so‘nggi so‘zlari edi. Qadimgi yunonlar odatiga ko‘ra, bemorlarning tuzalishi uchun
Apollonning o‘g‘li, tabiblar Tangrisi Asklepiyga xo‘roz so‘yib, qurbonlik qilingan. Suqrot
o‘z ruhini poklash va xasta jismdan xalos bo‘lishni nazarda tutib, shogirdiga yuqoridagi
vasiyatni aytgan.
Suqrotni butun umri davomida Ovidiyning «Evrilish» asarida tilga olingan inson xulq-
atvoridagi bir noqislik bezovta qilgan. Ovidiy shunday yozgandi: «Ezgulikka duch kelsam,
maqtayman-u, ammo yomonlikning ta’siriga berilaman».
* * *
Suqrot oila haqidagi qarashlarini mana bu hikmatga jo etgandi: «Uylanasanmi, uylanmaysanmi —
baribir pushaymon yeysan».
* * *
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
34
«Navqironlik chog‘larimda tabiatni kuzatish mening eng sevimli mashg‘ulotim edi, — deydi Suqrot.
— Har bir hodisa meni ajablantirar, hayratga solardi: tug‘ilish, o‘lish, mavjudlikning boisi ne?.. Men
olamning bir burchidan kirib, ikkinchi bir burchidan chiqarkanman, o‘zimga o‘zim birinchi navbatda
shunday savollar berardim: «Tirik mavjudotlar, ba’zi odamlar o‘ylaganidek, issiqlik va sovuqlikning
bir-biriga o‘zaro ta’sir etib, chirish jarayoni yuzaga kelishi oqibatida paydo bo‘lmasmikan? Inson qay
tarzda fikr yuritadi? Qon yordamidami, havo yoki olov vositasidami?»
Bundan tashqari, o‘zimning bu taxlit tadqiqotlarga yaroqsiz ekanimni anglash uchun butun borliq,
fazo va Yerdagi o‘zgarishlar haqida tinimsiz o‘y suraverardim».
* * *
Suqrotning ba’zi harakatlari atrofdagilarni hayratga solgan. Bir kuni u ko‘chada o‘spirin
Ksenofantga duch kelib qoldi. Yigitchadagi botiniy iste’dodni ilg‘agan faylasuf qo‘lidagi hassasi bilan
uning yo‘lini to‘sdi.
— Menga ayt-chi, — so‘radi Suqrot, — unni qaerdan sotib oladilar?
— Bozordan, — javob berdi Ksenofant.
— Yog‘ni-chi?
— Uni ham bozordan xarid qiladilar.
— Donishmandlik va ezgulik istab qaerga boradilar?
Ksenofant o‘ylanib qoldi.
— Ortimdan yur, men seni o‘sha yerga olib boraman, — dedi Suqrot shunda.
... Shu tariqa Ksenofant Suqrotning bir umrlik yo‘ldoshi va hamsuhbati bo‘lib qoldi. U Suqrotning
o‘limidan so‘ng Aflotun kabi yangi avlodlarga ustozi haqidagi xotiralarini esdalik qilib qoldirdi.
* * *
Bir kuni Alkiviad Suqrotga uy qurish uchun yer maydoni in’om etish niyatida ekanligini aytdi.
Suqrot unga javoban shunday dedi: «Aytaylik, menga bor-yo‘g‘i bittagina shippak kerak bo‘lsa-yu,
sen menga butun boshli bir buqaning terisini in’om etsang, hammaga kulgu bo‘lib qolmaymanmi?»
* * *
Kunlardan bir kun Suqrotning rafiqasi Ksantippa avvaliga erini obdan koyib, so‘ng ustidan suv
quyib yubordi. «Aytgandim-a, — deya g‘o‘ldiradi sho‘rlik faylasuf, — Ksantippa avvaliga
momaqaldiroq bo‘lib gumburlaydi-da, so‘ng yomg‘ir bo‘lib savalaydi». Buni ko‘rgan Alkiviad
Ksantippaning janjaliga dosh berib bo‘lmasligini e’tirof etadi. Suqrot Alkiviadga:
— Men bu janjallarga g‘ildirakning to‘xtovsiz g‘irchillashi kabi ko‘nikib ketganman. Masalan, sen
g‘ozlarning g‘ag‘illashiga toqat qilasan-ku!
— Shundayku-ya, lekin buning evaziga men g‘ozlardan tuxum va go‘sht olaman, — deydi
faylasufga javoban Alkiviad.
— Ksantippa esa menga farzand tug‘ib beradi, — deydi Suqrot.
* * *
Janjalkash rafiqam men uchun go‘yo chavandozning asov oti kabidir. Asov otni bo‘ysundirolgan
chavandoz har qanday tulporni bemalol minolganidek, men ham Ksantippa bilan murosa qilish
vositasida o‘zga kishilar bilan osongina muomalada bo‘la olaman.
* * *
Taajjubki, haykaltaroshlar toshni insonga o‘xshatish yo‘lida o‘lib-tiriladilar-u, ammo o‘zlarining
toshga o‘xshab qolmasliklari haqida qayg‘urmaydilar.
* * *
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
Dostları ilə paylaş: |