chiqarilayotgan barcha mahsulotni yoki uni bir qismini (yagona sotish tarmog‘i yoki
ishtirokchilardan bittasi orqa- li) sotish maqsadida tashkil qilingan birlashmasidir. Sindikat
ishtirok- chilari o‘zlarining yuridik va ishlab
chiqarish mustaqilliklarini, ba’zida esa
sindikatning sotish idorasi yoki jamiyat bilan bog‘lik shaxsiy sotish tarmoqlarini ham
saqlab qoladilar .Bunda tijorat mustaqilligi qisman yo‘qoladi.
Sindikat, qoidaga ko‘ra,
ommaviy talab tovarlari, xususan ko‘mir, po‘lat, neft, spirt, shakar, paxta kalavasi va h.k
ni sotish bilan shug‘ullana- di. Sindiqat raqobot, hamda bozorni xududiy taqsimlanishini
vaqtinchalik yumshatish yoki bartaraf qilish vositasi bo‘ladi. Sindikat bitimining asosiy
bandlari quyidagilardan iborat: ishlab chiqarish hajmi, narxlarni belgilash, mahsulotning
sifati va navlari.
Trest - bu
birlashmada har xil korxonalar, o‘zlarining yuridik va xo‘jalik
mustaqilliklarini yo‘kotgan holda, yagona ishlab chiqarish majmuasiga birlashadilar.
Trestda korxonalar xo‘jalik faoliyatining barcha tomonlari birlashtiriladi. Trest ishlab
chikarish faoliyatining nisbatan bir turdaligi bilan ajralib turadi.
Bu shakl
kombinasiyalashgan ishlab chiqarish, masalan, xom ashyoni
izchil ishlab chiqarishni
tashkil qilish uchun qulaydir. Trestga kiruvchi barcha korxonalar yagona operativ
boshqaruvni amalga oshiruvchi bitta bosh kompaniyaga bo‘ysunadilar.
Konsern - bu mustaqil korxonalarning (odatda ishlab chiqarish xarakteridagi)
birlashmasi,
ular ishtirok etish, shaxsiy ittifoqlar,
bitimlar, moliyalashtirish, ishlab
chiqarishdagi yaqindan hamkorlik tizimi vasitasida bog‘lanadilar. Birlashgan korxonalar
aksiyadorlik jamiyati yoki o‘rtoklik shaklidagi yuridik shaxs bo‘lib qoladi. Konsern o‘ziga
kiruvchi kompaniyalar faoliyatini to‘liq nazorat qiladi.
Konsorsium - bu bir necha banklar yoki sanoat tashkilotlari o‘rtasidagi
qarzlarni
birgalikda joylashtirish, yirik moliyaviy yoki tijorat operasiyalari, investision loyihalarni
amalga oshirish uchun vaqtincha bitimdir.
Dostları ilə paylaş: