Al-adab al-mufrad. Imom
Ismoil al-Buxoriy
www.ziyouz.com kutubxonasi
48
jismoniy hay’atini o’zgartirishdan ojiz ekansiz, axloqini o’zgartirishga albatta
qodiremassiz. Erkak bilan ayoldan keladigan suv qirq kecha ona bachadonida turadi,
keyin u qonga aylanib qotadi va keyin bir chaynam go’shtga aylanadi.
Shundan keyin
Alloh taolo unga bir farishta yuborib, rizqini va axloqini va o’zi baxtlik yoki baxtsiz
bo’lishini ham yozdirib qo’yadi", dedilar".
138-bob. Yaxshi xulq samarasi
287. Abu Hurayra (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.): "Bir
musulmonning xulqi yaxshi
bo'lsa, butun kecha ibodat qilgan musulmonning darajasiga teng bo'ladi", dedilar".
288. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi: "Rasululloh (s.a.v.): "Islom jihatidan saviyasi
balandlaringiz xayrli bo'lganidek, axloq jihatidan esa, eng yaxshilaringiz xayrlidir".
289. Zayd ibn Sobit (r.a.)ning ozod qilgan qullari Sobit ibn Ubayd aytdilar: "Men
odamlar bilan suhbatda viqorli, sabotli va mezbon sifatida
ochiq yuzlilikda hamda
mutoyiba qilishda Zayd ibn Sobitdan ilg'orroq kishini ko'rmadim".
290. Abdulloh ibn Abbos (r.a.) aytdilar: "Rasululloh (s.a.v.)dan: "Dinlarning qaysi biri
Allohga sevimliroq?" - deb so'ralganda, Rasululloh (s.a.v.): "To'g'ri yo'ldagi, rost din,
Ibrohimning hanif - haqqoniy dinidir" , dedilar".
Qur'oni karimning "An'om" surasidagi 161-oyatga ishora
291. Abdulloh ibn Amr (r.a)dan rivoyat qilindi: u kishi: "Axloqning yaxshi bo'lishi,
taomning pokizaligi, rostlik va omonatga xiyonat qilmaslik - mana shu to'rt xislatni Alloh
taolo senga bergan bo'lsa, dunyoviy ishlardan chetda qolgan bo'lsang ham,
zarari
yo'qdir", dedilar.
292. Abu Hurayra (r.a.)dan rivoyat qilindi, u kishi aytdi: Rasululloh (s.a.v.)
sahobiylaridan: "Do'zaxga tushishga ko'proq sabab bo'ladigan narsa nima?" - deb
so'radilar. Ular: "Buni Alloh taolo va uning Rasuli yaxshiroq biladilar", deb javob
berishgandan keyin, "U ikki kovak - avrat va og'izdir", dedilar. Yana: "Jannatga
tushishga sabab bo'ladigan narsa nima?" - dedilarda, o'zlari: "U
esa Alloh taolodan
qo'rqish va yaxshi axloqli bo'lishdir", dedilar.
293. Ummu Dardo (r.a.) aytdilar: "Kechalarning birida Abu Dardo namoz o'qish uchun
turdilarda, tong otguncha: "Ey, Alloh! Meni chiroylik qilib yaratga-ningdek axloqimni
ham chiroylik qil!" - deb yig'lab chiqdilar. Shunda men u zotdan: "Ey, Abu Dardo! Nima
uchun tun bo'yi qilgan duoingiz faqat axloqingizni chiroyli qilishi haqida bo'ldi?" - deb
so'radim. Abu Dardo: "Bir musulmon banda o'z axloqini yaxshi qilishga harakat
qilaversa, oxiri yaxshi axloqi uni jannatga kiritadi. Agar
u axloqini yomon qilaversa, shu
yomon axloqi uni do'zaxga kiritadi", dedilar. Abu Dardo so'zlarini davom ettirib: "Bir
musulmon banda o'zi uxlab yotgan vaqtida gunohi kechiriladi", dedilar. Men: "Bu qanday
gap, u uxlab yotsayu, gunohi kechirilsa?" - deb so'raganimda, u kishi: "Bir kishining
do'sti kechasi turib tahajjud namozini o'qib, Alloh taolodan o'zining va do'stining ham
gunohini kechirmog'ini so'rasa, shu duosi tufayli Alloh o'zining ham, do'stining ham
gunoxlarini kechirib yuboradi", dedilar".