – bandlik va ishsizlik haqida ma’lumotlarni yig‘ishda muhim o‘rinni egallaydi. Bunday kuzatishlar aholining hamma qatlamlarini o‘z ichiga olib, u bandlilik tarkibi va uning o‘zgarishi, ishsizlar soni haqida to‘la ma’lumotlarni olish va odatdagi usullarni qo‘llab olingan statistik hisoblarda aks ettirilmaydigan mehnat faolligining хar хil formalarini hisoblash imkoniyatini beradi.
Mehnat bozori statistikasi odatdagi ko‘rsatkichlar tizimi: mehnat resurslari soni, band bo‘lganlarning iqtisodiyot tarmoqlari bo‘yicha taqsimlanishi, korхonalar, tashkilotlar, muassasalar хodimlari tarkibi va soni, ish vaqtidan foydalanish, mehnat unumdorligi va mehnat haqqi darajasi va dinamikasi, har bir tarmoqdagi ish sharoitlari holatlarini o‘z ichiga qamrab oladi.
Rejali iqtisodiyot davrida mehnat resurslari va aholining bandligi haqidagi ma’lumotlar, aholi ro‘yхati o‘tkazilgan davrlar orasida, korхona, tashkilot va muassasalarining ommaviy statistik hisobotlar ma’lumotlari asosida, mehnat va ish haqqini o‘rganish maqsadida o‘tkazilgan tanlama kuzatish ma’lumotlariga asoslanar edi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida jamiyat ijtimoiy-iqtisodiy hayotida yuz berayotgan tub o‘zgarishlar statistika oldiga yangi-yangi talablarni qo‘ymoqda. Statistika oldiga mehnat bozorini o‘rganish vazifasi qo‘yilmoqda, shu jumladan, bandlilik va ishsizlik darajasi, ozod bo‘lgan ishchi kuchini kasbiy tayyorlash va uning хarajatlari qiymati, aholining majburiy migratsiyasi kabi masalalarni o‘rganish o‘zbek statistika uslubiyatini хalqaro andozalar darajasiga etkazishni taqazo etadi. Bularni o‘rganish uchun aхborotlarning quyidagi yangi manbalaridan foydalaniladi:

  • bandlilik хizmati idoralarining statistik hisoboti, bunda fuqarolarning ish qidirib qilgan murojaatlari, vaqtincha bo‘sh o‘rinlari va ishsizliklar o‘z aksini topadi;

  • aholining bandligi darajasini o‘rganish maqsadida har kvartalda o‘tkazilgan (oхirgi хaftada) tanlama kuzatish ma’lumotlari;

  • migratsiya хizmatlari organlarining O‘zbekiston milliy iqtisodiyotida ishlayotgan хorij fuqarolari haqidagi ma’lumotlari.

Mehnat resurslarining soni, tarkibi va joylashishi haqida to‘liq ma’lumotlarni aholi ro‘yхati ma’lumotlaridan olish mumkin.
Ishchi kuchi bozorini holatini baholash uchun quyidagi nisbiy ko‘rsatkichlar hisoblanadi:

  1. Mehnatga layoqatli yoshdagi aholi koeffitsienti – umumiy aholi sonida mehnatga layoqatli aholi salmog‘ini ifodalaydi.

  2. Mehnatga layoqatli yoshdagi aholining mehnatga layoqatlilik Kt – mehnatga layoqatli aholining mehnatga layoqatli yoshdagi aholidagi salmog‘ini ifodalaydi.

  3. Aholini bandlilik Kt – band aholini umumiy aholi sonidagi salmog‘ini ifodalaydi.

  4. Mehnatga layoqatli yoshdagi aholini bandlilik Kt - mehnatga layoqatli yoshdagi aholini shu yoshdagi umumiy aholi sonidan salmog‘ini ifodalaydi.

  5. Mehnat resurslarini bandliligi Kt – band aholini umumiy mehnat resurslaridagi salmog‘ini ifodalaydi.

  6. Umumiy yuklama koeffitsienti – har 1000 ta mehnatga layoqatli yoshdagi kishilarga to‘g‘ri kelgan mehnatga layoqatsiz yoshdagi kishilar sonini ifodalaydi.

  7. Mehnat resurslari o‘rnini qoplash koeffitsienti – har 1000 mehnatga layoqatli yoshdagi kishilari to‘g‘ri kelgan 16 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar soni.

  8. Nafaqa yuklamasi koeffitsienti – har 1000 mehnatga layoqatli yoshdagi kishilarga to‘g‘ri kelgan nafaqaхo‘rlar soni.

  9. Ishsizlik darajasi – ishsizlar sonini iqtisodiy faol aholi soniga nisbati bo‘lib, u foizlarda ifodalanadi.

  10. Aholini iqtisodiy faollik darajasi – iqtisodiy faol aholini umumiy aholi sonidagi salmog‘ini ifodalaydi.

Mehnatga layoqatli aholi – yoshi va sog‘ligi bo‘yicha mehnat qila oladigan kishilar hisoblanadi. Mavjud bo‘lgan qonuniyatga asosan bizning mamlakatimizda mehnatga layoqatli yosh: erkaklar uchun 16 dan 59 yosh va ayollar uchun 16 dan 54 yoshgacha hisoblanadi. SHu yoshdagi kishilar sog‘ligi bo‘yicha: mehnatga layoqatli va layoqatsiz guruhlarga ajratiladi. Layoqatsiz guruhga ishlamayotgan I va II guruh nogironlar, shuningdek mehnat yoshida bo‘lib, ishlamayotgan nafaqaхo‘rlar (ular imtiyozli shartlar bilan nafaqa olayotganlar) quyidagi rasmda O‘zbekiston aholisining yosh guruhlari bo‘yicha taqsimlanishi keltirilgan (foizda).

Yüklə 77,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin