O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/64
tarix01.11.2022
ölçüsü1,69 Mb.
#67039
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   64
Kitob 5536 uzsmart.uz

 
3.4. ILK O‘RTA ASR ARAB NASRI 
Darsning maqsadi: Dastlabki nasriy asarlar bo’lmish xitoba (notiqlik 
san’ati), rasoil (rasmiy va shaxsiy yozishmalar) hamda Sharif ar-Rodiyning 
“Nahju-l-Balag’a” asari haqida. 
Tayanch so’zlar va iboralar: xutabа, rasoil, notiqlik san’ati, «Nahju-l-
Balag’a». 
 
Xalifalik tashkil topayotgan davrdagi badiiy nasr, johiliyat davridagi kabi,
hali shakllanmagan edi. Arab adabiyotshunoslari umaviylar davri nasriy janrlarga 
notiqlik san’ati asarlari – xutabа hamda o‘ziga xos noma – rasoil, diniy va siyosiy 
xususiyatga ega bo‘lgan, ammo yozma ravishda bayon etiladigan murojaatlarni 
kiritadilar. 
Xalifalik tashkil topayotgan davrdagi notiqlik san’ati asarlari islomgacha 
bo‘lgan targ‘ibotchilarning chiqishlarini eslatardi. Ular hajm jihatdan katta emas 
va xilma-xil badiiy asarlar, metaforalar va shu kabilarga to‘lgan. Ammo ular 
islom tarqalayotgan davrda yuzaga kelgan bo‘lib, islomiy ruh bilan sug‘orilgan, 
Qur’ondan olingan parchalar bilan ta’minlangan. 
Notiqlar o‘z nutqlarini urushga ketayotgan jangchilarda mardlik, jasurlik 
hissini singdirish uchun ularga qarata so‘zlangan, yangi dinni himoya qilib 
chiqqanlar, shuningdek u yoki bu siyosiy guruhlar, qabilalar, diniy yo’nalishlarini 
himoya qilib chiqqanlar. Ba’zan notiqlar o‘z chiqishlarida sajdan foydalanganlar. 
Notiq sifatida ayniqsa to‘rtinchi «solih» xalifa Ali (600–661) shuhrat topgan. 
Alining X asr oxirida tilshunos va shoir ash-Sharif ar-Radiy (vafoti 1016 yil) 


67 
o‘zining «Balog’at yo‘li» («Naxj al-balag’a») to‘plamiga jamlangan nutqlari, 
xutbalari, parchalari e’tiqodli targ‘ibotchining ko’tarinkilik ruhi bilan sug‘orilgan, 
ilk musulmon diniy notiqligining go‘zal namunasidir. Ali o‘z fikrlarini nafis 
hikmatlar shaklida ifodalaydi. Uning xalqqa qaratilgan nomalari va xutbalari – 
ifodali, lo‘nda bo‘lib, fikr ravshanligi obraz va fantaziyalarning yorqin va jonliligi 
bilan uyg‘unlashgan. Bularga qo‘shimcha qilib, targ‘ibotchining katta uslubiy 
mahoratini keltirish lozim: vasf va isteoralarning, badiiy misollarning xilma-
xilligi, qofiyali nasrdan mahorat bilan foydalanish, kuylanuvchanlik va hokazo. 
Ash-Sharif ar-Radiy she’riyatidan namunalar: 
 
Orzular ro’yobga chiqmasa ham, umid qoladi, 
Albatta, u bizni baxtni qidirishga ruhlantiradi
Yoshligi haqida: 
 
O, yoshligim mening, men seni hech ham esdan chiqarmayman, 
Biroq uni esidan chiqaradigan odamlar ham bor. 
Arablar Ziyod ibn Abihi (vafoti 675 yil)ni ham notiqlik san’atining ustasi 
deb hisoblaydilar. U xalifa Ali davrida Forsda noib lavozimini egallagan. 
Keyinchalik esa umaviylar xalifasi Mu’oviya tomonidan xalifalikning deyarli 
barcha sharqiy viloyatlariga noib etib tayinlangan. Ziyod ibn Abihi ko‘plab 
nutqlar muallifi bo‘lgan.
Ziyod ibn Abihining nutqi Basra ahliga qaratilgan bo‘lib, umaviylar 
hokimiyatiga bo‘ysunishga da’vat qo‘zg‘olonchilarga qaratilgan tahdidlardan 
iborat. Ziyodning ushbu ehtirosli nutqi faqat umumiy g‘oya bilangina birlashgan 
va o‘zaro yaxshi bog‘lanmagan parchalardan iborat. Umuman olganda, ushbu 
nutq – diniy va’z bilan yangi hokimiyatning vazifalarini tushuntiruvchi davlat 
arbobining nutqi o‘rtasidagi narsa. Unda tahdidlar, va’dalar, qasamlar va ritorik 


68 
savollar – notiqning temperamenti o‘z ifodasini topgan hayajonli ovozlar bilan 
almashadi. 
Rasoil janriga turli-tuman rasmiy ish yuritish va diplomatik hujjatlar, ilmiy 
va ilohiy asarlar, siyosiy chaqiriqlar va va’zlar, xususiy yozishmalar va 
boshqalarni kiritganlar. Arablar istilosining dastlabki bosqichlarida xalifalik 
hukmdorlari forslar, yunonlar, koptlarning xizmatlaridan foydalanishga majbur 
bo‘lganlar va barcha hujjatlar tegishli tillarda tayyorlangan. VIII asrdan boshlab 
butun xalifalik hududida asta-sekin arab tiliga o‘tildi. Rasoil janrining asoschisi 
deb arab tanqidchiligi Abdulhamid al-Katibiy (vafoti 750 yil) hisoblaydi. U 
kelib chiqishi bo‘yicha fors bo‘lib, oxirgi umaviy xalifa Marvan II ning kotibi 
bo‘lgan. 
Abdulhamidning bizgacha yetib kelgan asarlari orasida u xalifa 
Marvan II ning o‘g‘liga otasi nomidan yozgan hamda qurolli kuchlarni tashkil 
qilish va harbiy taktika bo‘yicha ko‘rsatmalarga ega bo‘lgan noma mavjud. 
Abdulhamidning boshqa bir nomasi adiblarga yo‘riqnomadir. Unga muallif 
nafaqat badiiyat qonunlarining tavsifini, balki axloqiy tavsiyalarni ham kiritgan. 
Abdulhamidning nomalari ularni badiiy nasrga kiritish imkonini beruvchi bir 
qator xususiyatlarga ega. Abdulhamidning nomalariga tuzilishining mantiqiyligi, 
uslubining go‘zalligi, ritmiklik va ohangdorlikdan tashqari, uning asarlarini go‘zal 
adabiyotga yaqinlashtiruvchi o‘ziga xos jihatlar – obrazli tuzilish, istiora va 
majozlarga boylik xos.
Abdulhamid Abdulloh ibn al-Muqaffadan tortib, al-Jahizgacha bo‘lgan 
keyingi asr arab adiblariga ta’sir ko‘rsatgan arab badiiy nasrining asoschilaridan 
birigina emas, shuningdek, u arab badiiy uslubiyotining ayrim qonunlarini 
ifodalashga uringan o‘rta asr arab she’riyatining birinchi nazariyotchisidir. 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin