Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə38/184
tarix31.10.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#66902
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   184
Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf [uzsmart.uz]

www.ziyouz.com кутубхонаси 
48
DIOHEN (DIOGEN) 
(Miloddan avvalgi 400-323 yillar)
Yunon faylasufi sinoplik Diohen kiniklar maktabi asoschisi Antisfenning shogirdi edi. 
Antisfenning o‘limidan so‘ng Diohen Korinfga ko‘chib o‘tadi. Chunki Sinopda Diohen o‘zi 
bilan muloqot qilgulik biror odam topolmay qolgandi. U Korinfda o‘ziga boshpana sotib 
olmaydi. Mehmondo‘st tanishlarinikiga ham bormay, ochiq osmon ostida yashay 
boshlaydi. Anchayin darz ketgan sopol xum unga boshpana vazifasini o‘tadi. 
Diohen hammaga zaharxandalik va nafrat bilan munosabatda bo‘lgan. 
Uning 
«Sevgi haqida», «Davlat» («Politiya»), «Edip», «Fiest» (fojia)
 nomli asarlari 
ma’lumdir. Diohen pishirilmagan sakkizoyoqni yeb, vabo kasali bilan og‘rib qolgan va 
vafot etgan. Ba’zi manbalarda yozilishicha, u nafas qisilishi oqibatida hayotdan ko‘z 
yumgan. 
Iskandar Zulqarnayn 70 yoshli Diohen bilan Korinfda, shahar chetidagi sarv 
daraxtlaridan iborat Kraneon o‘rmonida uchrashib qolib, hamsuhbat bo‘lgan. U o‘zini 
faylasufga buyuk shoh Iskandar deb tanitganda, Diohen tap tortmasdan: «Men esa 
ko‘ppak Diohenman», — degan ekan. 
* * * 
«Men muttaham bo‘lmagan odamni izlayapman». (Bir kuni Diohenni kunduz kuni qo‘lida yonib 
turgan fonus ko‘tarib olib, nimanidir izlayotgan holda ko‘radilar. Odamlar undan nima qilayotganini 
so‘raganlarida, yuqoridagicha javob qaytargan ekan). 
* * * 
Iskandar Zulqarnayn Diohen haqida shunday degan: «Shoh bo‘lmaganimda, Diohenning o‘rnida 
bo‘lishni istardim». 
* * * 
Anton Pavlovich Chexov Diohen haqida: «Erkin va chuqur fikrlash orqali hayotni anglashga intilish 
va olamdagi ahmoqona yugur-yugurlardan nafratlanish — bular inson zoti hech qachon tushunib 
yetolmagan ikki ezgulikdir. Siz uch qavatli temir qafas ichida yotgan chog‘ingizda ham ularning har 
ikkisiga egalik qila olasiz. Diohen sopol xumda yashasa-da, olamdagi barcha sultonlardan ko‘ra 
baxtliroq edi». 
* * * 
Vatandoshlari Diohenga atab ko‘plab misdan ishlangan yodgorliklar bunyod etdilar. Faylasuf tug‘ilib 
o‘sgan shahar — Sinopda tiklangan ana shunday yodgorliklardan birida quyidagi mazmundagi 
yozuvlarni o‘qishingiz mumkin: «Diohen! Yillar to‘foni tosh va bronzalarni ham yemirib tashlaydi. 
Ammo sening ta’limoting mangu qolajak. Sen bizni qanoat qilishga o‘rgatding hamda baxtga eltuvchi 
yo‘lni ko‘rsatding». 
* * * 
Diohen o‘z vatanidan quvilgach, Afinaga yo‘l oladi. Bu shaharda u Suqrotning shogirdlari — 
Aflotun, Aristipp, Esxin, Antisfen va Evklid Megarayanin bilan uchrashadi. Ko‘p o‘tmay Antisfendan 
boshqa hammasidan ko‘ngli soviydi. Diohen Antisfen bilan jon-dildan suhbatlashar, uning o‘zini emas, 
ta’limotini maqtar, haqiqatni ochib beruvchi fikrlargina insonlarga foyda keltirishini doimo ta’kidlardi. 
Diohen Antisfenni yetarli darajada qattiqqo‘l emaslikda ayblab, uni kuchli shovqin ko‘tarib, o‘zini o‘zi 
eshitmaydigan jang karnayiga o‘xshatardi. Antisfen esa Diohenning fe’l-atvoridan zavqlangancha, 
sabr-toqat bilan uning tanbehlariga quloq tutardi. 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin