O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat sharqshunoslik instituti



Yüklə 1,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/64
tarix01.11.2022
ölçüsü1,69 Mb.
#67039
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64
Kitob 5536 uzsmart.uz

 
4.2. «YANGILANISH» DAVRI SHE’RIYATI 
Darsning maqsadi: Yangilanish davri shoirlari va adiblari ijodi bilan 
tanishtiriladi. 
Tayanch so’zlar va iboralar: hamriyot, zuhdiyot, Abul Ataxiya, Abu Nuvas, 
yangilanish harakati. 
Arab tanqidchiligida «yangilanish harakati» («badiiy» – «yangi» so‘zidan 
olingan) deb nomlangan birinchi bosqich VIII asr o‘rtalaridan IX asr birinchi 
choragining oxirigacha bo‘lgan davrni qamrab oladi. Bu davr shoirlari qadimgi 
arab she’riyatining eskirgan an’analariga taqlidgo‘ylarcha rioya etishdan voz 
kechadilar hamda arab adabiyotini zamonaviy mazmun bilan to‘ldiradilar. 
Adabiyotdagi yangi harakat tashabbusi bilan Eronda tug‘ilgan arab shoirlari 
– Bashshar ibn Burd, Abu Nuvaslar ijodida arablarga qarshi bo’lgan mazmundagi 
she’rlar ilk bor yangradi. «Yangilanish» davri shoirlari arab adabiyoti tarixida 
birinchi bo‘lib mumtoz qasida qoidalaridan voz kechdilar hamda o‘z
zamondoshlarining hayoti va his-tuyg‘ularini tasvirlashga e’tibor qaratdilar. 
Bunda ular yangi shakllar, yangi sana’tlar, yo‘llar va eng oddiy she’riy 
o‘lchamlardan foylandilar. Shunday qilib, «yangilanish» shoirlarining ijodiga ham 
yangi mavzu, ham uslubiyatdagi yangi usullar xos bo‘lgan.
Bashshar ibn Burd (714–783) kelib chiqishi bo‘yicha fors bo‘lib, 
«yangilanish harakati» asoschilaridan biridir. Shoir Basrada hunarmand oilasida 
tug‘ilgan, bolalikdan olimlar va adiblar bilan bog‘liq bo‘lgan, keyinchalik esa turli 
yo‘nalishlardagi oqimlar bilan do‘stona munosabatda bo‘lgan. U xalifa al-


72 
Mahdiyning saroy shoiri bo‘lgunicha uzoq vaqt darbadar yurgan. Biroq shoirning 
ortodoksal islom ta’limoti nuqtai nazaridan bid’at bo‘lgan ta’limotlarga 
tarafdorligi hamda al-Mahdiy va yuksak martabali saroy ayonlariga qarshi 
qaratilgan zaharxanda hajviyalari shoirga nisbatan hukmdorning g‘azabini 
qo‘zg‘atdi. Uning buyrug‘iga asosan 783 yilda Bashshar ibn Burd kaltaklab 
o‘ldirildi. 
Arab an’anasi so‘qir Bashshar ibn Burdni turli qusurlari bo‘lgan odam, 
xudbin, buzuq, qo‘rqoq va ikkiyuzlamachi mansabparast deb tasvirlaydi. Ushbu 
baholarga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish kerak, chunki ular xalifalik saroy 
doiralarining shoir asarlaridagi arablarga qarshi ruhdan noroziligini aks ettirishi 
ham mumkin.
Bashshar ibn Burd arab adabiyoti tarixida ham fors, ham arab madaniyati 
bilan uzviy birinchi shoir bo‘lgan.
Bashshar ibn Burd mumtoz adabiyot shakllarining yuqori martabali 
tarafdorlari didiga moslashishga majbur bo‘lgan. U barcha katta-kichik shaxslarga 
bag‘ishlagan madhiyalarida ham she’riy o‘lchamda shior odatda madhiyalar 
uchun og‘ir tavildan foydalangan, ham mazmun-mohiyatda qadimgi arab 
she’riyati qonunlariga qat’iy amal qilgan.
Qolgan barcha janrlarda – hajviya, muhabbat she’riyatii, marsiyada Bashshar 
ibn Burd jasur novator sifatida namoyon bo‘lgan. U qotib qolgan an’anaviy 
shakllardan voz kechgan, she’riyatga yangi, hayot bilan chambarchas bog‘liq 
mavzular kiritgan hamda yangi she’riy usullardan foydalangan.
Bashshar ibn Burd arablar bosib olgan xalqlarning siyosiy kayfiyatlarini 
ifodalab, o‘z kelib chiqishi bilan mag‘rurlangan arablar ustidan zaharxanda, 
ba’zan hatto qo‘pol ifodalar bilan kulgan hamda forslarni ulug‘lagan. 
Albatta, ungacha bo‘lgan hech bir shoir arablar bilan bunday ohangda 
gaplasha olmagan. 
Bashshar o‘z kelib chiqishidan uyalgan va o‘zlariga soxta badaviy ajdodlar 
to‘qigan forslar ustidan kulgan. U o‘z ajdodlari haqida g‘urur bilan yozgan. 


73 
Bashshar ibn Burdning hajviy she’rlarida odatda o‘zini maqtash mavjud. Bu 
esa ayrim tadqiqotchilar shoir yangi janr yaratgani haqida so‘z yuritishlari uchun 
asos bo‘lgan. Bashshar ibn Burd qadimgi arab she’riyatidan olingan hamda 
zamondoshlari va hatto arablarga ham uncha tushunarli bo‘lmagan o‘lik shakllar 
va uslubiy qoliplardan voz kechib, obrazlarni atrof olamdan bemalol olavergan, 
yangi va kutilmagan qiyoslar hamda tashbihlardan qo‘rqmay xalq iboralarini 
kiritgan.
Bashshar ibn Burdning muhabbat she’riyatii qadimgi arab shoirlarining 
qo‘polroq va ehtirosliroq nasiblaridan farqli ravishda o‘zining nazokati va 
musiqiyligi bilan farq qiladi. Unda nozik fors she’riyatining ta’siri ayniqsa 
sezilarli. Bashshar ibn Burdning g‘azallari hissiyotga boy va ba’zan unchalik ham 
odobli emas, bu, ehtimol, saroy muhitining yengiltak didlariga mos kelgan. Shu 
jihatdan ular Ibn Abu Rabi’aning g‘azallarini eslatadi. Ibn Abu Rabi’a she’rlarida 
temperament ko‘proq bo‘lsa, Bashshar ibn Burd esa kayfiyatni aks ettirish 
ko‘proq . 
Bashshar ibn Burd she’rlarining mavzulari xilma-xil: uning devonida hazil 
she’rni ham, maishiy manzarani ko‘rsatuvchi baytlarni ham, quvnoq ziyofat, 
saroylar, istirohat bog‘lari tavsifini ham, daryo bo‘ylab sayohat haqidagi hikoyani 
ham, yo urf bo‘lgan qo‘shiqchi ayolga qoyil qolish so‘zlarini ham uchratish 
mumkin. So‘qirlik shoirga atrof olamni yorqin ifodalashida xalal bermagan. 
Bashshar ibn Burdning shoirona xayoloti aniqligi va realligi bilan ajralib turgan. 

Yüklə 1,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin