Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf [uzsmart.uz]
www.ziyouz.com кутубхонаси
38
Bitta ilmiy isbotu dalilni qo‘lga kiritish men uchun fors saltanatiga hokimlik qilishdan a’loroqdir, —
degandi Demokrit.
* * *
Hamma narsaning o‘rtamiyonasi a’lo. Mo‘l-ko‘lchilik ham, yetishmovchilik ham men uchun
begonadir, — deydi Demokrit.
* * *
Yaqinlarining baxtsizligidan quvonuvchilar taqdir charxpalagi hammaga o‘z ta’sirini o‘tkazishini
tushunmaydilar.
* * *
Haddan ortiq tilamoqlik go‘daklarga yarashadi. Erlarga emas.
* * *
Mardlik taqdir zarbalarini pisand etmaydi.
* * *
Bir kuni Demokrit tushlik chog‘ida asal isi ufurib turgan g‘oyat shirin anjirni yeya turib, o‘yga toladi:
«Bu anjirlar nega haddan ortiq shirin?»
Faylasuf savoliga javob topish uchun tuyqusdan o‘rnidan turadi-da, anjir daraxti o‘sadigan bog‘
tomon yo‘l oladi. Xizmatkor ayol sohibining nogahon besaranjom tortishi sababini bilgach kulib,
anjirlarni asalning idishiga solib keltirgani, shu bois ular haddan ortiq shirali ekanini ma’lum qiladi.
Ayolning gaplarini eshitib, anjirni tadqiq etishga bel bog‘lagan faylasufning hafsalasi pir bo‘ladi va
shashtini qaytargani uchun undan qattiq ranjiydi. «Bu yerdan ket, — deydi ayolga. — Sen mening
ta’bimni xira qilding. Lekin bari bir bu hodisaning tagiga yetmaguncha tinchimayman». Shundan so‘ng
chindan ham Demokrit asossiz va yolg‘on anjir hodisasini izohlashga qat’iy kirishadi.
* * *
Demokrit shunday degandi: «Koinotning ibtidosi — atomlar va bo‘shliqdan iborat. Qolgan barcha
narsalar faqat fikran mavjuddir».
* * *
Bu olamda yo hech narsa chinakam emas, yoxud chinakam narsalarni biz ilg‘ay olmaymiz, — deydi
Demokrit.
* * *
Bilishning ikki ko‘rinishi mavjud. Ularning biri tuyg‘ular vositasida bilish, ikkinchisi tafakkur ila
bilishdir.
* * *
Baxt yaxshi kayfiyat, farovonlik, uyg‘unlik, mutanosiblik va vazminlikdir.
* * *
Demokritning donoligi, zukkoligi va o‘tkir bashoratchilik qobiliyati haqida ko‘plab rivoyatlar
yaratilgan. Ulardan birida hikoya qilinishicha, Eron shohi Doroning sohibjamol va suyukli rafiqasi vafot
etadi. Hukmdorning chuqur qayg‘uga botganini ko‘rgan Demokrit hamma aytganlarini so‘zsiz bajarish
sharti bilan malikani tiriltirishga va’da beradi. Doro saroy a’yonlariga Demokrit istagan narsani
muhayyo qilish haqida farmoyish beradi. Hamma aytganlari bajo bo‘lgach, Demokrit faqat birgina