O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/64
tarix01.11.2022
ölçüsü1,69 Mb.
#67039
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64
Kitob 5536 uzsmart.uz

 
1.3. SAROY SHE’RIYATI 
Darsning maqsadi: VI-VII asr saroy shoirlari hayoti va ijodi bilan 
tanishtirish. 
Tayanch so’zlar va iboralar: nasib, ra’jaz, vasf, xamriyat, tardiyat, madh. 
 
VI asrning II yarmida o‘z qabilasi bilan aloqasini uzmagan va badaviy 
she’riyat an’analarini davom ettirgan shoirlar bilan bir qatorda, she’riyati 
saroydagi mayda arab hukmdorlarining hayoti bilan bog‘liq ancha ko‘p shoirlar 
ham bo‘lgan. Ular shahar madaniyatining ta’siriga borgan sari ko‘proq uchrab, 
arab she’riyatiga xorijiy madaniyat belgilariga ega yangi an’analarni kiritganlar. 
Saroy shoirlari an’anaviy qasida kompozisiyasidan voz kechmagan holda, ayni 
vaqtda uning madhiya qismini biroz kengaytirganlar. Badaviy shoirlarda hayotiy 
kuchga ega bo‘lgan ko‘chmanchi arab turmushining tavsifi saroy shoirlarining 
she’rlarida sun’iylik kasb etib, an’anaviy qolipga aylanadi. Endi saroy shoiri
hissiyotlarga to‘liq badaviy shoir emas, balki mulohazali, ba’zan esa hisob-kitobli 
saroy vakili. U kuchli hukmdor oldida qabilasining yoki o‘zining manfaatlarini 
himoya qiladi. She’riy vositalar murakkablashadi – ibtidoiy bo‘yoqdorlik va 
bevositalik o‘rnini ancha puxta sayqal egallaydi. Shoirlar ijodida muayyan she’riy 
maktab jihatlari borgan sari aniq ko‘zga tashlanadi. 


36 
VI asrning ikkinchi yarmidagi saroy she’riyatining eng yirik vakili An-
Nabig’a az-Zubiyaniy (taxm. 535–604) edi. U arab she’riyatidagi birinchi shoir 
hisoblanadi. An-Nabig’a Nejdaning shimoli-sharqiy qismida ko‘chib yurgan 
Zubiyan qabilasining taniqli urug‘laridan bo‘lgan. Shoirning hayoti haqida juda 
uzuq-yuluq ma’lumotlarga egamiz. An-Nabig’a hayotining katta qismini Xira 
hukmdori Amr ibn Hind (vafoti 569) va uning vorislari, xususan an-Nu’man ibn 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin