2.3. IMOM AT-TERMIZIY VA UNING
“AS-SUNAN” ASARI
Darsning maqsadi: Diyorimizdan yetishib chiqqan mihaddis Imom at-
Termiziy va uning asarlari bilan tanishtiriladi.
Tayanch so’zlar va iboralar: “as-Sunan”,”ash-Shamoil an-Nabaviya”,
Bug’ qishlog‘I, quvvai xofiza, hasan.
Abu Iso Muhammad ibn Iso ibn Savro as-Sulaymiy al –Bug‘iy at-Termiziy
209 (824) yili Termiz shahridan taxminan 50 chaqirimlar masofada bo‘lgan
(hozirgi Sherobod) Bug’ qishlog‘ida tavallud topgan bo‘lsa-da, unib o‘sishi, ilm
olishi va istiqomati Termizda bo‘lgan. Tarixiy manbalarning shohidlik berishicha,
o‘sha davrlarda Termiz ilm-fan taraqqiy etgan markazlardan bo‘lganligi
ma’lumdir.
At-Termiziy yoshlik chog‘idanoq hadis mutolaasiga kirishib, o‘qigan va
eshitgan barcha fikr mulohazalarini maxsus qog‘ozga batartib yozib borar edi.
Ustozi Imom al-Buxoriy at-Termiziyning hadislarni sinchiklab o‘rganishdagi
nodir qobiliyatini, quvvai xofizasi, ilm va taqvodagi ustunligini tan olgan va unga
shohidlik bergan. Mashhur muhaddislarning ko‘plari imom at-Termiziyning hadis
ilmining takomillashtirish va uni kelgusi avlodlarga sof holda yetkazishdagi
xizmatlarini yuqori baholaganlar. Hadis olimlaridan Abdurahmon ibn Muhammad
45
al-Idrisiyning ta’biricha, at-Termiziy “Hadis bobida iqtido qilinadigan
imomlardan biridir”.
At-Termiziy fiqh-islom qonunshunosligi boblariga moslab tasnif qilgan “as-
Sunan” nomli kitobi tegishli mavzularni o‘z ichiga atroflicha qamrab olganligi
sababli “Al-Jome’ as-Sahih” deb ham shuhrat topgan. Bu asar 1867-68 yillari
Mirtoxda tosh bosmada, 292 (1876-77) yili ikki jild bo‘lib Qohirada nashr etilgan.
Bu asarda takror hadislar uchramasligi, o‘tmish muhaddislar asarlarida zikr
qilinmagan “Manoqib” va “Tafsiri Qur’on” boblarini kengaytirib berilganligi
mazkur kitobning qimmatini yanada oshiradi. Kitobdagi hadislar 3 guruhga
bo‘linadi: sahih, hasan, zaif. Har bir hadisni zikr qilgach, qaysi guruhga mansub
ekanligi aytib ketiladi.
Birinchi va ikkinchi o‘rinlarni al-Buxoriy va Muslimning “Al-Jome’ as-
Sahih” kitoblari olsa, at-Termiziyning “Sunan”i mazkurlardan keyingi kitob
hisoblanadi.
Imom at-Termiziy o‘zining shoh asarini yozib tugatgach, uni zamonasining
mashhur ulamolariga ko‘rsatadi va ularining roziligini oladi.
Umrining oxirgi yillariga kelib at-Termiziyning ko‘zlari ojiz bo‘lib qoladi va
279 (892) yili ona shahri Termizda vafot etadi. Imom at-Termiziyning “Sunan”
asaridan tashqari yana quyidagi kitoblar yozgani ma’lum:
1. “Kitob at-Tarix” (“Tarix kitobi”)
2. “Kitob al-ilal” (“Nuqsonlar kitobi”)
3. “Kitob ash-Shamoil an-Nabaviya” (“Payg‘ambarning axloq va odoblariga
oid kitob”)
4. “Kitob az-Zuhd” (“Zohidlik haqida kitob”)
5. “Kitob al-asmo va al-kunya” (“Roviylarning ism va laqablari haqida
kitob”) va boshqalar. At-Termiziy asarlariga ko‘plab sharx va hoshiyalar
bitilgan.
|