Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf [uzsmart.uz]
Cheksizlik ham mavjudligini sezmay qolibman.
* * *
Tabiatda hech narsa avvaldan belgilanmagan va ko‘rilmagan bo‘lsa, unda amalga oshmay turgan
hamma narsa tasodif, amalga oshgani esa zaruriyat mevasidir (Deshanga qadar hech kim bunday
nuqtai nazarni ilgari surgan emas).
* * *
Hamma narsa biri ikkinchisidan kelib chiqadi, biri-ikkinchisiga qaytadi…
* * *
Aql-idrok tuyg‘ularsiz mavjud bo‘lolmaydi. Ammo tuyg‘ular alohida holda aql-idrokni tashkil
etolmaydi. Aql-idrok tuyg‘ular birligi va uyg‘unligidir. Shu bois har bir alohida olingan tuyg‘ulardan
kelib chiqib xulosa chiqarish umumiy narsalar haqida qismlar asosida bir to‘xtamga kelish demakdir.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
192
Bunday xulosa bema’ni xulosadir. Chunki bu qismlar barcha qismlar birgalikda olinganda kelib
chiqadigan umumiy xulosaga nisbatan butunlay boshqacha tabiatga ega bo‘lishi mumkin.
* * *
Ijodkor va ijod ayni bir narsaning o‘zidir. Bir butun narsa o‘z qismlari yordamida mavjud
bo‘lganidek, qismlar ham ana shu bir butunlik asosida yashaydi.
* * *
Qarama-qarshi tomonning biri ikkinchisining inkori emas, balki eng kichik tasdig‘idir.
* * *
Sabab va oqibat – mazmuni boshqa tushuncha bilan munosabatdagina ochiladigan, faqat biri
boshqasidan kelib chiqib mavjud bo‘la oladigan ikki tushuncha. O’g‘ilning sababchisi – ota, o‘g‘li
tufayligina «ota» degan nomga erishgan. Agar o‘g‘li bo‘lmaganda u ham ota bo‘lmasdi. O’g‘il shuning
uchun o‘g‘ilki, uning otasi bor. Ota shuning uchun otaki, uning o‘g‘li bor.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
193
GRIGORIY SAVVICH SKOVORODA (1722-1794)