EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH Innovative Academy Research Support Center
www.innacademy.uz
Volume 1 Issue 9, December 2021 ISSN 2181-2020
Page 365
Matn tilshunosligi fani aynan badiiy
matnni o’rganish, tilning estetik vazifasini
tahlil
qilish
bilan
shug’ullanuvchi
tilshunoslikning bir sohasidir. Mazkur soha
bo’yicha ham o’zbek tilshunosligida qator
ilmiy ishlar amalga oshirildi.
Tilshunos olim A.Mamajonovning
“Tekst lingvistikasi” nomli qo’llanmasida
matn va uning o’ziga xos xususiyatlari,
matn turlari, matn qismlarini bog’lovchi
vositalar yuzasidan fikr yuritiladi. E.
Qilichev o’zining “Matnning lingvistik
tahlili” qo’llanmasida matn ko’rinishlari,
badiiy matn va uni lisoniy tahlil qilish
xususida so’z yuritadi. Tilshunos olim M.
Hakimov
“Ozbek
ilmiy
matnining
sintagmatik va pragmatik xususiyatlari”
nomli nomzodlik ishida matn, xususan,
ilmiy matnning sintagmatik va pragmatik
jihatlariga to’xtalib o’tadi. Tilshunos olim
M. Yo’ldashevning “Badiiy matn va uni
lingvopoetik
tahlili
asoslari”
nomli
qo’llanmasida badiiy matn va uning lisoniy
xususiyatlari haqida so’z yuritilgan.[1]
Matn nutqiy jarayon mahsuli bo’lib,
tugallangan, yozma shaklda mavjud
bo’lgan, adabiy shakllangan, supersintaktik
butunliklardan tashkil topgan, leksik-
grammatik, mantiqiy, uslubiy jihatdan
shakllangan,
aniq
maqsadga
yo’naltirilganligi bilan belgilanadi. Har
qanday matn ma’lum bir mazmunni tashish
uchun xizmat qiladi, o’z xususiyatiga ko’ra
turli axborotlarni etkazadi. Matn nutq
korinishi bo’lib, vazifasi jihatidan tugal
nutqiy butunlikdir. Har bir matn murakkab
tuzulish va mazmun mundarijasiga ega
bo’lib, u og’zaki va yozma ijod namunasi
hisoblanadi.[2]
Matn atamasi ilmiy adabiyotlarda
turlicha talqin qilinadi.”O’zbek tilining
izohli lug’ati”da matn so’zining arabchadan
o’zlashganligi,
aynan
“”tekst”
so’zi
anglatgan ma’noga tengligiga ishora
qilinadi.[3] Bugungi kun tilshunosligida
matn tilning alohida yirik birligi va matn
tilshunosligi deb atalayotgan sohaning
asosiy ob’yekti sifatida talqin etiladi.
Matnni tadqiq etishda uni so’z birikmasi va
gapdan farqlash lozimligi, matnning ham
o’z kategoriyasi va qonuniyatlari borligi
aytiladi.
Matn
birliklarini
o’zaro
bog’lanishini ifoda etuvchi takror va bir
necha ko’rinishlari, olmosh turkumiga xos
ba’zi so’zlar, gapning so’roq shakliga xos
ko’rinishining
matn
hosil
qilishdagi
vazifalari matn tilshunosligida alohida o’rin
tutadi”.[4] Mazkur ishda muallif “matn”
atamasini “nutq”, “kontekst” kabi boshqa
lingvistik atamalardan farqlaydi. Nutq
og’zaki va yozma shakllarda namoyon
bo’ladi. Nutqning yozma shakli matn
atamasini
ifodalaydigan
mazmunga
muvofiq
keladi.
Nutq
sub’yektdan
adresatga yo’naltiruvchi nutqiy faoliyat
hisoblanadi. Matn esa faqat ob’yektiv
informatsiyadan iborat bo’lmay, balki
o’ziga pragmatik mazmunni ham qamrab
olgan nutqning material ko’rinishidir. Ilmiy
adabiyotlarda kontest atamasi nutqiy
vaziyat mahsuli deb ko’rsatiladi . Kontest –
bu bir leksik va grammatik birlik asosida
ifodalangan ma’no yoki tushunchani
oydinlashtirish uchun keltirilgan, tuzulgan
minimal nutq birligi. Qoida bo’yicha bu so’z
birikmasi, ba’zan gap, kamdan kam abzas
yoki yaxlit matnga teng keladi.
Ko’rinadiki, kontekst so’zlarning
semantik ma’nosi reallashadigan o’ziga xos
maydon hisoblanadi. Borliqning mavjud
dalillari lug’atlarda berilganidek alohida
so’zlarda, tugal xabarlarda, matnlarda,
ularning minimal bo’lagi bo’lgan gaplarda
aks etadi. So’zlar va ular ma’nolarining ong
va borliqqa munosabati gap orqali
bog’langan, gapdan tashqarida ular faqat