5-mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish reja



Yüklə 462,4 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/24
tarix27.10.2022
ölçüsü462,4 Kb.
#66517
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
5-¼áóºÒ

Matlubot kooperativi - fuqarolar va yuridik shaxslarning a’zolik asosda 
ishtirokchilarning mulkiy va boshqa ehtiyojlarini qanoatlantirish maqsadida, o‘z 
a’zolarining mulkiy payli badallarini birlashtirish yo‘li bilan amalga oshiriladigan ixtiyoriy 
birlashuvidir. 
Matlubot kooperativining nomi uning faoliyatining asosiy maqsadini ko‘rsatilishi, 
hamda yoki “kooperativ” so‘zi yoki “matlubot ittifoqi” yoxud “matlubot jamiyati” 
so‘zlariga ega bo‘lishi kerak. 
Matlubot kooperativining o‘zi tomonidan amalga oshiriladigan tadbirkorlik 
faoliyatidan olinadigan daromadlari qonun va nizomga muvofik uning a’zolari o‘rtasida 
taqsimlanadi. 
Ijtimoiy va diniy tashkilotlar (birlashmalar) -fuqarolarning ma’naviy va boshqa 
nomoddiy extiyojlarini qanoatlantirish uchun ularning manfaatlarning umumiyligi 
asosidagi ixtiyoriy birlashishidir. 
Ijtimoiy va diniy tashkilotlar notijorat tashkilotlar bo‘ladilar. Ular faqat o‘zlarini 
tashkil qilinganliklari maqsadlariga erishishi va ushbu maqsadlarga muvofiq tadbirkorlik 
faoliyatini amalga oshirish huquqiga egalar. 
Jamg‘arma(fond) - a’zolikka ega bo‘lmagan notijorat tashkiloti, u fuqoralar 
va(yoki) yuridik shaxslar tomonidan ixtiyoriy mulkiy badallar asosida ta’sis etiladi va 
ijtimoiy, hayriya, madaniy, ta’lim yoki boshqa ijtimoiy foydali maqsadlarni ko‘zlaydi. 
Jamg‘armaga uning ta’sischilari(ta’sischisi) tomonidan topshirilgan mulk 
jamg‘armaning mulki bo‘ladi. Ta’sischilar o‘zlari tomonidan tashkil etilgan 
jamg‘armaning majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydilar, jamg‘arma esa o‘z 
ta’sischilarining majburiyatlari bo‘yicha javob bermaydi. 


Muassasa –mulk egasi tomonidan boshqaruv, ijtimoiy–madaniy yoki boshqa 
notijorat xarakteridagi vazifalarni amalga oshirish uchun tashkil qilingan va u tomonidan 
to‘liq yoki qisman moliyalashtiriladigan tashkilotdir. 
Davlatga qarashli boshqa muasasalar ayrim turlarining huquqiy holati xususiyatlari 
qonun va boshqa huquqiy hujjatlar tomonidan belgilab beriladi. 

Yüklə 462,4 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin