O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti


Seminar mashg’ulotlari uchun savol va topshiriqlar



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/64
tarix01.11.2022
ölçüsü1,69 Mb.
#67039
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   64
Kitob 5536 uzsmart.uz

Seminar mashg’ulotlari uchun savol va topshiriqlar 
1. Xalifalik dastlabki notiqlari. 
2. Umar ibn Abu Rabi’a – shahar ishqiy she’riyati vakili. 
3. Umarning barcha lirik she’rlari kimga bag‘ishlangan? 
4. Badaviy ishqiy she’riyati vakillari. 


69 
5. “Layli va Majnun” asari prototiplari kimlar? 
6. Al-Axtal hayoti va ijodi. 
7. Al-Farazdaq va Jarir ijodi. 
8. Siyosiy she’riyat vakillari kimlar? 
9. Zur-Rumma devonining badiiy mohiyati. 
Mustaqil ish uchun savol va topshiriqlar 
1. Rasoil janrining asoschisi. 
2. Ziyod ibn Abihining nutqi. 
3. VII–VIII asrlardagi badaviy ishqiy she’riyat. 
4. Umar Ibn Abu Rabi’a shahar ishqiy she’riyati asoschisi. 
5. Qays al-Amiriy va Qays Ibn Zarih she’rlari kimga bag’ishlangan? 
6. Shoirlar ijodida naqoid janri. 
 
IV BOB. ARAB MUMTOZ ADABIYOTINING GULLAB-
YASHNAGAN DAVRI (VIII asr o‘rtalari – XII asr) 
4.1. YANGILANISH DAVRI ADABIYOTI (VIII-IX) 
Darsning maqsadi: Gullab-yashnagan davrning dastlabki bosqichi 
yangilanish davri haqida umumiy ma’lumotlar berib o’tiladi. 
Tayanch so’zlar va iboralar: xalifalik xalqlari, arab tili – ilm tili, Halab, 
yangilanish harakati. 
 
VIII asrdan XII asrgacha bo‘lgan davr o‘rta asr arab adabiyoti tarixida eng 
samarali davr bo‘lgan. Aynan shu davrda «arablar tushunchasi asta-sekin o‘z 
mazmunini o‘zgartira boshlagan. Arab ko‘chmanchilari tomonidan zabt etilgan
arablarning tilini qabul qilgan xalqlar ham arablar deb atala boshlagan. Ushbu 
arablashgan aholi arab madaniyatining rivojlanishida faol ishtirok etgan. Butunlay 
arablashmagan xalifalik xalqlari arab tilidan, o‘zlarining ilmiy va adabiy ijodida 
foydalanganlar.


70 
Arablashgan, tilini va o‘zligini saqlab qolgan O’rta Osiyo va Eron xalqlari 
o‘zlarining ma’naviy tajribalari bilan xalifalik madaniyatining rivojlanishiga 
barakali hissa qo’shdilar. 
Aynan shu davrda arablar fani va adabiyoti jahon maydoniga chiqadi hamda 
jahon madaniyatining rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi. O‘sha davrning mashhur 
olimlari orasida xalifalik fuqarolari – xorazmlik matematik va astronom al-
Xorazmiy (vafoti IX asr o‘rtalari), Abu Rayhon al-Beruniy (973–1048), turkiy 
faylasuf al-Farobiy (870–950), O‘rta Osiyodan chiqqan shifokor va faylasuf Ibn 
Sino (980–1037), basralik matematik va faylasuf al-Kindiy (IX asr oxiri), raylik 
shifokor fors Abu Bakr ar-Roziy (864–925), fors geograf al-Istaxriy (X asr), 
tarixchilar: bag‘dodlik al-Mas’udiy (vafoti 957 yil), fors at-Tabariy (vafoti 923 
yil) va ko‘plab boshqa olimlar bo‘lgan. O‘z asarlarini arab tilida yozgan xalifalik 
olimlari qanchalik turli qabilalardan chiqqanligini his qilish uchun ushbu kichik 
ro‘yxatning o‘zi ham yetarlidir. Xalifalikning eng yirik shaharlari – Bag‘dod, 
Kufa, Basra, Fustat (keyinchalik Qohira), Damashq, Halab, Buxoro, Samarqand
Xorazmlar – yirik savdo-hunarmandchilik o‘quv yurtlari, kutubxonalari, adabiy va 
ilmiy to‘garaklari bo‘lgan hamda madaniy markazlarga aylangan.
Xalifalik shaharlarida ajoyib saroylar va masjidlar bunyod etilgan. Ularga 
vizantiyalik va suriyalik ustalar tomonidan bajarilgan jimjimador naqshlar fayz 
beradi. 
Davlatning harbiy va soliq ehtiyojlari, keng miqyosda amalga oshirilayotgan 
suv inshootlari qurilishi, dengiz ortidagi savdo munosabatlarining kengayishi 
amaliy fanlar – matematika, geografiya, astronomiya, tibbiyot kabilarning 
rivojlanishiga sharoit yaratdi. 
Fanning rivojlanishiga xalifalar har tomonlama qo‘llab-quvvatlagan keng 
miqyosdagi tarjima faoliyati, ayniqsa, unumli ta’sir ko‘rsatdi. Bilimdon 
tarjimonlar – suriyaliklar, yunonlar va forslar – arablarni Arastu va Aflotun
Gippokrat va Galen, Yevklid, Arximed va Ptolemey asarlari, Hind tibbiy 
risolalari, mashhur «Kalila va Dimna» hamda forslarning tarixiy asarlari bilan 
tanishtirdilar. Suriyalik Xuneyn ibn Ishoq (810–873) va uning o‘g‘li Ishoq ibn 


71 
Xunein, xarranlik Sobit ibn Kurra (836–901); Suriyaning Baalbeka shahridan 
Kosta ibn Luka (vafoti 922), forslardan Ibn al-Muqaffa va al-Hasan ibn Saxl kabi 
ko‘plab tarjimonlar shuhrat qozondilar. 
Bu davr adabiyoti o‘z rivojlanishida uch bosqichni bosib o‘tgan: 
«yangilanish» davri, «qadimiyatga qaytish davri» bosqichi va taraqqiyot davri. 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin