30
Qimmatli qog‗oz – bu, umuman olganda, monetizatsiyalashgan (pul bilan
ta‘minlangan) real bazisga ekvivalent (―egiz-analog‖) qiymatga (bahoga) va
hossalarga ega bo‗lgan, maxsus iqtisodiy-huquqiy mexanizm bilan ta‘minlangan,
o‗ziga hos bozordagi moliyaviy munosabatlarni belgilovchi, shakllantiruvchi va
rivojlantiruvchi,
moliyaviy
resurslarni
samarali
taqsimlanishi
va
qayta
taqsimlanishini ta‘minlovchi, muayyan hollarda ma‘lum
shakllarda daromad
keltiruvchi vosita sifatida har hil turlarda, shakl va mazmunlarda namoyon bo‗ladigan
ham investitsion kapital (aktiv, maxsus fond jamg‗armasi boyligi, qimmatli qog‗ozlar
portfeli), ham to‗lov vositasi, ham alohida fond bozori tovaridir.
Qimmatli qog‗oz bir vaqtning o‗ziga iqtisodiy kategoriya va yuridik
konstruksiya sifatida mazmunga ega.
Ta‘kidlash joizki, O‗zbekiston Respublikasining ―Qimmatli qog‗ozlar
bozori
to‗g‗risidagi‖ Qonuni loyihasi (2007-yildagi) bilan belgilangan qimmatli qog‗ozning
ta‘rifini mazmunan yuqorida keltirilgan talqinda tushunish maqsadga muvofiq. Ushbu
Qonun loyihasiga muvofiq ―Qimmatli qog‗ozlar - ularni chiqargan shaxs bilan
ularning egasi o‗rtasidagi mulkiy huquqlarni yoki zayom munosabatlarini
tasdiqlovchi dividend yoki foizlar ko‗rinishida daromad to‗lashni
hamda ushbu
hujjatlardan kelib chiqadigan huquqlarni boshqa shaxslarga berish imkoniyatini
nazarda tutuvchi hujjatlardir‖. Ko‗rinib turibdiki, bu ta‘rifda ekvivalentlilik hossasi
inobatga olinmagan.
Shuning uchun qimmatli qog‗oz ―fond instrumenti‖ sifatida ―fond boyligi‖ deb
ifodalanadi, uning yordamida real boyliklarga (bazisga) ega bo‗lish imkoniyati paydo
bo‗ladi. Bu esa fond bozori konyunkturasiga bog‗liq holda boyliklarni bir subyektdan
boshqasiga o‗tishishi (harakatini) ta‘minlaydi, natijada qimmatli qog‗ozlar bozori
orqali moliyaviy resurs-larni iqtisodiyotda samarali
taqsimlanishi va qayta
taqsimlanishining qonuniyatli jarayonini vujudga keladi.
Dostları ilə paylaş: