9.
Noinersial sanoq tizimlari
Reja:
10. Kirish
.Galileyning nisbiylik prinsipi.
3.Inersial
sanoq sistemalari
4.Noinersial sanoq sistemalari
5.Xulosa
6. Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati
Nisbiylik prinsipining ochilishiga asosiy sabablardan biri,
Yerning harakati
,
anig’rog’I uning o’z o’qi atrofida aylanishi haqidagi gipoteza bo’ldi.Shunday savol
tug’iladi: agar Yer o’z o’qi atrofida aylanadiga bo’lsa, nega biz
uni Yer sirtida
o’tkazilgan eksperimentlarda sezmaymiz?
Faraz qilaylik, siz o’rtog’laringiz bilan birgalikda
ulkan keaning ichida, tashqi
oynalari qoraytirilgan xonasida o’tiripsiz. Shunda o’rtog’laringizdan biri hozir
kema tinch turibdimi yoki harakatdami, degan savolni berdi.
Tashqi palubaga
chiqmasdan
, buni qanday aniqlash mumkin? Bolalardan biri:”Kelinglar, tajriba
o’tkazib ko’ramiz. Stoldagi buyumlardan birini tepadan pastga tashlab ko’ramiz.
Agar kema harakatsiz bo’lsa, u vertical tushadi. Harakatda bo’lsa, tushish davrida
kemaning poli oldinga ketib qolib, ozgina orqaga tushadi” , deb taklif qildi. Turli
narsalar tashlab kurilgnda hammasi polga qarab tik holda aynan bir joyga tushdi.
Demak, kema
tinch turibdi, degan xulosaga kelindi. Tashqi palubaga chiqib
qaralsa, kema bir tekisda chayqalmasdan suzib ketayotgan ekan! Demak, mexanik
tajribalarni tinch turgan sinf xonasida o’tkazilsa ham, to’g’ri chiziqli tekis
harakatlanayotgan vagon yoki kema ichida o’tkazilsa ham bir xil kechar ekan.
Bunga birinchi bo’lib Galiley o’z e’tiborini qaratgan edi.
Galiley ham siz
faraz
qilgadek
, ulkan kema ichida kuzatilayotgan mexanik jarayonlar, agar kema to’g’ri
chiziqli tekis harakatlanayotgan bo’lsa, xuddi tinch turganda qanday kechsa,
shunday borishini yozib qoldirgan. Bunda sanoq sistemasi sifatida yer emas, balki
harakatlanayotgan vagon yoki kea olinadi.
Dostları ilə paylaş: