Abu ali ibn sinoning falsafiy qarashlarida axloq masalasi va uning bugungi kundagi ahamiyati



Yüklə 468,21 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix29.10.2022
ölçüsü468,21 Kb.
#66720
1   2   3   4
abu-ali-ibn-sinoning-falsafiy-qarashlarida-axloq-masalasi-va-uning-bugungi-kundagi-ahamiyati

MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Ibn Sino haqiqiy axloqiy fazilatlarga va ideal jamoaga shu mavjud dunyoda 
erishish lozimligini, jamiyatda insonlar o’zaro yordam asosida yashashlari kerak deb 
ta’kidlaydi. Jamiyat kishilarning o’zaro kelishuvi asosida qabul qilinadigan adolatli 
qonunlar yordamida boshqarilishi lozimligini ta’kidlaydi. Jamiyat a’zolarining 
hammasi bu qonunga itoat etishlari, qonunni buzish va adolatsizlik jazolanishi, 
basharti podshoning o’zi adolatsizlikka yo’l qo’ysa, xalqning unga qarshi qo’zg’oloni 
to’g’ri va jamiyat tomonidan qo’llab-quvvatlanmog’i lozim. Ibn Sino o’zining 
“Axloq haqidagi risola”sida axloqiy xislatlardan or-nomus, sha’n, qadr-qimmat, 
qanoat, saxiylik, g’ayratlilik, sabr-toqat, halimlik, sirni saqlay bilishlik, ilm-ma’rifatli 
bo’lish, ochiqlik, vijdonlilik, do’stlik, sadoqatlilik, kamtarlik, saxiylik, adolatlilik kabi 
shaxs ma’naviyati kategoriyalariga ta’rif beradi.
Ibn Sino o’zining bu asarida insonning umumiy fazilati haqida gapirib, 
kishilarda yuz beradigan yaxshi va yomon xulqlarning paydo bo’lish sabablari haqida 


Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 1 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423 
13 
w
z
www.oriens.u
April
2021
 
 
to’xtaladi. Ibn Sino fikricha, yaxshi va yomon xulqlarning hammasi odatdan paydo 
bo’ladi, odamlarning yaxshi yoki yomon bo’lishiga hukumat ahllarning ham ta’siri 
kattadir. Olimning axloqiy qarashlarini uning “ash-Shifo” asarlarining ko’pgina 
bo’limlarida 
ham 
uchratamiz. 
Bunda 
Ibn 
Sino 
insonda 
bo’ladigan 
g’azablanish,xavfning paydo bo’lishi, qo’rqoqlikning ma’nisi, uyalish va surbetlik 
xislatlarning qanday kelib chiqishi haqida bosh qotiradi, kishidagi g’amxo’rlik 
va shafqat deganda nimani tushunish kerakligi, shu bilan birga,kishidagi xasad, 
o’ch olish, g’ayrlik va nafrat, mensimaslik kabi axloqiy illatlarga batafsil ta’rif 
beradi.
Ibn Sino arzimagan kasallikka bardosh bera olmaslik, yengiltaklik, birovning 
mehnati evaziga topilganlarni o’zlashtirib olish, kekkayish kabi xislatlarni 
qoralaydi,ularni yomon odatlar qatoriga kiritadi. U kishidagi qiziqqonlik ham 
kishining or-nomusini yerga uradigan xatti-harakatlardandir deb hisoblaydi. Ibn 
Sino yozadi : “ Insonlarning doimiy tobe bo’lib yashashlari, boshqalar tomonidan 
o’z nafsini masxara qilishiga chidash, jabr-zulmga toqat qilish, yetishmovchilik 
kabilar kishini keyinchalik qiziqqon bo’lishiga sabab bo’ladi”.
Abu Ali Ibn Sino asarlarida kamolotga erishishning birinchi mezoni-ma’rifatni 
egallashga da’vat etadi. Chunki ilm-fan insonga xizmat qilib, tabiat qonunlarini ochib 
avlodlarga etkazishi kerak. Bu maqsadga etishish uchun inson qiyinchiliklardan 
qo’rqmasligi zarur, deydi u: 
Bilimsiz kishilar johil bo’ladi, ular haqiqatni bila olmaydilar, deb ularni etuk 
bo’lmagan kishilar qatoriga qo’shadi. Bunday kishilardan ilmiy fikrlarni sir tutish 
kerakligini ta’kidlaydi.
1
Ibn Sino , insonning yaxshi axloqiy fazilatlariga kishilarning yomon xulq va
xatti-harakatlarini qarama-qarshi qo’yadi. U , inson qochishi kerak bo’lgan 
nuqsonlarga aldash, nafrat, zaiflik,rashk, adovat, o’ch olish, sergaplik, so’kinish, 
bo’xton, bema’nilik, irodasizlik va boshqa yomon xislatlarni kiritadi. Eng katta
nuqson deb, kishining yuksak fazilati hisoblangan, ilmga qarama-qarshi turgan
johillikni tushunadi. Uningcha, yanglishish – fikr ravshanligiga, ahmoqlik–
ziyraklikka, nafrat–sevgiga, takabburlik va shafqatsizlik – adolatga qarshi turadi. 
Axloq normalarini kasb etishda odat kata rol o’ynaydi, “ Yomon xulq kabi, yaxshi 
xulq ham odat tufayli erishiladi. Ibn Sino o’zini nazoratga olish maqsadida shunday 
deydi: - “Men tafakkur qilib, o’zimga zarur bo’lgan nasalarni o’qishga kirishdim; 
bu yo’lda aqlni ishga solib, o’zimni ko’p yomon kirdikorlardan saqlashga ulgura 
oldim; yomonliklardan chetlashishga olib boradigan har xil xususiyatlarimni bilib 
oldim. Qaysi fe’l-atvorim menga do’stu, qaysinisi dushman ekanini, qaysilarini 
1
Ibn Sino Kitob ash – shifo (Al – Xitoba ) Qohira – 1954 147-b 



Yüklə 468,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin