Microsoft Word mumtoz faylasuflar hikmati ziyouz com doc



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/184
tarix31.10.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#66902
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   184
Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf [uzsmart.uz]

izlashmoqda... 
* * * 
Botiniylikdan zohiriylikka o‘tishga olib keluvchi hamma narsa ijoddir. 
* * * 
Aflotun o‘limidan oldin tushida oqqushga aylanib, daraxtdan-daraxtga uchib yurganini, qush 
ovlovchilar esa uni tutolmay sarson ekanliklarini ko‘radi. Suqrotning shogirdi bo‘lmish Simmiy bu 
tushni ta’birlab, qush ovlovchilar o‘tmishdagi daholarning fikrlarini sharhlovchi kimsalar ekanini, 
Aflotunning bir yo‘la ham tabiiy, ham axloqiy, ham ilohiy sifatlarini jam etgan fikrlarini izohlashga 
ularning qurbi yetmasligini aytadi. 
* * * 
Aflotun kelgusi avlodlarga hech qachon eskirmaydigan mana bu o‘gitni meros qoldirgan: «Haqiqiy 
va to‘g‘ri fikrlay oluvchi faylasuflar davlat tepasiga kelmaguncha yoxud hukmdorlar ilohiy iqtidorlari ila 
tom ma’nodagi faylasuflik maqomiga ko‘tarilmagunlariga qadar insoniyat yovuzlikdan qutulolmaydi». 
* * * 
Boshiga kulfat tushgan mustabid hukmdor Dionisiydan Aflotunning donishmandligi unga nima 
bergani haqida so‘rashdi. Sitsiliya hukmdori shunday javob berdi: 
— Nahotki men Aflotundan hech nima olmaganga o‘xshasam?! Axir, taqdir zarbasini xotirjamlik 
bilan qarshi oldim-ku! 
* * * 
Aflotun Katta Dionisiyning mustabid hokimiyatini aslzodalar hukumatiga aylantirish maqsadida 
uning huzuriga bordi. 
Uning maqsadidan xabar topgan Dionisiy so‘radi: 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 
www.ziyouz.com кутубхонаси 
45
— Ayt-chi, Aflotun, eng baxtli odam kim? 
— Suqrot, — deb javob berdi Aflotun. 
— Seningcha, hukmdorning eng asosiy vazifasi nimadan iborat? — yana so‘radi Dionisiy. 
Aflotun dedi: 
— Qo‘l ostidagilarni yaxshi xulqli qilib tarbiyalashdan iborat. 
Dionisiy uchinchi savolini berdi: 
— Ayt-chi, nahot odil sud hech narsaga arzimasa? 
O’sha davrlarda Dionisiyning hukumat sudi o‘z odilligi bilan dong taratgandi. Biroq Aflotun sir boy 
bermay, bu savolga shunday javob qaytardi: 
— Arzimaydi. Chunki odil hakamlar yirtilgan ko‘ylakni tikib qo‘yadigan yamoqchiga o‘xshaydi. 
— Seningcha, mustabid hukmdor bo‘lish uchun jasurlik sifati zarurmi? — so‘nggi savolini berdi 
Dionisiy. 
— Aslo, — dedi Aflotun, — mustabid hukmdor aslini olganda eng qo‘rqoq odamdir. U hatto 
sartaroshning ustarasidan ham cho‘chiydi. 
Bu javobdan g‘azabga kelgan Dionisiy Aflotunga shu kuniyoq Sitsiliyani tark etishni buyurdi. 
* * * 
Aflotun falsafaga ta’rif berib, quyidagi misralarni yozib qoldirgandi: 
— Olamda bilimdan kuchli narsa yo‘qdir. Bilim har qanday huzur-halovatdan ham, boshqa 
narsalardan ham zo‘rroqdir. 
* * * 
Falsafa bilan mashg‘ul bo‘ling. Shuningdek, yoshlarda ham falsafaga rag‘bat uyg‘oting. 
* * * 
Haqiqatni anglashga intiluvchilar chin faylasuflardir. 
* * * 
Hayrat faylasuflarga xos sifat. Ana shu sifat falsafaning ibtidosi sanaladi. 
* * * 
Donishmandlar ham, johillar ham falsafa bilan mashg‘ul bo‘la olmaydilar. Donishmandlar bilan 
johillar oralig‘idagi odamlargina haqiqiy faylasuf bo‘la oladilar. 
* * * 
Qanchalik noyob qobiliyatli va o‘tkir zehnli bo‘lmasin, falsafaga moyillik hissini tuymagan odam u 
bilan yaqinlasholmaydi. Zero, falsafa begona qalblarda ildiz otolmaydi. 
* * * 
Falsafa bilan yoshlikda, me’yorida mashg‘ul bo‘lmoqlik joiz. Bu qoidaga amal qilmaganlarni halokat 
kutadi. Har qancha zakovatli bo‘lmang, yoshingiz bir joyga borib qolganda umringizni falsafaga 
bag‘ishlasangiz, hurmat-e’tiborli inson bo‘lish tajribasidan ayrilib qolasiz. Bunday holatda odamlar 
bilan biror ish yuzasidan suhbatlashishga qiynalasiz, ularning quvonch va tashvishlariga sherik 
bo‘lolmay, umuman, oddiy insoniy muomala va odobni o‘zlashtirolmay aziyat chekasiz. Natijada 
qanday ishga kirishmang va qanday amalni bajarmang — xoh shaxsiy, xoh davlat miqyosidagi 
faoliyatingizda xuddi falsafiy suhbat va munozaraga aralashgan hukumat kishisi kabi barchaga kulgi 
bo‘lasiz. 
* * * 


Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf 

Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   184




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin