- xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan qonunchilik va me’yoriy hujjatlarga rioya
qilinishi;
- bozor munosabatlari ishtirokchilari va aholini xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning faoliyati
va ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar va xizmatlar haqida xabardor
qilinishi.
Bu pirovorida tashkilotlarning raqobatbardashligini
oshirilishiga, ular faoliyatining
samaradorligini ko‘tarilishiga yordam beradi.
Keyingi o‘n yillar yana jamiyatni axborotlashganligini oshganligi bilan ham ta’riflanadilar.
Bu tashkilotlarni yakkalanib qolishini buzib yubordi, ulardan bu sifatni(mexanik,
korporativ) ta’minlovchi tuzilmalaridan foydalanadiganlarini
kamroq samaraliroq qilib
qo‘ydi. Shuning bilan bir vaqtda axboratlashtirish tashqi muhit o‘zgarishlarini hushyorlik
bilan his qiluvchi, iste’molchilar so‘rovlariga jadallik bilan javob qaytaruvchi
tashkilotlarni tashkil bo‘lishiga ko‘maklashdi. Ishlab chiqaruvchini iste’molchi bilan ancha
yaqinlashuvi buning muhim oqibatlaridan biri bo‘ladi. Bu esa, o‘z
navbatda, ishlab
chiqaruvchini iste’molchi talablaridagi o‘zgarishlarga jadallik bilan javob qaytarishga
majbur qildi, ko‘proq darajada tashkilot tuzilmasini belgilab bera boshladi.
Vujudga
kelayotgan sharoitlardagi raqobat kurashida o‘z tashkilotini axborotli jamiyat tomonidan
shakllantirilayotgan, tashqi muhitning yangi talablariga yaxshiroq moslashtira
olaganlargina g‘alaba qozonishi mumkin.
Ko‘rsatib o‘tilgan jarayonlar keyingi vaqtlarda shakllanayotgan tashkilotlarning
yangi turlarida aniq nomoyon bo‘lishlari mumkin,
ularga edxokratik, ko‘po‘lchamli,
partisipativ, tadbirkorlik tashkilotlari va bozorga qaratilgan tashkilotni kiritish mumkin.
Dostları ilə paylaş: