O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/64
tarix01.11.2022
ölçüsü1,69 Mb.
#67039
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   64
Kitob 5536 uzsmart.uz

Shahar muhabbat she’riyatii. Sipo va iffatli badaviy muhabbat 
she’riyatiidan farqli o‘laroq, Hijoz shaharlarining she’riyati ehtirosli, epikurlik 
xususiyatiga ega bo‘lgan. Payg‘ambarning siyosiy rahbarlikdan chetlashtirilgan 
avlodlari va safdoshlari xalifalikning siyosiy va diniy hayotiga qiziqmaganlar. 
Ular sobiq xudojo‘ylik va diyonatni yo‘qotdilar. Hijozga ziyoratchilar bilan oqib 
kelayotgan ulkan boyliklar Makka va Madina zodagonlariga hamda 
savdogarlariga turli-tuman nozik ermaklarga to‘la behuda hayot kechirishi 
imkonini berardi. I. Yu. Krachkovskiyning fikricha, ildizlari johiliyat davri 
qasidasining lirik kurtaklariga qaraganda ko‘proq Hijozga Janubiy Arabiston 
orqali kirib kelgan fors she’riyatiga borib taqaladigan muhabbat she’riyati ana shu 
muhitda gullab-yashnadi. 
Shahar liriklarining eng mashhur vakili, o‘rta asr arablarining fikricha, 
muhabbat she’riyatining eng katta ustasi Umar ibn Abu Rabi’a (644–712) 
bo‘lgan. U Madinada boy qurayshiy savdogar oilasida tug‘ilgan, Arabiston, 
Suriya va Ikki daryo oralig‘i bo‘ylab ko‘plab sayohatlar qilgan, ammo hayotining 
katta qismini Makkada o‘tkazgan. Rivoyatlarga ko‘ra, Umar quvnoq, mehribon va 
xushfe’l inson. 
Uning ijodida birorta ham madhiya ko‘rmaymiz. Halifa Sulaymonning 
o‘ziga madhiya bag‘ishlash haqidagi iltimosiga shoir she’rlarida faqat ayollarni 


65 
kuylashini aytib, rad javobini bergan. Umar ibn Abu Rabi’a janglarni ham
sayohatlarni ham tavsiflamagan, sharobga ham madhiya to‘qimagan. Uning 
barcha she’rlari faqat muhabbat haqidagi kechinmalardir. Albatta, ularda shoir 
hayotining haqiqiy voqealari har doim ham ko‘rinmaydi, ammo Ibn Abu Rabi’a 
she’rlarining hayotiy haqiqatligi shubhasiz. Umarning she’riy asarlari shaklan 
mahbubasiga nomalarni eslatadi. Odatda bular qisqa, 6–8 baytli she’rlar bo‘lib, 
javobsiz muhabbat haqidagi hikoyatlar va muhabbat izhorlaridir. Arab she’riyati 
tarixida birinchi marta muhabbatga oid she’rlarda dialog katta o‘rin egallagan. 
To‘g‘ri, dialogni o‘z she’rlariga islomgacha bo‘lgan davr shoirlari ham 
kiritganlar. Ammo ibn Abu Rabi’a dialogni o‘z she’riy uslubining asosiga 
aylantirgan. 
Ibn Abu Rabi’a she’riyatida badaviylikdan asar ham yo‘q. Shoirning uncha 
ko‘p bo‘lmagan katta she’rlari orasida bittasi tuzilishiga ko‘ra qasidani eslatadi. 
Umuman olganda esa, u an’anaviy she’riyatga juda kam o‘xshaydi. She’r 
shoirning mahbubasi huzuriga qilgan sayohati haqidagi hikoyadan boshlanadi. Bu 
qismda, qadimgi badaviy shoirlardan farqli o‘laroq, Ibn Abu Rabi’a nafaqat 
jasorati va sabr-matonati bilan maqtanmagan, balki, aksincha, sahrodagi 
sayohatning qiyinchiliklaridan qattiq shikoyat qilgan. Shundan so‘ng shoir 
mahbubasi bilan uchrashuvi haqida hikoya qiladi, uni rosa maqtaydi. Shunday 
qilib, ushbu katta she’r kengaytirilgan nasibni eslatadi; unda, shoirning qisqa 
she’rlarida bo‘lgani kabi, muhabbat mavzui asosiy o‘rin egallaydi. 
Umarning barcha lirik she’rlari ayolga bag‘ishlangan. Shoir o‘ziga 
zamondosh ayollarning tashqi ko‘rinishi, xatti-harakati va nutqiga xos jihatlarni 
jonli tasvirlaydi. Umar ibn Abu Rabi’a she’riyatida, ba’zi uzriy liriklarning ijodida 
bo‘lgani kabi, o‘z qahramonlarining xarakteri va hissiyotlariga qiziqish ilk bor 
seziladi. 
Biroq Umar ibn Abu Rabi’aning ruhiyatga oid tasvirlari ancha shakllangan 
bo‘lib, ularga o’ziga xoslik yetishmaydi. Tashqaridan qaraganda uning 
qahramonlari ham bir-biridan juda kam farq qiladi, chunki ayol go‘zalligini 
tasvirlashda shoir an’anaviy qiyoslashlardan foydalanadi. Ibn Abu Rabi’a 


66 
she’riyatining kuchi tafakkurining chuqurligida ham, yorqin yangi obrazlarda ham 
emas, balki uslubning g‘aroyib nazokatida, she’rlarining oddiyligi va 
ifodaliligidadir. Umar ibn Abu Rabi’a islomgacha bo‘lgan davrda keng tarqalgan 
she’riy vaznlari – basit va tavildan voz kechgan hamda musiqa ostida ijro etish 
uchun moslashuvchan va yengilroq – xafif, ramal, mutakariblardan foydalangan. 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin