MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ibn Sino haqiqiy axloqiy fazilatlarga va ideal jamoaga shu mavjud dunyoda
erishish lozimligini, jamiyatda insonlar o’zaro yordam asosida yashashlari kerak deb
ta’kidlaydi. Jamiyat kishilarning o’zaro kelishuvi asosida qabul qilinadigan adolatli
qonunlar yordamida boshqarilishi lozimligini ta’kidlaydi. Jamiyat a’zolarining
hammasi bu qonunga itoat etishlari, qonunni buzish va adolatsizlik jazolanishi,
basharti podshoning o’zi adolatsizlikka yo’l qo’ysa, xalqning unga qarshi qo’zg’oloni
to’g’ri va jamiyat tomonidan qo’llab-quvvatlanmog’i lozim. Ibn Sino o’zining
“Axloq haqidagi risola”sida axloqiy xislatlardan or-nomus, sha’n, qadr-qimmat,
qanoat, saxiylik, g’ayratlilik, sabr-toqat, halimlik, sirni saqlay bilishlik, ilm-ma’rifatli
bo’lish, ochiqlik, vijdonlilik, do’stlik, sadoqatlilik, kamtarlik, saxiylik, adolatlilik kabi
shaxs ma’naviyati kategoriyalariga ta’rif beradi.
Ibn Sino o’zining bu asarida insonning umumiy fazilati haqida gapirib,
kishilarda yuz beradigan yaxshi va yomon xulqlarning paydo bo’lish sabablari haqida
Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 3
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
13
w
z
www.oriens.u
April
2021
to’xtaladi. Ibn Sino fikricha, yaxshi va yomon xulqlarning hammasi odatdan paydo
bo’ladi, odamlarning yaxshi yoki yomon bo’lishiga hukumat ahllarning ham ta’siri
kattadir. Olimning axloqiy qarashlarini uning “ash-Shifo” asarlarining ko’pgina
bo’limlarida
ham
uchratamiz.
Bunda
Ibn
Sino
insonda
bo’ladigan
g’azablanish,xavfning paydo bo’lishi, qo’rqoqlikning ma’nisi, uyalish va surbetlik
xislatlarning qanday kelib chiqishi haqida bosh qotiradi, kishidagi g’amxo’rlik
va shafqat deganda nimani tushunish kerakligi, shu bilan birga,kishidagi xasad,
o’ch olish, g’ayrlik va nafrat, mensimaslik kabi axloqiy illatlarga batafsil ta’rif
beradi.
Ibn Sino arzimagan kasallikka bardosh bera olmaslik, yengiltaklik, birovning
mehnati evaziga topilganlarni o’zlashtirib olish, kekkayish kabi xislatlarni
qoralaydi,ularni yomon odatlar qatoriga kiritadi. U kishidagi qiziqqonlik ham
kishining or-nomusini yerga uradigan xatti-harakatlardandir deb hisoblaydi. Ibn
Sino yozadi : “ Insonlarning doimiy tobe bo’lib yashashlari, boshqalar tomonidan
o’z nafsini masxara qilishiga chidash, jabr-zulmga toqat qilish, yetishmovchilik
kabilar kishini keyinchalik qiziqqon bo’lishiga sabab bo’ladi”.
Abu Ali Ibn Sino asarlarida kamolotga erishishning birinchi mezoni-ma’rifatni
egallashga da’vat etadi. Chunki ilm-fan insonga xizmat qilib, tabiat qonunlarini ochib
avlodlarga etkazishi kerak. Bu maqsadga etishish uchun inson qiyinchiliklardan
qo’rqmasligi zarur, deydi u:
Bilimsiz kishilar johil bo’ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, deb ularni etuk
bo’lmagan kishilar qatoriga qo’shadi. Bunday kishilardan ilmiy fikrlarni sir tutish
kerakligini ta’kidlaydi.
1
Ibn Sino , insonning yaxshi axloqiy fazilatlariga kishilarning yomon xulq va
xatti-harakatlarini qarama-qarshi qo’yadi. U , inson qochishi kerak bo’lgan
nuqsonlarga aldash, nafrat, zaiflik,rashk, adovat, o’ch olish, sergaplik, so’kinish,
bo’xton, bema’nilik, irodasizlik va boshqa yomon xislatlarni kiritadi. Eng katta
nuqson deb, kishining yuksak fazilati hisoblangan, ilmga qarama-qarshi turgan
johillikni tushunadi. Uningcha, yanglishish – fikr ravshanligiga, ahmoqlik–
ziyraklikka, nafrat–sevgiga, takabburlik va shafqatsizlik – adolatga qarshi turadi.
Axloq normalarini kasb etishda odat kata rol o’ynaydi, “ Yomon xulq kabi, yaxshi
xulq ham odat tufayli erishiladi. Ibn Sino o’zini nazoratga olish maqsadida shunday
deydi: - “Men tafakkur qilib, o’zimga zarur bo’lgan nasalarni o’qishga kirishdim;
bu yo’lda aqlni ishga solib, o’zimni ko’p yomon kirdikorlardan saqlashga ulgura
oldim; yomonliklardan chetlashishga olib boradigan har xil xususiyatlarimni bilib
oldim. Qaysi fe’l-atvorim menga do’stu, qaysinisi dushman ekanini, qaysilarini
1
Ibn Sino Kitob ash – shifo (Al – Xitoba ) Qohira – 1954 147-b
|