O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/64
tarix01.11.2022
ölçüsü1,69 Mb.
#67039
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64
Kitob 5536 uzsmart.uz

2.2. IMOM AL-BUXORIY 
Darsning maqsadi: Diyorimizdan yetishib chiqqan mihaddis Imom al-
Buxoriy uning asarlari bilan tanishtiriladi. 
Tayanch so’zlar va iboralar: hadis, muhaddis, “Jome as-Sahih”, “al-Adab 
al-Mufrad”. 
Imom Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil ibn Ibrohim ibn al-Mug’ira al-
Buxoriy 194/810 yili Buxoroda tavallud topgan. U 10 yoshidayoq o‘z diyoridagi 
muhaddislardan hadis eshitib, uni yodlashga kirishgan va 11 yoshida ba’zi 
ustozlarining xatolarini topa boshlagan. U 16 yoshida muhaddislardan Abdulloh 
ibn Muborak va Vaqi’ ibn al-Jarrohlarning hadis kitoblarini to‘la yod bilgan. 
So‘ngra onasi va akasi Ahmad bilan haj safariga boradi va haj marosimlari 
tugagach, onasi va akasidan izn so‘rab, hadislarni to‘plash maqsadida Makkada 
qoladi. 18 yoshida sahoba va tobeinlarning rivoyat qilgan hadislarini to‘plab, 
“Tarix” nomli kitob yozadi. Imom al-Buxoriy yangi hadis axtarib bir necha 
o‘lkalarda –– Kufa, Basra, Hijoz, Misr, Suriya mamlakatlarida bo‘lgan va 
ularning ba’zilarida uzoqroq istiqomat qilgan. U yerlarda ko‘plab muhaddislar 
bilan tanishadi va ulardan eshitgan hadislarini o‘z kitobi “Al-Jome’ as-Sahih”ga 
kiritadi. Bu asar islom olamida eng mashhur bo‘lgan va buyuk ulamolar tarafidan 
Qur’ondan keyingi eng to‘g‘ri kitob deb tan olingan va “Kutubi sitta”ning eng 
mashhuri hisoblangan. Imom al-Buxoriyning bu asari mashhur muhaddislar 
ko‘rigidan o‘tgan, kitobda keltirilgan rivoyatlar borasida birortasi ham ixtilofga 
uchramagan va allomalarning barchalari bir ovozdan ma’qul topganlar. 
Imom Muhammad al-Buxoriy xayri-saxovatli kishi bo‘lgan. U otasi shayx 
Ismoildan qolgan meros mollarining katta qismini faqiru miskinlar va tolibi 
ilmlarning hojatlarini ravo qilish uchun sarf etgan. Imom al-Buxoriy 20 yoshidan 
boshlab kitob ta’lif eta boshlaydi. Ul zotning “Al-Jome’ as-Sahih” (“Ishonchli 
to‘plam”)idan tashqari yigirmaga yaqin kitobi bo‘lgan. Ammo ularning bir 
qismigina qo‘lyozma shaklida mavjud bo‘lib, qolganlarining nomlarigina ma’lum 
xolos. Al-Buxoriy hadis rivoyat qilgan shaxslarning tarjimai xolini to‘plab, bu 


44 
sohada qimmati zo‘r bo‘lmish va ko‘pchilik hadischilar murojaat qiladigan asar 
“at-Tarix al-Akbar” (“Eng katta tarix”)ni yozadi. Keyinchalik muallif bu kitobini 
qisqartirib “At-Tarix as-Sag‘ir” (“Kichik tarix”) nomi bilan atagan va bu asar 
1325 (1907) yilda Hindistonda 251 sahifa bo‘lib bosilgan. Kitob so‘ngiga al-
Buxoriyning “Kitob az-Zuafo” (“Zaiflar kitobi”)si ham ilova qilgan. 
Imom al-Buxoriy hijriy 256 yili ramozon oyining 30 da (869 yil 31 avgustda) 
vafot etadi. Manbalarda ko‘rsatilishicha, u kishi ozg‘indan kelgan, o‘rta bo‘yli, 
tabiatan o‘ta muloyim, taqvodor bir zot bo‘lganlar. 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin