zamonaviy ilmiy-tadqiqot va innovatsion yutuqlarni muvaffaqiyatli joriy qilish uchun
zarur bo‘lgan rivojlangan infratuzilmani yaratish;
tabiatni muhofaza qilish, resurs va energiya tejaydigan texnologiyalarni keng joriy
etish.
Va nihoyat, so‘nggi
oltinchi yo‘nalishda professional davlat xizmatining samarali
tizimini shakllantirish,
shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashishning ta'sirchan
mexanizmlarini o‘rnatish belgilangan. Ularga erishish uchun quyidagilar
rejalashtirilgan:
davlat xizmatining shaffofligi va ochiqligini ta'minlash,
aholi bilan ochiq muloqotni
yo‘lga qo‘yishning yangi mexanizmlarini joriy etish;
davlat xizmatchilarining mehnatiga haq to‘lash va ijtimoiy ta'minotining zamonaviy
tizimini kiritish orqali ularning mehnat unumdorligini oshirish.
Bundan tashqari, Farmon bilan O‘zbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar
konsepsiyasi normalarini amaliy ro‘yobga chiqarish bo‘yicha 40 dan ortiq aniq
tadbirlarni nazarda tutuvchi «Yo‘l xaritasi» tasdiqlandi.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar konsepsiyasini amalga
oshirish bo‘yicha komissiya hamda davlat boshqaruvi tizimini tanqidiy o‘rganish va
uni tubdan isloh qilish yuzasidan takliflar tayyorlash bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil
etildi.
Komissiya ishchi guruhlar tomonidan tegishli normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari
sifatli ishlab chiqilishini tashkil etadi, shuningdek, Ma'muriy islohotlar konsepsiyasi
va «Yo‘l xaritasi»ning to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan qat'iy
nazorat olib boradi.
Shu bilan bir qatorda, Komissiyaga davlat boshqaruvi tizimini tanqidiy o‘rganish va
uni tubdan isloh qilish bo‘yicha takliflar tayyorlash jadvalini tasdiqlash vazifalari
yuklatildi, unga asosan 100 dan ortiq davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari
faoliyatini qayta ko‘rib chiqish rejalashtirildi.
Ma'muriy islohotlarning amalga oshirilishi quyidagi natijalarga erishishga qaratilgan.
1. Kutilayotgan islohotlarning to‘liq amalga oshirilishini ta'minlashga, ijtimoiy-
siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va
samarali hal etishga qodir bo‘lgan, innovatsion
rivojlanishning umumjahon
tendensiyalariga javob beradigan davlat boshqaruvi tizimini yaratish, shu jumladan,
quyidagilar orqali yaratish:
ortiqcha va o‘ziga xos bo‘lmagan vazifa, funksiya va vakolatlarni bartaraf etish,
takrorlash va parallelizmni tugatish hisobiga davlat boshqaruvi tizimini
optimallashtirish hamda nomarkazlashtirish;
davlat boshqaruvini byurokratiyadan xoli qilish va uning sarf-xarajatlarini pasaytirish,
boshqaruv qarorlari qabul qilish tizimining faoliyat samaradorligini va shaffofligini
oshirish;
strategik
rejalashtirish, innovatsion g‘oyalar, ishlanmalar va texnologiyalar tizimini
joriy etish;
iqtisodiyot tarmoqlariga ma'muriy ta'sir ko‘rsatishni yanada qisqartirish hamda
boshqaruvning sog‘lom raqobat muhitini rivojlantirish, mamlakatning investitsiyaviy
jozibadorligi va aholining ishchanlik faolligini oshirishga qaratilgan bozor
mexanizmlarini kengaytirish;
jamoatchilik va parlament nazoratining, eng avvalo, korrupsiya ko‘rinishlarining
oldini olishga qaratilgan samarali shakllarini joriy etish.
2. Fuqarolar huquq va erkinliklarini ta'minlashning ta'sirchan
mexanizmlarini
yaratish, ularning farovonligini va ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyatidan
qanoatlanganlik darajasini yanada oshirish, shu jumladan, quyidagilar orqali yanada
oshirish:
davlat organlarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan huquqiy munosabatlarini aniq
tartibga solishga qaratilgan ma'muriy tartib-taomillarni takomillashtirish;
ijro etuvchi hokimiyat organlarining qarorlari va harakatlari ustidan shikoyat qilish
tartibini takomillashtirishni, jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini kollegial
eshitish mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutuvchi ma'muriy
adliya tizimini
rivojlantirish;
«Elektron hukumat» tizimini takomillashtirish orqali davlat xizmatlari ko‘rsatishning
samaradorligini oshirish;
jamiyatda
qonun
ustuvorligini
ta'minlash,
qonuniylik
va
huquq-tartibotni
mustahkamlash.
O‘zbekiston Respublikasida Ma'muriy islohotlar konsepsiyasida nazarda tutilgan
chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, so‘zsiz, innovatsion rivojlanishning zamonaviy
tendensiyalari va jahon standartlarini hisobga olgan holda davlat boshqaruvi tizimini
modernizatsiya qilishga yangi kuch bag‘ishlaydi.
Umuman olganda, O‘zbekiston Respublikasida ma'muriy islohotlarning amalga
oshirilishi «Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi
kerak» degan ulug‘vor g‘oyani hayotga to‘liq tatbiq etishga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: