EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH Innovative Academy Research Support Center
www.innacademy.uz
Volume 1 Issue 9, December 2021 ISSN 2181-2020
Page 367
tor ma’noda matn deb atash mumkin emas.
Chunki matn tuzilishi jihatdan gapdan yirik
sintaktik butunlikdir. Demak, u gaplardan
tashkil topadi. Yashirin mazmun sifatida
havola etilayotgan ma’nolar so’zning ma’no
tuzilishi bilan bog’liq. Mazkur gap o’zidan
keyin
keladigan
izohlovchi
yoki
kengaytiruvchi gaplar bilan bir butunlik
hosil qilgandagina matn deyish to’g’ri
bo’ladi. Agar yashirin mazmunga qarab
xulosa chiqariladigan bo’lsa, istalgan so’zni
matn deyish mumkin bo’ladi.[7]
Maksimal matn deyilganda keng
ko’lamdagi voqealarni yoritish ehtiyoti
bilan yuzaga kelgan butunlik nazarda
tutiladi. Badiiy uslubda hikoya, qissa,
roman kabi yirik hajmli asarlar maksimal
matn
deyiladi.
Maksimal
matn
mikromatnlardan tashkil topadi. Eng kichik
butunlik abzatsga, eng katta butunlik esa
bob (qism yoki fasl) larga to’g’ri keladi.
Bunday matn tarkibida epigraf, so’zboshi
(muqaddima) so’ngso’z (epilog) kabi
yordamchi qismlar ham ishtirok etishi
mumkin. Ular asar mazmuni va g’oyasiga,
shuningdek, mavzuning tanlanishi va
yoritilishiga
oid
ayrim
masalalarga
qo’shimcha izoh bo’lib keladi. Maksimal
matn tashqi jihatdan turlicha shakllangan
bo’ladi.Masalan, Pirimqul Qodirovning
“Humoyun va Akbar” tarixiy romanini
ko’zdan kechiradigan bo’lsak, mazkur asar
ikki mustaqil qismga ajratiladi. Har ikki
qism alohida nomlanadi (Humoyun,
Akbar). Qismlar 9-10 tadan bo’limlarga
bo’linadi va har bir bo’lim voqea bo’lib
o’tayotgan joy hamda gap kim yoki nima
haqida ketayotganligiga qarab nomlab
boriladi.
Har
qanday
matnni
unda
ifodalangan axborotning hajm belgisiga
ko’ra minimal matn va maksimal matn
tiplariga ajratish mumkin. Badiiy uslubda
yozilgan matnda minimal matn deb biror
mavzuni yoritishga bag’ishlangan
qatralar
,
xalq
donishmandligini
ifodalaydigan
maqol, metal va aforizmlar, mimiatyuralar,
hajviy asarlar, nomalar, she’r va she’riy
parchalar, umuman kichik mavzuni qamrab
oluvchi bir necha gaplardan iborat butunlik
tushuniladi. Matnning
ichki tomonini mazmun yaxlitligi, tashqi
tomonini esa turli shakldagi bog’lamalar,
sintaktik vositalar birlashtirib turadi.
Makro matn deyilganda keng
ko’lamdagi voqealarni yoritish ehtiyoji
bilan yuzaga kelgan butunlik nazarda
tutiladi. Badiiy
uslubda hikoya
, qissa
roman, epopeya kabi yirik hajmli asarlar
makro matnlar hisoblanadi. Bunday matn
tarkibida epigraf, so‘zboshi, epilog kabi
yordamchi qismlar ham ishtirok etishi
mumkin. Ular asar mazmuni va g‘oyasiga,
shuningdek, mavzuning tanlanishi va
yoritilishiga
oid
ayrim
masalalarga
qo’shimcha izoh va sharh bo’lib keladi.
Makro matn tashqi jihatdan turlicha
shakllangan bo’ladi.
1. Ommabop ilmiy matn. Uning
maqsadli auditoriyasi - muayyan sohada
maxsus mahorat va bilimga ega bo'lmagan
auditoriya.
Ommabop
ilmiy
matn
taqdimotning
ko'pgina
ta'riflari
va
ravshanligini saqlab qoladi, biroq uning
hislatlari
his
qilish
uchun
juda
soddalashtirilgan.
Shuningdek
, bu uslubda
hissiy va ifodali nutq shakllaridan
foydalanishga ruxsat beriladi. Uning
vazifasi keng jamoatchilikni ba'zi fakt va
hodisalar bilan tanishtirishdir.
2. O'quv va ilmiy matn. Bunday
asarlarni qabul qiluvchi talabalardir.
Xabarning maqsadi ma'lum bir materialni
qabul qilish uchun zarur bo'lgan faktlar
bilan tanishishdir.