Haqiqat manzaralari. 96 mumtoz faylasuf [uzsmart.uz]
www.ziyouz.com кутубхонаси
80
bilan band fuqarolar kamayganda esa, mamlakat qashshoqlikka yuz tutadi.
«Buyumlar eng so‘nggi nuqtaga yetib borgandan so‘ng albatta ortiga qaytadi. Agar biror narsaga
qattiq tikilib qarasangiz, ko‘zlar xira tortadi; agar quloqlar haddan ortiq ding bo‘lsa, aniq eshitolmay
qoladi; agar me’yoridan ortiq o‘yga tolib, ko‘p fikr yuritilsa, bilimlarda tartibsizlik paydo bo‘ladi».
Bizningcha, Xan Fey bu fikri orqali butun insoniyatga xos sifatlardan birini ifoda etgan. Chindan
ham bizda, amallarimizda botinan shafqatsiz va muqarrar bir narsa borki, zo‘r berib bir maqsad sari
intilganimizda ko‘pincha, negadir umuman teskari natijalarga erishamiz. Bunga Ilya Ilfning
kundaligidagi mana bu qaydlar ham misol bo‘la oladi: «Imlo xatolardan qutilish uchun nashriyotga 20
ta musahhih yolladik. Biroq shunga qaramay, kitobning birinchi betida «Britaniya entsiklopudiyasi»
degan yozuv turardi».
* * *
Agar insonning boshiga kulfat tushsa, uning qalbi dahshat va qo‘rquv bilan to‘ladi. Yurak dahshat
va qo‘rquvga to‘lgach, amallarimiz to‘g‘ri, fikrlarimiz esa yetuk bo‘ladi. Fikrlar yetuklashgach, ishning
mohiyatiga yetish uchun yo‘l ochiladi. Amallar to‘g‘ri bo‘lsa, kulfat va zararli oqibatlar barham topadi.
Kulfatlar va zararli oqibatlardan xalos bo‘lgan inson bemalol yoshini yashab, oshini oshaydi. Ishning
mohiyatiga yetgan odam muvaffaqiyatga erishadi. Yoshini yashab, oshini oshagan inson tinchlik-
xotirjamlikda uzoq umr ko‘radi. Yutuqlarga erishgan odam, albatta, boylik va aslzodalikka noyil
bo‘ladi. Tinchlik-xotirjamlik va umruzoqlik, boylik va aslzodalik baxt deb ataladi. Biroq baxtning
poydevori baxtsizlikning ustida qad ko‘taradi. Shu bois: «Eh, baxtsizlik! U baxtning tayanchidir»,
deyiladi.
Haqiqat manzaralari 96 mumtoz faylasuf
www.ziyouz.com кутубхонаси
81