Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf [uzsmart.uz]
www.ziyouz.com кутубхонаси
43
— Yechib ber-chi, — dedilar.
Faylasuf ularga xitob qildi:
— Ey nodon, bog‘langan holida kishilarni shunchalik tashvishga qo‘yuvchi bu tugunni yechmoq
nechun?
* * *
Kimdir faylasuflarni doimo badavlat zotlar bo‘sag‘asida ko‘rishini aytganda, Aristipp dedi:
— Hakimlar ham bemorlarning xonadonlariga ko‘pincha o‘zlari boradilar. Zero, hamma ham
bemorlar o‘rnida emas, balki hakimlarning o‘rnida bo‘lmoqni istaydi.
* * *
O’zining o‘ta bilimdonligi bilan maqtanuvchi bir kimsaga Aristipp dedi:
— Taomlarning zarurini me’yorida yegan odam haddan ziyod ovqat tanovvul qiluvchilardan ko‘ra
sog‘lomroq bo‘lganidek, ko‘p o‘qigan har qanday odam olimga aylanavermaydi. Buning uchun har kim
o‘qiganlaridan o‘ziga foyda ola bilmog‘i lozimdir.
* * *
Aristipp sudda o‘z ishini himoya qilmoq maqsadida notiq yolladi. Ko‘pchilik uning bu ishini qoraladi.
Shunda Aristipp dedi: «Axir, ziyofat berayotgan chog‘imda ham oshpaz yollayman-ku!»
* * *
Aristippdan donishmandlar bilan oddiy odamlarni farqlash yo‘lini so‘radilar. U shunday javob berdi:
«Ularni ajratish uchun yalang‘och holda notanish odamlar orasiga qo‘yib yuboring».
* * *
— Johil bo‘lib yashagandan qashshoqlikda kun kechirgan a’loroqdir, — deydi Aristipp. — Chunki
qashshoqlar puldan, nodonlar esa odamgarchilikdan mahrumdirlar.
* * *
Bir kuni meva-cheva archib o‘tirgan faylasuf Diohen yo‘ldan o‘tayotgan Aristippga:
— Agar sen ham mana shu sabzavotlarni yeb qanoat qilganingda, mustabid hukmdor saroyida
xizmat qilishga majbur bo‘lmas eding, — dedi kinoyali kulib.
— O’zing esa, — dedi Aristipp, — odamlar bilan muomala qilmoqni bilganingda sabzavot archib
o‘tirmasding.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
44