Texnik vositalar va ularning tashkilot tomonidan yaratilayotgan yakuniy
mahsulotni
olish uchun kombinasiyalash va foydalanish usullarini o‘z ichiga oluvchi texnoligiya
menejment tomonidan eng diqqatli e’tiborning predmeti bo‘ladi.
Boshkaruv
texnologiyalari va ulardan samaraliroq foydalanishni amalga oshirish masalalarini hal
qilish kerak. Keyingi vaqtlarda borgan sari ilg‘orroq texnologiyalarni paydo bo‘lishi
munosabati bilan menejmentning tegishli vazifalari
yetarlicha murakkabroq va
ahamiyatliroq bo‘lib bormoqda, chunki ularni hal qilish tashkilot uchun kelajakda jiddiy
va g‘oyatda ijobiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.Shuning bilan bir vaqtda ular
tashkilotning ichki xayotida salbiy
jarayonlarga olib kelishi, uning tashkiliy tuzilmasini
buzib yuborishi, xodimllardagi motivasiyani yo‘qqa chiqarishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: