O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/64
tarix01.11.2022
ölçüsü1,69 Mb.
#67039
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   64
Kitob 5536 uzsmart.uz

 
Jarir (653–733). Arab tanqidchiligi umaviylar she’riy uchligining eng 
iste’dodli vakili deb al-Farazdaqning adabiy raqibi Jarirni hisoblaydi. Shoir tamim 
qabilasining qashshoq badaviy urug‘idan kelib chiqqan bo‘lib, bolaligida 
otasining molini boqqan. Bolalik yillaridayoq u o‘z qabilasidagi zodagon va boy 
urug‘larining kalondimog‘ vakillariga nisbatan adovat hissini tuygan, keyinchalik 
esa ushbu adovat uning she’rlarida o‘z ifodasini topgan. Shunisi qiziqarliki, arab 
zodagonlari arablarga taalluqli bo‘lmagan barcha narsalarni nazar-pisand 
qilmagan vaqtda, Jarir arablar bilan mavllar o‘rtasida tenglik tarafdori bo‘lgan, o‘z 
she’rlarida mavllarni maqtagan va ular oliyjanoblikda arablardan qolishmasligini 
ochiqchasiga aytgan. Ilk yoshlik yillaridayoq Jarir iste’dodli shoir sifatida 
tanilgan, ammo qashshoq badaviy urug‘i uning iste’dodi to‘liq namoyon bo‘lishi 
uchun haddan tashqari tor doira bo‘lgan va shu bois Jarir qudratli va boy homiy 
izlagan. U Abdul Malik va al-Valid kabi xalifalarning saroy shoiri sifatida qo‘nim 
topmagunicha xalifalikning deyarli barcha hududlarini aylanib chiqqan. 
Jarirning umaviylar saroyidagi mavqei unchalik mustahkam bo‘lmagan, 
chunki uning urug‘i umaviylarning dushmani bo‘lgan zubayriylar hamda 
qaysiylar qabilasi bilan ittifoqdosh bo‘lgan. Shoir bir necha madhiyasini 
bag‘ishlagan Iroq noibi al-Xajjojning qo‘llab-quvvatlashigina Jarirning saroyda 
qolishiga yordam bergan. Shoir xalifalar unga va uning urug‘iga foyda 
keltirishlari uchun juda ko‘p mehnat qilgan, ammo na xalifalar, na o‘zining 
qabilasida al-Axtal yoki al-Farazdaq bilan teng maqomga ega bo‘la olgan. 
Jarir o‘z madhiyalarini turli shaxslarga – umaviylar xalifalari va ularning 
yaqinlari, xalifaning Iroqdagi noibi al-Xajjoj kabilarga bag‘ishlagan. Jarirning 
madhiyalari odatda hajm jihatdan katta va juda balandparvozdir. Ularda shoir 
maqtalayotgan shaxsning fazilatlarini sanab o‘tgan, ayniqsa sahiylik va 
taqvodorlik singari xislatlarga tahsin o‘qigan. Shoir xalifalarni ulug‘lab, 
«Allohning yerdagi noibi», «xudoning podsholikka ko‘tarilgan shaxsi», «mahdiy» 
kabi sifatlashlarni ko‘p ishlatgan. O‘z zamonidagi boshqa shoirlardan farqli 
ravishda Jarir maqtalayotgan shaxsning an’anaviy fazilatlari –– qudrati, jasorati 


58 
kabilarni ta’kidlash bilan cheklanmagan, balki bunyodkorlik faoliyatini suv 
sug’orish inshootlari qurishi, bog‘ yaratishi va hokazolarni ham ularning xizmati 
sifatida ko‘rsatgan. 
Zamondoshlari orasida Jarirning hajviy she’rlari alohida muvaffaqiyat 
qozongan. Jarir o‘z raqiblari bo‘lgan boshqa qabila shoirlariga, jumladan al-Axtal 
va al-Farazdaqqa qarshi hujumlarida tengsiz bo‘lgan. Qizg‘in she’riy bahsda u 
raqibining hajviy she’rini biroz to‘ldirib, muallifning o‘ziga qarshi qarata olgan. 
Jarir qo‘pollik ham, to‘g‘ridan-to‘g‘ri tuhmat ham ishlatishdan hazar qilmagan, u 
raqib qabilasi va urug‘i ustidan mag‘zava to‘kkan, uning ota-onalarini sharmanda 
qilgan, unga turli xil noinsofliklarni ayb qilib qo‘ygan. 
Al-Farazdaqni tahqirlashga harakat qilib, shoir uni temirchining o‘g‘li deb 
ataydi (temirchilik hunari badaviylarda nojo‘ya mashg‘ulot hisoblangan) hamda 
shu joyning o‘zidayoq temirchilik uskunalarini zaharxanda bilan sanab o‘tgan. 
Jarir al-Axtalga hujum qilar ekan, musulmon hukmdor qoshidagi shoir sifatida 
musulmon shoirga munosib javob bera olmagan al-Axtalning mushkul ahvolidan 
foydalanib, tag‘libiylarni nasroniy bo‘lganliklari, cho‘chqa go‘shti yeb, sharob 
ichganliklari uchun ularning ustilaridan mag‘zava to‘kadi. Jarir al-Axtarni 
tahqirlash uchun uning ismini Uxaytal (Axtalning kichraytirilgani) deb atayin 
buzib aytadi, buning ma’nosi esa «ahmoq», «har xil bo‘mag‘ur narsalarni 
gapiruvchi»dir. Xalifa Abdul Malikning e’tiborini qozonish uchun shoir sotqinlik 
qiladi – o‘z qabiladoshlari qo‘llab-quvvatlagan Ibn az-Zubayrga qarshi 
haqoratomuz hujum qiladi. 
Jarir madhiya va hajviyalardan tashqari ko‘plab marsiya va lirik she’rlar ham 
yozgan. Jarir she’riyatii shaklan an’anaviy, ammo, boshqa zamondoshlarida 
bo‘lgani kabi, shoirning islomgacha bo‘lgan davrdagi kabi sevgan kishining ichki 
kechinmalarini – xavotir, g‘am-g‘ussa, hijron kabi his-tuyg‘ularni ifodalashi bilan 
ajralib turadi. 
Jarir she’rlariga ajoyib nafislik va ohangdorlik xos. Ular nozik va kutilmagan 
istioralar, ritmik takrorlarga to‘la. Ularda al-Farazdaq she’rlaridagi balandparvoz 


59 
ulug‘vorlik, chuqurlik va bo‘yoqdorlik yo‘q, ammo ularda raqibida bo‘lmagan 
jihatlar – ravshanlik va odatdagidan tashqari musiqiylik bor. 
O‘rta asr arab tanqidchilari, al-Farazdaq va Jarirni qiyoslab, birinchisining 
she’rlari sun’iyroq va tantanavorroq, ikkinchisiniki esa tabiiyroq va erkinroq deb 
topganlar. Bu xususda «Qo‘shiqlar kitobi»ning tuzuvchisi Abul Faraj al-Isfaxoniy 
quyidagi latifani aytib ketgan. Bir kun shuhratparast Jarir tilshunoslardan biridan 
so‘rabdi: «Kim yaxshiroq shoir, menmi yoki al-Farazdaq» – «Sen, – deb javob 
beribdi tilshunos, – al-Farazdaqdan oddiy odamlar nazarida ustunsan, ammo 
olimlar nazdida sening she’rlaring al-Farazdaqnikidan ortda qoladi». Jarir: 
«G‘alaba! – deb qichqiribdi, – Allohga hamdu sanolar bo‘lsinki, mening ahvolim 
yaxshiroq ekan, chunki yuz nafar odam orasidan bitta ham olim topishing qiyin!». 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin