O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə20/64
tarix01.11.2022
ölçüsü1,69 Mb.
#67039
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64
Kitob 5536 uzsmart.uz

 
3.3. HIJOZNING MUHABBAT SHE’RIYATII 
Darsning maqsadi: Hijoz badaviy ishqiy she’riyatii bilan tanishtiriladi. 


61 
Tayanch so’zlar va iboralar: g’azal, nasib, majnun, lubna, Jamil ibn 
Ma’mar. 
Arab adabiyotining arab istilochilari vatanidagi rivojlanishi boshqa 
yo‘llardan bordi. Umaviylar hokimiyat tepasiga kelgunlariga qadar ko‘plab 
vakillari payg‘ambarning birinchi izdoshlari (muhojirlar va ansorlar) bo‘lgan 
Hijoz zodagonlari o‘zlarining uzoqni ko‘ra olish qobiliyatining mevasidan 
bahramand bo‘lardilar: ularni juda tez o‘sib va boyib borayotgan musulmonlar 
jamoasida hamma hurmat qilar edi. Davlatning birinchi poytaxti bo‘lgan Madina 
shahridan arablarning musulmon guruhlari jo‘nab ketar, harbiy o‘lja imperiyaning 
barcha hududlaridan aynan shu yerga keltirilardi.
Hokimiyat tepasiga umaviylar kelishi va xalifalikning siyosiy markazi 
Suriyaga ko‘chirilishi bilan hijoz zodagonlarining ahvoli yomonlashdi. Makka va 
Madina o‘zlarining sobiq siyosiy ahamiyatini yo‘qotib, faqat diniy markaz 
maqomini saqlab qoldi. Ulkan hajmdagi boyliklar ilgarigidek islom olamining 
barcha hududlaridan ziyoratchilar bilan birga bu yerga oqib kelinardi, ammo hijoz 
zodagon xalifalikda ilgarigi siyosiy rolini o‘ynamay qo‘ydi. Istilolarda ishtirok 
etmayotgan va o‘z zamonining asosiy tarixiy voqealaridan chetda qolgan hijoz 
qabilalari yanada qiyin ahvolda qoldi. Zabt etilgan va islomga kiritilgan boshqa 
xalqlarning ahvoliga tushib qolgan, ular singari soliq to‘lashga majbur bo‘lgan 
ushbu qabilalar zo‘rg‘a kun kechirardi. 
Siyosiy faoliyatdan chetlashtirilgan hijoz shoirlari fuqaroviy mavzuga 
qiziqmay qo‘ydilar va butun e’tiborlarini intim kechinmalarni tavsiflashga 
qaratdilar. Natijada VII asrning ikkinchi yarmi va VIII asrning boshida Hijoz 
she’riyatida muhabbat she’riyatii ustun janrga aylandi. 
Hijozning muhabbat she’riyatii ildizlari, asosiy mazmuni qanday bo‘lishidan 
qat’i nazar, mahbubani lirik tasvirlash bilan boshlanadigan islomgacha bo‘lgan 
qasidalarga borib taqaladi. Ammo agar johiliyat davridagi qasidada lirik 
muqaddima faqat yordamchi ahamiyatga ega bo‘lgan va asosiy mavzuga 


62 
o‘tishdan avval tinglovchilarda kayfiyat hosil qilishi kerak bo‘lgan bo‘lsa, hijoz 
shoirlarida lirik boshlama mustaqil muhabbat she’ri shakliga kirdi. 
Islomgacha bo‘lgan shoirlarning muhabbatga bag‘ishlangan she’rlarida 
ta’riflash elementi ustunlik qilgan. Shoirlar sevikli yorni tasvirlaganda katta 
ixtirochilikni namoyon qilganlar, yorqin qiyoslash va istioralar izlab topganlar. 
Biroq lirik qahramonning his-tuyg‘ulari islomgacha bo‘lgan shoirlarning 
qasidalarida juda kam joy egallagan. VII–VIII asr arab shoirlarida esa 
qahramonning ruhiy holatiga qiziqish sezilarli. Ular qahramonning umidsizligi, 
g‘am-g’ussasi, shubhalari, javobsiz muhabbatdan azoblanishi, mahbubasidan 
ayriliq alamini tasvirlaydilar. Ushbu kechinmalar tavsifi endilikda mustaqil janr 
bo‘lgan g‘azalga aylangan muhabbat she’riyatiining mazmunini tashkil etadi. 
Islomgacha bo‘lgan barcha asarlar singari, hijoz she’rlari ham kuylangan, va 
shu bois ularning tili oddiy va tushunarli bo‘lgan. She’rlarni kuyga moslashtirgan 
hijoz shoirlari o‘z asarlari uchun yengilroq she’riy o‘lchamlar (vafir, xafif, ramal, 
mutakarib)ni tanlaganlar, ba’zan esa kuyga moslashtirib, an’anaviy vazn 
qoidalarini buzganlar. 
VII–VIII asr hijoz muhabbat she’riyatiida ikki yo‘nalishni – shahar va 
badaviy yo‘nalishlarini kuzatish mumkin. 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin