xo‘jalik boshqaruvi organlari tomonidan davlatning tartibga solish va xo‘jalik
funksiyalari qo‘shib olib borilishi, sog‘lom raqobat
muhitining rivojlanishiga
to‘sqinlik qiluvchi imtiyoz va preferensiyalarni tanlab taqdim etish amaliyoti;
hududlarning rivojlanishiga salbiy ta'sir ko‘rsatayotgan ayrim rahbarlarda lozim
darajada mas'uliyat va tashabbuskorlikning mavjud emasligi.
Ushbu kamchiliklar iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy
sohani modernizatsiyalash,
hududlarni har tomonlama rivojlantirish, aholining hayot
darajasi va farovonligini
yuksaltirish bo‘yicha davlat siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirishga to‘sqinlik
qilmoqda.
Bu borada Davlat rahbari tomonidan qabul qilingan
«O‘zbekiston Respublikasida
Ma'muriy islohotlar konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida»gi Farmon 2017-2021-
yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishda muhim qadam hisoblanadi
hamda mohiyatiga ko‘ra O‘zbekistonning davlat va jamiyat qurilishida yangi sahifani
ochib beradi.
O‘zbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar konsepsiyasida
davlat boshqaruvi
tizimini tubdan isloh qilishning 6 ta asosiy yo‘nalishi belgilab berildi.
Dostları ilə paylaş: