2
Mazkur o`quv qo`llanma mumtoz arab adabiyoti bo`yicha o`zbek
tilida ilk
bor yaratilgan
kitob bo`lib, u Toshkent davlat sharqshunoslik
instituti bakalavriat
talabalari va mumtoz arab adabiyoti bilan qiziquvchi
keng kitobxonlar ommasi
uchun mo`ljallangan.
Uning mazmunida arab adabiyoti taraqqiyot
bosqichlarining eng asosiy
davrlari, shu davrlarda ijod etgan taniqli
shoir va yozuvchilar ijodi,
turli adabiy
oqim va yo`nalishlar va ular
vakillarining dunyoqarashi,
asarlaridan parchalar
o`rin olgan.
Mas’ul muharrir: f.f.n., dotsent Sotiboldieva S.
Taqrizchilar: f.f.d., professor Xodjaeva R.U.
O’zMU dotsenti Alimbekov A.
Ushbu o’quv qo’llanma ToshDShI O’quv-uslubiy kеngashi tomonidan
nashrga tavsiya etilgan
(bayonnoma №)