O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/64
tarix01.11.2022
ölçüsü1,69 Mb.
#67039
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   64
Kitob 5536 uzsmart.uz

Abu Nuvas (762–813) «yangilanish» adabiyotining buyuk shoiri
Xuzistonda kambag‘al oilada tug‘ilgan. Uning otasi oxirgi umaviy xalifa 
Marvarid II qo‘shinida xizmat qilgan. Shoirning onasi fors bo‘lgan. Abu 
Nuvasning bolaligi Basrada o‘tgan, u yerda yoshligidayoq u taniqli adiblar va 
olimlar bilan tanishgan. Shundan keyin shoir Xorun ar-Rashid saroyida qabul 
qilingan, bir qancha vaqt amir al-Xasib saroyida yashagan, so‘nggi yillarini esa 
Bag‘dodda xalifa al-Aminning saroy shoiri sifatida o‘tkazgan.
Abu Nuvasning zamondoshlari uni bachkanaligi uchun doimiy ravishda 
qoralagan bo‘lsalar-da, shoirning keng ma’lumotga ega ekanligini bir ovozdan 


74 
ta’kidlaganlar. U tibbiyot, astronomiya va boshqa fanlarni chuqur bilgan hamda 
ko‘plab tillarda so‘zlasha olgan. Xuddi Bashshar ibn Burd kabi Abu Nuvas 
an’anaviy arab she’riyatining ashaddiy dushmani bo‘lgan va o‘z davri taqlidchi 
shoirlarining ijodiga xos hayotdan uzilganlikni bartaraf etishga uringan. Faqat 
ayrim madhiyalaridagina Abu Nuvas, saroy ayonlarining xohishini bajarib, 
majburan og‘ir tilli va katta hajmdagi tavilda yoritilgan an’anaviy qasidalar 
yaratgan. Abu Nuvas hajviya va marsiyalar yozgan. U hattoki mustaqil ov 
qasidalari – tardiyatning yaratuvchisi hisoblanadi, chunki unga qadar ov tasvirlari 
qasidalarda faqat tarkibiy element sifatida mavjud bo‘lgan. Ammo Abu Nuvasga 
shuhratni uning hamriyoti – may haqidagi she’rlari, ilk bora Abu Nuvasda 
mustaqil janrga aylangan butun boshli ziyofat qasidalari keltirgan. Abu Nuvas o‘z 
o‘tmishdoshlari al-A’sha, al-Axtal va boshqa shoirlarning an’analarini davom 
ettirib, ziyofat she’riyatining tengsiz namunalarini yaratgan. 
Abu Nuvasning ziyofat qo‘shiqlarida quvnoq maishatparastning hissiyotlari 
oddiygina ifodalangan emas: ularning ortida butun boshli adabiy dastur 
yashiringan. Abu Nuvas eng zaharxanda ifodalarida qadimgi arab qasidalarini 
qo‘llab-quvvatlagan, sahrodagi ko‘chmanchi hayotdan zavqlangan va eski 
badaviy an’analarni kuylagan taqlidchi shoirlarning ustidan kulgan. U katta 
zamonaviy shaharda boy hayotga intilishini ochiqchasiga aytgan, badaviylarning 
sahroga va ko‘chmanchi hayotga bog‘langan hayoti ustidan kulgan. 
Abu Nuvasning eskirgan she’riy an’analarga qarshi chiqishi shoirning badiiy 
didi bilangina bog‘liq bo‘lmagan, balki birinchi navbatda o‘zining ma’naviy 
ozodligi uchun kurashayotgan forslarning muayyan siyosiy qarashlarini aks 
ettirgan. 
Abu Nuvas obrazlarining rang-barangligi, uning nihoyatda kuzatuvchanligi
cheksiz she’riy fantaziyasi, uslubining aniq-ravshan va soddaligi arablar orasida 
o‘rta asrning eng buyuk shoirlaridan biri sifatida shuhrat qozonishiga sabab 
bo‘lgan. Mavzularining birxilligiga qaramay (ayniqsa xamriyat janrida), shoir
har safar yangi ifodali obrazlar topgan. 


75 
Abu Nuvas she’r yozish texnikasini juda yaxshi egallagan. Shoir she’rning 
mazmuniga mos she’riy o‘lchamlarni mohirlik bilan tanlagan: uning madhiyalari
ulug‘vor yangragan, muhabbat mavzuidagi she’rlari yengil bo‘lgan, mayga 
bag‘ishlangan she’rlari oddiy bo‘lgan va h.k. Abu Nuvas arab she’riyatini og‘ir 
«mumtoz» birxillikdan forig‘ eta olgan hamda she’rni yengil va nozik qila olgan. 
Abu Nuvasning she’rlari nihoyatda musiqiyligi bilan ajralib turadi.
Yumshoq, «sirg‘aluvchi» arabcha «s» tovushini takrorlash orqali Abu Nuvas 
butun she’rga nozik ohangdorlik bag‘ishlagan.
Hayotining oxirgi yillarida Abu Nuvas bir qator diniy pand-nasihat 
xususiyatiga ega bo‘lgan she’rlar yozgan. Ularda shoir o‘tmishdagi «sayoq» 
hayotidan afsuslanishini ifodalagan hamda din bilan yarashish yo‘lini izlagan. 
Abu Nuvasni hayotiy maslagini o‘zgartirishga nima majbur qilgan – haqiqatni 
izlashmi yoki yaqinlashib kelayotgan o‘limdan qo‘rqishimi – buni aytish qiyin. 
Abu Nuvas hech qachon dahriy ham, o‘ta taqvodor ham bo‘lmagan.

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin