O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə19/64
tarix01.11.2022
ölçüsü1,69 Mb.
#67039
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   64
Kitob 5536 uzsmart.uz

Zur-Rumma (vafoti 735 yil) arab istilolari va islom dinining tarqalishi 
davriga so‘nggi badaviy shoirlardan biri, islomgacha bo‘lgan she’riyatning 
mumtoz an’analari asosida yozilgan ko‘plab madhiya va hajviyalar muallifi Zur-
Rumma ijodi kiradi. U, umaviylar hukmronlik qilgan davrdagi barcha taniqli 
shoirlar kabi, she’riy bahsga urg‘u bergan, unda, albatta, al-Farazdaq tarafini 
olgan. 
Islomgacha bo‘lgan she’riyat qonunlariga rioya etgan shoir qasidaning asosiy 
mavzusidan avval madhiya yoki hajviya shaklidagi batafsil lirik muqaddima 
keltirgan. Zur-Rumma, islomgacha bo‘lgan qadimgi shoirlar kabi, asosiy mavzuga 
hech qanday uslubiy bog‘lovchisiz o‘tadi. Zur-Rummada johiliyat davridagi 
syujetlardan farqli syujetlar deyarli uchramaydi, ammo qasidalarining obrazlarida, 
tabiiyki, yangi, islomiy unsur va motivlar paydo bo‘lgan (shoir qo‘noq izlari 
o‘rniga musulmon masjidlarining vayronalari borasida kuyunadi, islom 
atamalarini kiritadi, payg‘ambar va uning safdoshlarini eslab o‘tadi va hokazo). 
Zur-Rumma devonining badiiy jihatdan eng yorqin sahifalari sifatida sahro 
tabiati va cho‘pon hayotini ta’riflagan baytlarni keltirish mumkin. Ularda Zur-
Rumma hatto islomgacha bo‘lgan badaviy shoirlardan ham o‘tib ketdi. Bu esa 
arab tanqidchilari uni ra’aviyat – «cho‘ponlik» she’riyati janrining eng mashhur 
vakiliga kiritish imkonini bergan. 


60 
Zur-Rumma zamondoshlari bo‘lgan ota-o‘g‘il – al-Ajjaj va Ru’ba nomlari 
bilan bog‘liq bo‘lganidek, arab adabiyoti tarixchilari Zur-Rummaning nomini arab 
she’riyatidagi eng qadimgi shakllardan biri bo’lgan urjuza she’riy shaklining 
tiklanishi bilan bog’laydilar. Urjuza – rajaz o‘lchamida yozilgan she’r. Zur-
Rumma urjuzalarining xususiyatini ichki qofiyadoshlik tashkil qiladi (ya’ni 
yagona qofiya nafaqat ikkinchi misralar oxirida, balki birinchi misralar oxirida 
ham keladi). 
Islomgacha bo‘lgan urjuzalar odatda badaviylar turmushini tavsiflashga 
bag‘ishlangan va bir qancha baytlardan ortiq bo‘lmagan. Faqat al-Ajjajgina urjuza 
shaklidan barcha an’anaviy janrlarda katta qasidalar yozish uchun foydalangan. 
Katta urjuzalar yaratishda yuzaga keladigan texnik qiyinchiliklar ko‘pincha 
shoirni so‘zlardan odatdagidan boshqa ma’noda foydalanishga, ichki qofiyaga 
rioya etish uchun grammatik shakllarni buzishga majbur qilgan. Zur-Rumma 
shoirlik faoliyatining dastlabki bosqichlarida urjuza yaratish bilan ayniqsa ko‘p 
qiziqqan. 
Al-Axtal, al-Farazdaq va Jarir xalifalar saroyida turli qabila va firqalarning 
manfaatlarini himoya qilganlar. Biroq islom dini tarqalishi davrida umaviylarga 
ochiqchasiga qarshi bo‘lgan siyosiy va diniy guruhlar qarashlarining ifodachisi 
bo‘lgan shoirlar ham yashab o‘tganlar. Masalan, Ubaydulloh ibn Qays ar-Rukayat 
(vafoti 694) quraysh qabilasidan bo‘lib, ibn az-Zubayrning tarafdori bo‘lgan. U 
umaviylarni 
qurayshiylarga 
xiyonatda, 
poytaxtni 
Hijozdan 
Suriyaga 
ko‘chirganlikda va Janubiy Arabiston qabilalariga suyanishda ayblagan. 
Ubaydulloh zubayriylar va shialarga bir qancha madhiyalar bag‘ishlagan. Shoir 
at-Tirimmax ibn Hakim (vafoti 718 yil) xorijiylarni ulug‘lagan, al-Kumeyt ibn 
Zayd al-Asadiy (679–743) shia shoiri bo‘lib, hoshimiylar va Ali urug‘iga maqtov 
madhiyalari bag‘ishlagan. 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin