Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 1 | ISSUE 3
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
12
w
z
www.oriens.u
April
2021
Jahon sivilizatsiyasi taraqqiyotiga ulkan hissa qo’shgan, millatimiz faxri,iftixori
hisoblangan ulug’ alloma – Ibn Sinoning xizmatlari xolisona baholanayotir. Tarixiy
haqiqatga asoslangan tarixiy xotira tiklanmoqda.Olimning ilmiy, falsafiy,
ijtimoiy-
siyosiy va tabiiy qarashlari juda serqirradir. Qaysi fan sohasiga qalam urmasin, unda
o’z zikrini qoldira olgan. Mutafakkir o’z asarlarida ilm va odob-axloq uyg’unligi,
barkamol avlod kamoloti va baxt-saodati, adolat va diyonat, insonlarning o’zaro
do’stligi hamkorligi, rahbarning burchi va mas’uliyati to’g’risida qiziqarli g’oyalarni
ilgari surgan.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Mustaqilligimiz tufayli yurtimizda va xorijda Ibn Sino ilm-merosini o’rganishga
e’tibor kuchaytirilgan. Jahonning turli kutubxonalarida
Ibn Sino asarlarining
qo’lyozmalari saqlanadi, jumladan, O’zbekiston FASHI da alloma qalamiga mansub
50 asarning 60 ta qo’lyozmasi mavjud. Yevropa olimlaridan E.Bishmann, Yu.Russka
Karra devo, arab, eron, turk olimlaridan M.U.Najotiy, A.N.Nodir, Yahyo Mahdaviy,
Umar Farruh ma’lum hissa qo’shganlar. Yurtimizda Ibn Sino asarlarini tarjima va
tadqiq etishda sharqshunos olimlar Hamidullin Sh.H, S.Mirzaev, SagadeyevA.V,
A.Semyonov, H.Hikmatullaevlar ulkan ishlarni amalga oshirdilar.
Tadqiqot jarayonida
ilmiy bilishning obyektivlik, xususiylik usullarida Ibn
Sinoning “Axloq” to’g’risidagi falsafiy qarashlari obyektiv ochib berildi. Mantiqiylik
tamoyilida esa, bugungi kundagi yosh avlodga ta’sir etuvchi baxt-saodat masalasining
ahamiyati aqlning yuqori o’rinda ekanligi bilan belgilanib, tadqiq qilindi.
Inson
hayoti davomida baxt-saodat uchun intilib yashashi va unga erishishda duch
keladigan muammolarni yechishi tizimlilik metodi sifatida talqin etildi.
Dostları ilə paylaş: